Darhaqiqat, Musoga hidoyat topishlari uchun Tavrot kitobini ato qildik.
There are 406 verses derived from the masdar-o'zak قَدْ you searched for.
albatta, va albatta, holbuki, va qasamki, Qasamki, qasamki, shubhasiz (u), Qasamki, -ki, muhaqqaq
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Darhaqiqat, Musoga hidoyat topishlari uchun Tavrot kitobini ato qildik.
Chunki sizlarga oyatlarim tilovat qilinganida, sizlar ortingizga qarab qochgan edingiz.
Ana endi ularni azobga tutdik. Ular esa Robbilariga boʻyin egmadilar va tavba-tazarru ham qilmadilar.
Darvoqe, bizlar ham, ota-bobolarimiz ham oldin mana shu gaplarga vaʼda qilingan edik. Bu faqat avvalgilarning afsonalaridir.
Ey moʻminlar, darhaqiqat, Biz sizlarga bayon etuvchi oyatlarni, sizlardan oldin oʻtganlarning masallarini va taqvodorlar uchun nasihatni nozil qildik.
Ey Muhammad, Allohga osmonlar va Yerdagi bor jonzot hamda saf tizilgan qushlar tasbeh aytishini koʻrmadingizmi? Har biri oʻz duosini va tasbehini biladi. Alloh esa, ularning qilayotgan barcha ishlarini biluvchidir.
Darhaqiqat, Biz bayon qiluvchi oyatlarni nozil qildik. Alloh Oʻzi xohlagan kishilarni toʻg‘ri yoʻlga boshlaydi.
Ey moʻminlar, payg‘ambarni chaqirishni oʻrtalaringizda bir-birlaringizni chaqirish kabi qilmanglar. Alloh orangizdan berkingan holda payg‘ambar huzuridan sug‘urilib chiqib ketadigan kimsalarni yaxshi biladi. Payg‘ambarning amriga xilof ish tutadigan kimsalar oʻzlariga biror fitna yetib qolishidan yoki ularga alamli azob yetib qolishidan ehtiyot boʻlsinlar.
Ogoh boʻlinglar, osmonlar va Yerdagi bor narsalar, albatta, Allohnikidir. U sizning qay holatda ekaningizni yaxshi biladi. Uning Oʻziga qaytariladigan qiyomat kunida esa qilgan amallarining xabarini beradi. Alloh har bir narsani juda yaxshi biluvchidir.
Kufr keltirgan kimsalar: “Bu Qurʼon faqat Muhammad uni toʻqib olgan bir uydirmadir. Bu ishda unga boshqa qavmlar yordam berganlar”, – dedilar. Darhaqiqat ular bu soʻzlari bilan zulm va yolg‘on keltirdilar.
Mana, sizlar uni “iloh” deb sig‘ingan butlaringiz aytayotgan gaplaringizni yolg‘onga chiqardilar. Endi, azobdan qutulishga ham, bir-biringizga yordam qilishga ham qodir emassiz. Sizlardan kim zulm qilsa, unga katta azobni tottiramiz.
Bizga duch kelishni umid qilmaydiganlar: “Bizga payg‘ambar oʻrniga farishtalar tushirilsa edi yoki biz Robbimizni koʻzlarimiz bilan koʻrsak edik”, – deydilar. Darhaqiqat, ular haddan oshdilar va juda katta ketdilar.
Aniqki, menga eslatma kelganidan keyin oʻsha falonchi meni yoʻldan ozdirdi. U kunda shayton oʻziga ergashgan barcha insonni yordamsiz tashlab ketuvchidir.
Haqiqatan, Biz Musoga kitob berdik va birodari Horunni unga yordamchi qildik.
Aniqki, ular safar chog‘larida yomon toshli yomg‘ir yog‘dirilgan shahardan oʻtgandirlar. Axir, uni koʻrib ibrat olmaganmilar?! Yoʻq, ular qayta tirilishga umid qilmaydigan kimsalardir.
Biz bu Qurʼonni odamlar eslatma olishlari uchun oralarida taqsimlab qoʻydik. Biroq odamlarning koʻplari faqat noshukrlikni xohladilar.
Ey Muhammad, mushriklarga: “Agar duolaringiz boʻlmaganida, Robbim sizlarga qiymat bermas edi. Bas, sizlar yuborilgan payg‘ambarni inkor qildingiz bas, yaqinda sizlarga azob shart boʻladi”, – deb ayting.
Haqiqatan, ular payg‘ambarni yolg‘onga chiqargan edilar. Yaqinda ularga istehzo qilgan narsaning xabarlari keladi.
Qasamki, Biz Dovud va Sulaymonga yetuk bilim ato qildik va u ikkovlari: “Bizlarni koʻpgina moʻmin bandalaridan afzal qilib qoʻygan Allohga hamd boʻlsin!” – dedilar.
Qasam boʻlsinki, Biz Samud qabilasiga birodarlari Solihni payg‘ambar qilib yubordik. Solih payg‘ambar oʻz qavmiga: “Allohga ibodat qilinglar”, – dedi. Bas, ular daʼvatga quloq solmay birdan kelisha olmaydigan ikki guruhga boʻlinib oldilar.