Hamda bizlarga “Namozni toʻliq ado eting va Uning Oʻzidan qoʻrqinglar”, – deb, amr qilingan. Sizlar U Zotning huzuriga toʻplanasizlar.
There are 660 verses derived from the masdar-o'zak ق و م you searched for.
to'g'ri, va qiladilar, tik turib qoldilar, va qiling, qavmiga, qavmim, qavmi uchun, qiyomat, qavmlar uchun, maqom
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Hamda bizlarga “Namozni toʻliq ado eting va Uning Oʻzidan qoʻrqinglar”, – deb, amr qilingan. Sizlar U Zotning huzuriga toʻplanasizlar.
Ey Rasulim, Ibrohim otasi Ozarga: “But-sanamlarni iloh qilib olyapsanmi? Men seni va qavmingni aniq zalolatda ekanini koʻryapman”, – deb aytganini eslang.
Chiqayotgan oyni koʻrib: “Balki, mana shu mening Robbimdir”, – dedi. Oy ham botib ketgach: “Agar Robbim meni Oʻzi toʻg‘ri yoʻlga boshlamasa, unda, albatta, adashgan qavmlardan boʻlib qolaman”, – dedi.
Chiqayotgan quyoshni koʻrib: “Balki mana shu mening Robbimdir, axir bu kattaroq-ku”, – dedi. Quyosh ham botib ketgach: “Ey qavmim, hech shak-shubhasiz men sizlar shirk keltirayotgan narsalardan xoliman”, – dedi.
Qavmi u bilan bahslashganda Ibrohim ularga qarata: “Men bilan Alloh haqida tortishasizlarmi? Shubhasiz, U meni toʻg‘ri yoʻlga boshlagandir. Men sizlar Allohga shirk keltirayotgan narsalaringizdan qoʻrqmayman. Faqat Robbim biror narsani qilishni xohlasa, u boʻladi. Robbimning ilmi barcha narsani qamrab olgan. Eslab ibrat olsangizlar, boʻlmaydimi?” – dedi.
Ana oʻshalar oʻz qavmiga qarshi Ibrohim uchun bergan hujjatlarimizdir. Biz xohlagan bandamizni yuqori darajalarga koʻtaramiz. Albatta, Robbing hikmat egasi – Hakim va hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Shuningdek, ularning ota-bobolaridan, zurriyotlaridan va aka-ukalaridan koʻplarini afzal qildik. Ularni odamlar orasidan tanlab olib, toʻg‘ri yoʻlga yetakladik.
Ana ular, biz ularga kitob, hikmat ilmi va payg‘ambarlik bergan zotlardir. Bularni anavi mushriklar inkor qilsalar, u holda ularni inkor etmaydigan qavmni unga vakil qilib qoʻyganmiz.
U sizlarga quruqlik va dengiz qorong‘iliklarida adashmay yoʻl topishingiz uchun yulduzlarni yaratgan Zotdir. Haqiqatan, biladigan qavmlar uchun oyatlarni batafsil bayon qilib berdik.
U sizlarni bir jondan vujudga keltirdi. Oxirat – qarorgoh bu dunyo esa omonatgohdir. Fahmlaydigan qavmlar uchun oyatlarni batafsil bayon qilib berdik.
U osmondan suv yog‘dirib tushirgan Zotdir. Bu suv bilan har turli nabototlarni undirib chiqardik. Bu nabototlardan yashil ekinlarni chiqardik. Bu ekinlardan esa uyum-uyum donlarni chiqaramiz. Xurmo daraxtining novdalaridan esa yerga yaqin boʻlib tegay deb turgan mevali shodalar undirdik. Hamda anvoyi uzum bog‘lari, bir-biriga oʻxshagan va oʻxshamagan turli zaytun va anorlarni chiqaramiz. Ularning sekin-asta yetishayotgan g‘oʻr hosiliga va mevasining pishib yetilishiga bir nazar solinglar. Shubhasiz, mana bularda iymon keltirgan qavmlar uchun alomatlar bordir.
Ularni yaxshi dars olibsan deyishlari va fahmlaydigan qavmlarga bayon qilish uchun oyatlarni mana shu tariqa boʻlib-boʻlib aytib bermoqdamiz.
Mana shu Robbingizning toʻg‘ri yoʻlidir. Eslatma oluvchi qavmlar uchun oyatlarni batafsil bayon qildik.
Mana shu Robbingizning toʻg‘ri yoʻlidir. Eslatma oluvchi qavmlar uchun oyatlarni batafsil bayon qildik.
Robbingiz hech narsaga muhtoj boʻlmagan rahmat egasidir. Xuddi sizlarni boshqa qavmning zurriyotidan yaratganidek, istasa, sizlarni ham ketkazib, ortingizdan Oʻzi istagan boshqa qavmni oʻrinbosar qiladi.
Ey Rasulim, ularga: “Ey qavmim, qoʻlingizdan kelgan imkoniyatga qarab, buzuq aqidangizga koʻra amal qilaveringlar. Men ham oʻzimga buyurilgandek amal qiluvchiman. Oxirat diyorining chiroyli oqibati kimga nasib qilishini yaqinda bilib olasizlar. Chunki zolimlar, albatta, najot topmaydi”, – deb ayting.
Hamda tuyadan erkak va urg‘ochi ikki juft va qoramoldan erkak va urg‘ochi ikki juftdir. Ey Rasulim, uni oʻzlaricha harom deb olganlarga: “Ulardan ikki erkakni harom qildimi yoki ikki urg‘ochinimi? Yoki boʻlmasa ikki urg‘ochining ichidagi homilanimi? Yoki Alloh bu haqida sizlarga hukm tavsiya qilayotganida guvoh boʻlib turganmidingiz? Maʼlumotga ega boʻlmagan holda odamlarni yoʻldan adashtirish uchun Alloh shaʼniga yolg‘on toʻqigan kimsadan ham zolimroq boʻlgan kim bor?” – deb ayting. Alloh, albatta, zolim qavmlarni toʻg‘ri yoʻlga boshlamaydi.
Ey Rasulim, agar sizni yolg‘onchiga chiqarsalar ularga: “Robbingiz rahmati keng Zotdir. Biroq uning gunohkor qavmlarga beradigan azobi orqaga qaytarilmaydi”, – deb ayting.
Shubhasiz, mana shu Mening toʻg‘ri yoʻlimdir, bas, unga ergashinglar. Boshqa yoʻllarga ergashmanglar, aks holda, ular sizlarni Uning haq yoʻlidan ayiradilar.
Ey Muhammad, ularga: “Shubhasiz, Robbim meni toʻg‘ri yoʻlga, haq dinga, haq yoʻldan toymagan Ibrohimning hanif diniga yoʻllab qoʻygan, u mushriklardan emas edi”, – deb ayting.