Ey Muhammad, ularga: “Shubhasiz, Robbim meni toʻg‘ri yoʻlga, haq dinga, haq yoʻldan toymagan Ibrohimning hanif diniga yoʻllab qoʻygan, u mushriklardan emas edi”, – deb ayting.
There are 660 verses derived from the masdar-o'zak ق و م you searched for.
to'g'ri, va qiladilar, tik turib qoldilar, va qiling, qavmiga, qavmim, qavmi uchun, qiyomat, qavmlar uchun, maqom
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ey Muhammad, ularga: “Shubhasiz, Robbim meni toʻg‘ri yoʻlga, haq dinga, haq yoʻldan toymagan Ibrohimning hanif diniga yoʻllab qoʻygan, u mushriklardan emas edi”, – deb ayting.
Iblis: “Ont ichamanki, meni Odam tufayli adashtirganing uchun men ham ularni yoʻldan ozdirish uchun toʻg‘ri yoʻlingga toʻg‘anoq boʻlib oʻtirib olaman”, – dedi.
Ey Rasulim, ularga: “Robbim adolatga buyurgan. Har sajda qilinadigan joyda yuzingizni qiblaga toʻg‘irlanglar. U Zotning diniga ibodatingizda xolislardan boʻlib duo qilinglar. Sizlarni avval qanday yaratgan boʻlsa, yana oʻsha holga qaytasizlar.
Ey Muhammad, ularga: “Allohning bandalari uchun chiqargan ziynatni va pokiza rizqlarni kim haromga chiqardi?” – deb ayting. Yana ularga: “Ular bu dunyo hayotida iymon keltirgan kimsalar va boshqalar uchundir, qiyomat kunida esa moʻminlarga xosdir”, – deb ayting. Shunday qilib, biladigan qavmlar uchun oyatlarni batafsil bayon qilib bermoqdamiz.
Ey Muhammad, ularga: “Allohning bandalari uchun chiqargan ziynatni va pokiza rizqlarni kim haromga chiqardi?” – deb ayting. Yana ularga: “Ular bu dunyo hayotida iymon keltirgan kimsalar va boshqalar uchundir, qiyomat kunida esa moʻminlarga xosdir”, – deb ayting. Shunday qilib, biladigan qavmlar uchun oyatlarni batafsil bayon qilib bermoqdamiz.
Agar koʻzlari doʻzax egalari tomoniga burilsa: “Ey Robbimiz, bizlarni zolim qavmlar bilan birga qilmagin”, – deb aytadilar.
Haqiqatan, biz ularga, yaʼni Makka aholisiga ishongan qavmlar uchun yoʻl koʻrsatuvchi va rahmat qilib, unda aniq ilm bilan batafsil bayon qilgan Qurʼon kitobni keltirdik.
Tuprog‘i yaxshi boʻlgan yurtning oʻsimligi Allohning izni bilan unib chiqaveradi. Yomon boʻlgani esa kam hosil chiqaradi. Shunday qilib, shukr qiladigan qavmlar uchun oyatlarni batafsil bayon qilib bermoqdamiz.
Haqiqatan, Nuhni oʻz qavmiga payg‘ambar qilib yubordik. Shunda u: “Ey qavmim, Allohga qullik qilinglar. Sizlar uchun Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Men sizlarga ulug‘ kunning azobi kelishidan qoʻrqaman”, – dedi.
Haqiqatan, Nuhni oʻz qavmiga payg‘ambar qilib yubordik. Shunda u: “Ey qavmim, Allohga qullik qilinglar. Sizlar uchun Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Men sizlarga ulug‘ kunning azobi kelishidan qoʻrqaman”, – dedi.
Shunda qavmidagi zodagonlar: “Bizlar seni, albatta, aniq bir adashishda koʻryapmiz”, – dedilar.
Keyin Nuh ularga: “Ey qavmim, menda adashishlik yoʻqdir. Faqat men olamlar Robbisidan yuborilgan elchiman”, – dedi.
Shundan keyin uni yolg‘onchiga chiqardilar. Biz uni va u bilan birga boʻlgan iymonli kimsalarni kema ichida najot berib, toʻfondan qutqardik, oyatlarimizni yolg‘onga chiqargan kimsalarni esa suvda g‘arq qildik. Albatta, ular maʼnan koʻr qavm edilar.
Od oʻz qavmiga esa ularning birodarlari Hud payg‘ambarni elchi qilib yubordik. Hud oʻz qavmiga: “Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Allohdan qoʻrqmaysizlarmi?!” – dedi.
Uning qavmdagi kofir boʻlgan zodagonlar: “Biz seni aqli past deb koʻryapmiz. Hamda seni yolg‘onchilardan deb oʻylayapmiz”, – dedilar.
Keyin Hud ularga: “Ey qavmim, menda aqldan ozishlik yoʻqdir. Faqat men olamlar Robbisidan yuborilgan elchiman”, – dedi.
Sizlarni ogohlantirish uchun Robbingiz tarafidan kelgan eslatma oʻz orangizdan boʻlgan kishiga berilganidan hayron qoldingizmi? Alloh sizlarni Nuh payg‘ambar qavmidan keyin Yer yuzida oʻrinbosar qilib qoʻyganini va yaratilish bobida sizlarning kuch-quvvatingizni ziyoda qilganini ham eslanglar. Shunday ekan, Allohning sizga bergan neʼmatlarini yodga olinglar shoyad, shunda najot topasizlar.
Keyin Samud oʻz qavmiga esa birodarlari Solihni payg‘ambar qilib yubordik. Solih payg‘ambar ularga: “Ey qavmim, yolg‘iz Allohga ibodat qilinglar. Sizlar uchun Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Darhaqiqat, Robbingizdan sizlarga dalil keldi. Mana bu Allohning sizlarga moʻʼjiza qilib bergan tuyasidir. Uni Allohning yerida oʻtlab yeb yurishi uchun oʻz holiga tashlanglar. Unga yomonlik qilib tegmanglar, aks holda, sizlarni alamli azob tutadi”, – dedi.
Qavm zodagonlaridan takabbur boʻlgan kimsalar ular orasidagi bechorahol va iymon keltirgan kishilarga: “Sizlar Solihni Robbisi tomonidan yuborilgan payg‘ambar deb bilasizlarmi?” – deb aytdilar. Ular esa: “Albatta, biz unga nima yuborilgan boʻlsa ishonamiz”, – dedilar.
Solih payg‘ambar ulardan yuz oʻgirib: “Ey qavmim, haqiqatan, men Robbimning sizlarga yuborilgan amrlarini yetkazdim va sizlarga nasihat qildim, biroq sizlar nasihat qiluvchilarni sevmaysizlar”, – dedi.