Darhaqiqat, bizlarga ham, ota-bobolarimizga ham oldin mana shu narsa vaʼda qilingan edi. Bu faqat avvalgilarning afsonalari, , xolos!
There are 406 verses derived from the masdar-o'zak قَدْ you searched for.
albatta, va albatta, holbuki, va qasamki, Qasamki, qasamki, shubhasiz (u), Qasamki, -ki, muhaqqaq
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Darhaqiqat, bizlarga ham, ota-bobolarimizga ham oldin mana shu narsa vaʼda qilingan edi. Bu faqat avvalgilarning afsonalari, , xolos!
Biz avvalgi avlodlarni kofir boʻlganlari uchun halok qilganimizdan keyin Musoga odamlar uchun nur, hidoyat va rahmat manbai boʻlgan kitob berdik. Shoyad, ular bundan eslatma olsalar!
Shoyad, eslatma oladilar deb, ularga bu Qurʼon soʻzini ketma-ket qilib nozil qildik.
Qorun oʻz qavmiga: “Men bu boyliklarga faqat oʻzimdagi bilimga koʻra erishdim”, – dedi. Axir, u oʻzidan ilgari Allohning undan koʻra quvvatliroq va toʻplagan boyligi ham koʻproq qanchadan-qancha avlodlarni halok qilganini bilmas edimi?! Jinoyatchilardan gunohlari toʻg‘risida soʻrab oʻtirilmaydi.
Biz ulardan oldingi iymonli kishilarni ham sinovdan oʻtkazganmiz. Bas, bu sinov orqali Alloh iymonida sodiq kishilarni ham biladi, shuningdek, yolg‘onchilarni ham aniq biladi.
Biz Nuhni oʻz qavmiga payg‘ambar qilib yubordik. Bas, Nuh ularning orasida ellik yili kam ming yil turdi. Bas, iymon keltirmadilar va ularni zolim boʻlgan hollarida toʻfon balosi tutdi.
Agar payg‘ambarimni yolg‘onga chiqarsangiz, bas, sizlardan avvalgi ummatlar ham payg‘ambarlarini yolg‘onchiga chiqarganlar. Payg‘ambar zimmasida esa faqat Allohning buyruqlarini bandalariga aniq yetkazishlik bordir.
Biz aql ishlatadigan qavmlarga ibrat boʻlsin, deb u qishloqlardan aniq belgi qoldirganmiz.
Od va Samud qabilalarini ham shunday halok qildik. Bu sizlarga hozirda ham ularning maskanlaridagi xarobalardan koʻrinib turibdi. Shayton ularga qilayotgan xunuk amallarini chiroyli koʻrsatib, ularni haq yoʻldan toʻsib qoʻydi. Holbuki, ular haqiqatni koʻrib turuvchi edilar.
Qorun, firʼavn va Homonni ham kufrlari sababli halok qildik. Muso ularga payg‘ambar ekanligi haqida turli hujjatlarni keltirganida, ular yer yuzida takabburlik qildilar va lekin ular azobdan qochib ketuvchi boʻlmadilar.
Ey Muhammad, Biz sizdan oldin ham payg‘ambarlarni oʻz qavmlariga yuborganmiz. Bas, elchilarimiz ularga aniq hujjatlarni keltirganlar. Jinoyat qilganlardan esa intiqom olganmiz. Moʻminlarga g‘alaba berish Bizning zimmamizdagi haq boʻlgan.
Shunda oʻzlariga Alloh tomonidan ilm va iymon berilgan zotlar: “Aniqki, sizlar Allohning Lavh ul-Mahfuzda yozib qoʻyganidek, tirilish kunigacha turdinglar. Bas, endi mana bu tirilish kunidir. Lekin sizlar buni haq ekanini bilmas edinglar”, – deydilar.
Biz ushbu Qurʼonda odamlar uchun har turli misollarni keltirdik. Ey Muhammad, qasam boʻlsinki, agar siz, ularga oʻzlari talab qilgan moʻʼjizani keltirsangiz ham, albatta, kufr keltirgan kimsalar: “Sizlar, albatta, yolg‘onchisizlar”, – deydilar.
Biz Luqmonga hikmat ato qildik va unga: “Allohga shukr qilgin. Kimki shukr qilsa, faqat oʻzi uchun shukr qiladi. Kimki noshukrlik qilsa, bas, albatta, Alloh barcha narsadan behojat – G‘aniy va hamd egasi boʻlgan – Hamid Zotdir”, – dedik.
Kimki chiroyli amal qiluvchi boʻlgan holida oʻzini Allohga topshirsa, bas, u mustahkam xalqani ushlabdi. Barcha ishlarning oqibati yolg‘iz Allohga qaytadi.
Biz Musoga kitob ato qildik, Bas, ey Muhammad, siz uning Tavrotga roʻbaroʻ boʻlganidan shubhada boʻlmang. Biz Tavrotni bani Isroil avlodi uchun hidoyat manbai qildik.
Holbuki, ular oldin jangda orqaga chekinmasliklari haqida Alloh bilan ahdlashgan edilar, Allohga berilgan ahd esa qiyomat kunida masʼuliyatdir.
Alloh sizlarning orangizdagi jihodga toʻsqinlik qiladigan va oʻz doʻstlariga: “Biz tomonga kelinglar”, – deydigan kimsalarni aniq biladi. Ular jangga juda oz keladilar.
Ey moʻminlar, sizlar uchun – Allohdan va oxirat kunidan umidvor boʻlgan hamda Allohni koʻp zikr qilgan kishilar uchun Allohning payg‘ambari xulqida goʻzal namuna bordir.
Alloh va Uning payg‘ambarlari bir ishni hukm qilganda – hech bir moʻmin va moʻminaga uni bajarish yoki bajarmaslik ishlarida ixtiyor boʻlishi mumkin emas. Kimki Alloh va Uning payg‘ambariga osiylik qilsa, bas, u aniq zalolat bilan yoʻldan adashibdi.