Alloh unga: “Haqiqatan, Biz sening ortingdan qavmingni imtihon qilib koʻrdik. Somiriy nomli kishi ularni yoʻldan ozdirdi”, – dedi.
There are 406 verses derived from the masdar-o'zak قَدْ you searched for.
albatta, va albatta, holbuki, va qasamki, Qasamki, qasamki, shubhasiz (u), Qasamki, -ki, muhaqqaq
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Alloh unga: “Haqiqatan, Biz sening ortingdan qavmingni imtihon qilib koʻrdik. Somiriy nomli kishi ularni yoʻldan ozdirdi”, – dedi.
Holbuki, Horun buzoqqa sig‘inishlaridan oldin ularga: “Ey qavmim, sizlar bu bilan imtihon qilindingiz. Robbingiz, shubhasiz, yagona Rahmondir. Bas, menga ergashinglar va amrimga itoat qilinglar!” – degan edi.
Ey Muhammad, sizga oʻtib ketgan qavmlar xabarlarini shu tarzda qissa qilib beramiz. Shuningdek, sizga oʻz dargohimizdan zikr boʻlmish Qurʼonni keltirdik.
Ey Muhammad, sizga oʻtib ketgan qavmlar xabarlarini shu tarzda qissa qilib beramiz. Shuningdek, sizga oʻz dargohimizdan zikr boʻlmish Qurʼonni keltirdik.
Barcha yuzlar tirik va doim turuvchi Allohga bosh egdi. Kim zulmni koʻtarib kelgan boʻlsa, albatta, noumid boʻldi.
Darhaqiqat, Biz oldin Odam bilan jannatdagi bir daraxtga yaqinlashmasligi haqida ahdlashgan edik. U esa ahdni unutdi va Biz unda azmu qaror koʻrmadik.
U odam: “Ey Robbim, nima uchun meni koʻzim koʻr holda tiriltirding, axir men dunyoda koʻradigan edim-ku?!” – deydi.
Darhaqiqat, sizlarga kitobni nozil qildik. Unda sizlarning ibratli zikringiz bor. Axir, aql ishlatmaysizlarmi?!
Ey Muhammad, aniqki, sizdan oldingi payg‘ambarlar ham masxara qilingan. Natijada, ularning ustidan kulgan kimsalarni esa oʻzlari masxara qilgan narsalari oʻrab azobga soldi.
Darhaqiqat, Biz Muso va Horunga haq bilan botilni ayiruvchi Tavrotni taqvodorlar uchun ziyo va eslatma qilib berdik.
Darhaqiqat, Musodan oldin Ibrohimga toʻg‘ri yoʻlni berdik. Biz uni solih ekanini bilar edik.
Ibrohim: “Haqiqatan, sizlar ham, ota-bobolaringiz ham ochiq-oydin zalolatda boʻlgansizlar”, – dedi.
Soʻngra, yana boshlari aylanib: “Axir sen ularning gapirmasliklarini yaxshi bilasanku!” – deyishdi.
Haq boʻlgan qiyomat vaʼdasi yaqinlashganda birdan u kufr keltirgan kimsalarning koʻzlari dahshatdan qotib: “Eh holimizga voy boʻlsin, bizlar rostdan ham bundan g‘aflatda edik, aksincha, bizlar zolim ekanmiz”, – deydilar.
Haqiqatan, Biz Zikrdan keyin Zabur kitobida: “Albatta, Yer yuziga faqat Mening solih bandalarim merosxoʻr boʻladilar”, – deb yozib qoʻyganmiz.
Ey Muhammad, agar ular sizni yolg‘onchiga chiqarsalar, ulardan oldin Nuhning qavmi, Od va Samud qabilalari ham oʻzlariga yuborilgan payg‘ambarlarni yolg‘onchiga chiqargan edilar.
Haqiqatan, moʻminlar najot topdilar.
Qasam boʻlsinki, Biz Odamni loyning aslidan yaratdik.
Darvoqe, Biz ustingizda yetti qavat yoʻldan iborat osmonni yaratdik. Biz yaratishda g‘ofil boʻlmadik.
Darvoqe, Biz Nuhni oʻz qavmiga payg‘ambar qilib yubordik. Bas, Nuh ularga: “Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar, sizlar uchun Undan boshqa iloh yoʻqdir. Axir, Uning azobidan qoʻrqmaysizlarmi?” – dedi.