Shubhasiz, sizlarning doʻstingiz Alloh va uning Rasulidir. Hamda Robbilariga boʻyinlarini egib namozlarini toʻliq ado qiladigan va zakot beradigan moʻminlardir.
There are 660 verses derived from the masdar-o'zak ق و م you searched for.
to'g'ri, va qiladilar, tik turib qoldilar, va qiling, qavmiga, qavmim, qavmi uchun, qiyomat, qavmlar uchun, maqom
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Shubhasiz, sizlarning doʻstingiz Alloh va uning Rasulidir. Hamda Robbilariga boʻyinlarini egib namozlarini toʻliq ado qiladigan va zakot beradigan moʻminlardir.
Qachonki sizlar bir-biringizni namozga chaqirsangizlar, ular namozni masxara va oʻyin qiladilar. Mana bu qiliqlari ularning aql ishlata olmaydigan qavm ekanligidir.
Yahudiylar: “Allohning qoʻli bog‘langandir”, – dedilar. Baxillik qilganlari tufayli oʻzlarining qoʻllari bog‘liq boʻlib qolar va bu aytgan soʻzlari sababli laʼnatlanadilar. Aksincha, Allohning ikki qoʻli ochiqdir. Oʻzi qanday istasa shunday beraveradi. Robbingizdan sizga nozil qilingan Qurʼon ulardan koʻpchiligining tug‘yon va kufrini yanada orttiradi. Ularning oralariga qiyomat kunigacha adovat va nafrat oʻtini solib qoʻyganmiz. Qachonki ular sizlarga qarshi urush olovini yoqsalar, Alloh uni darhol soʻndirib qoʻyadi. Yer yuzida buzg‘unchilik qilishga harakat qiladilar. Alloh fasod tarqatuvchilarni sevmaydi.
Agar ular Tavrotga, Injilga va Robbilari tomonidan ularga nozil qilingan Qurʼon hukmlariga toʻg‘ri amal qilganlarida edi, tepalaridan ham, oyoq ostilaridan ham rizq yegan boʻlar edilar. Shu bilan birga, ularning orasida haddan oshmagan adolatli toifa ham bor. Lekin ulardan aksariyatining qilayotgan ishlari juda yomondir.
Ey Rasul, Robbingizdan sizga nozil qilingan oyatlarni odamlarga toʻliq yetkazing. Agar shunday qilmasangiz, unda Allohning risolatini yetkazmagan boʻlasiz. Alloh sizni odamlarning zararidan himoya qiladi. Albatta, Alloh kofir qavmlarni toʻg‘ri yoʻlga boshlamaydi.
Ey Rasulim, ularga: “Ey ahli kitob boʻlgan yahudiy va nasroniylar! Tavrotga, Injilga va Robbingiz tomonidan sizlarga nozil qilingan Qurʼon hukmlariga toʻg‘ri amal qilmaguningizgacha aniq bir din ustida emassizlar”, – deb ayting. Robbingizdan sizga nozil qilingan Qurʼon ulardan koʻpchiligining tug‘yon va kufrini yanada orttiradi. Shunday ekan, kofir qavmlar uchun qayg‘urmang.

Ey Rasulim, ularga: “Ey ahli kitob boʻlgan yahudiy va nasroniylar! Haqsiz ravishda diningiz xususida haddingizdan oshmanglar. Hamda avvalari haq yoʻldan adashgan va koʻplab insonlarni adashtirgan hamda toʻg‘ri yoʻldan toygan qavmning havoyi nafslariga ergashmanglar”, – deb ayting.
Ular: “Robbimiz bizlarni solih qavmlar qatoriga qoʻshishini orzu qilamiz-u, nima uchun endi bizlar Haqdan kelganga iymon keltirmasligimiz kerak?!” – deydilar.
Alloh Bayt ul-Harom boʻlgan Kaʼbani, jang qilish harom qilingan oylarni, qurbonlik uchun keltirilgan hadyani, qurbonlikka atalganini bildirish maqsadida ularga ilib qoʻyilgan taqinchoqli qurbonliklarni insonlarning hayot manbai uchun asos qilib qoʻydi. Bular Allohning osmonlar va Yerdagi barcha narsalardan xabardor ekanini bilishingiz uchundir. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi Zotdir.
Sizdan avvalgi qavmlar ham bu kabi savollarni soʻrashgan edi. Keyin u savollarni inkor qiluvchilarga aylanganlar.
Agar u ikki shohidning gunoh ish qilib xiyonat qilganligi fosh boʻlib qolsa, unda ularning oʻrinlariga meros olishga haqi boʻlgan kimsalardan boshqa ikki nafar munosibroq kishi guvohlikka turadi. Ular ham: “Bizning guvohligimiz shohidlik uchun u ikkovining guvohligidan koʻra toʻg‘riroqdir. Biz haddimizdan oshmaganmiz aks holda, biz beshak zolimlardan boʻlib qolamiz”, – deb Alloh nomiga qasam ichsinlar.

Mana bu guvohlikni asl talab qilinganiga koʻra qilishlari yoki qasam ichganlaridan keyin bu qasamlarini rad etilishidan qoʻrqib odil boʻlishlari uchun qilingan eng toʻg‘ri usuldir.
Ey Rasulim, ularga: “Osmonlar va Yer yuzidagi barcha narsa kimning mulkidir?” – deb ayting. Keyin esa: “Barchasi Allohnikidir”, – deng. Alloh Oʻziga maxluqotlari uchun marhamat qilishni yozdi. U sizlarni shak-shubhasiz boʻladigan qiyomat kunida toʻplaydi. Faqat oʻzlariga ziyon qilgan kimsalar iymon keltirmaydilar.
Oyatlarimizni yolg‘onga chiqargan kimsalar zulmatlar tubida maʼnan kardirlar – eshitmaydilar, soqovdirlar – gapira olmaydilar. Alloh xohlagan kishini adashtiradi va xohlagan kishini toʻg‘ri yoʻlda barqaror qilib qoʻyadi.
Shunday qilib, zulm qilgan qavmlarning keti qirqildi. Olamlarning Robbisi Allohga hamdlar boʻlsin.
Ey Rasulim, yana ularga: “Qani, menga xabar beringlar-chi, Allohning azobi birdan yoki ochiqchasiga kelib qolsa, zolim qavmlardan boshqasi halok qilinarmidi?!” – deb ayting.
Ey Muhammad, qavmingiz bu Qurʼonning haqligini bilgani holda, yolg‘onga chiqardi. Ularga: “Men sizlarga kafil emasman”, – deb ayting.
Ey Rasulim, oyatlarimizga masxara qilib shoʻng‘iyotgan kimsalarni koʻrsangiz, to bundan tiyilib boshqa suhbatga shoʻng‘imagunlaricha, ulardan yuz oʻgiring. Agar shayton sizni yuz oʻgirishdan unuttirib qoʻysa, eslagandan keyin zolim qavmlar bilan birga oʻtirmang.