Agar ular Alloh yoʻlida oz yoki koʻp infoq-ehson qilsalar va jangda biror vodiyni kesib oʻtsalar, Alloh ularni qilgan eng yaxshi amallari tufayli mukofotlashi uchun, albatta, ularga ajr yozadi.
There are 161 verses derived from the masdar-o'zak ك ب ر you searched for.
va kibr qildi, og'ir keladi, kibr qilib, va ulug'lashingizni (istaydi), katta gunodir, yanada kattaroq (gunoh)dir, yanada kattaroq (gunoh)dir, katta, yanada kattaroqdir, qarilik
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Agar ular Alloh yoʻlida oz yoki koʻp infoq-ehson qilsalar va jangda biror vodiyni kesib oʻtsalar, Alloh ularni qilgan eng yaxshi amallari tufayli mukofotlashi uchun, albatta, ularga ajr yozadi.
Ey Rasulim, qanday holatda boʻlmang, Qurʼondan nimani tilovat qilmang, qandaydir bir ishni qilmanglar va oʻshanga kirishganingiz zahoti, albatta, Biz tepangizda guvohmiz. Na Yer yuzida va na osmonlardagi zarra miqdorida boʻladimi yoki undan kichikroqmi yo kattaroq narsami – barchasi Robbingdan chetda maxfiy qolmaydi. Ularning hammasi aniq kitob boʻlgan Lavh ul-Mahfuzda bordir.
Ey Rasulim, ularga Nuh payg‘ambar haqidagi xabarni oʻqib bering! Oʻshanda Nuh oʻz qavmiga aytgandi: “Ey qavmim, agar orangizda uzoq muddat turishim va Allohning oyatlarini eslatishim sizlarga og‘irlik qilgan boʻlsa, bas, unda men Allohning Oʻziga suyanib, tavakkul qildim. Sheriklaringiz bilan birga jam boʻlib ishlaringizni qilaveringizlar. Keyin qilayotgan ishlaringizni oshkor tutaveringizlar oʻzlaringizga maxfiy boʻlib qolmasin. Soʻngra menga nisbatan istagan hukmingizni ijro qilaveringlar hamda menga shartingizni qoʻyib, muhlat berib oʻtirmanglar.
Soʻngra ularning ortidan moʻʼjizalarimiz bilan Muso bilan Horun payg‘ambarni firʼavn va uning zodagonlariga yubordik. Bas, ular ham iymon keltirmay kibrlandilar va jinoyatchi qavm boʻldilar.
Qavm unga: “Sen bizlarga ota-bobolarimizni avvaldan unda amal qilgan holda koʻrgan dinimizdan qaytarish va yerimizga kattalik qilib, ega boʻlib olish uchun keldingmi?” Biz ikkingizga ham ishonuvchi emasmiz”, – dedilar.
Allohning buyrug‘i shuki, Robbingizdan mag‘firat tilang soʻngra Unga tavba qiling, shunda Alloh sizlarni maʼlum muddat dunyo hayotida chiroyli manfaat bilan foydalantiradi. Shuningdek, har bir saxiy va fazilatli kishiga Oʻz fazlini ato qiladi. Agar chaqiriqlarimdan yuz oʻgirsangiz, bas, men sizlarga ulug‘ kun boʻlmish qiyomat azobi yetishidan qoʻrqaman.
Lekin og‘ir kunlarda sabr qilgan va yaxshi amallarni, qiladigan zotlar borki, ana ular uchun mag‘firat va ulkan mukofot bordir.
Vaqtiki, Zulayho ayollarning ig‘volarini eshitgach, ularning huzuriga odam yubordi va ularga turli mevalarni archish uchun suyanib oʻtiradigan joy tayyorladi hamda ularning har biriga bittadan pichoq berib Yusufga: “Qani, ularning oldiga chiqqin”, – dedi. Ayollar uni koʻrishgach husnining goʻzalligidan beixtiyor Yusufni olqishlab oʻzlari sezmagan hollarida qoʻllarini kesib oldilar. Hamda: “Yo muqaddas Alloh, bu bashar farzandi emas, axir u azizu mukarram farishta-ku!” – deb yubordilar.
Keyin ular: “Ey aziz odam, uning bir keksa otasi bor. Sen uning oʻrniga bizlardan birimizni olib qol. Chindan ham biz seni chiroyli ishlarni qiluvchi zotlardan ekaningni koʻrib turibmiz”, – dedilar.
Oxiri undan noumid boʻlishgach, bir chetga chiqib, oʻzaro shivirlashib maslahatlashdilar. Ularning kattalari: “Otangiz ustingizda Allohdan vasiqa olib qolganini va bundan oldin Yusuf haqida ham nuqson qilganingizni bilmay qoldingizmi?! Bas, to otam menga ruxsat bermaguncha yoki Alloh men uchun biror hukm qilmaguncha mana shu yerdan aslo qimirlamayman. U Zot hukm qiluvchilarning eng yaxshisidir”, – dedi.
Alloh maxfiy va oshkora barcha narsani biluvchi buyuk va yuksak Zotdir.
Qiyomat kunida barcha odamlar Allohning huzuriga chiqdilar. Takabburlik qilgan kimsalarga bechorahol ergashuvchilar: “Bizlar dunyo hayotida sizlarga tobe edik, endi sizlar bizlarni Allohning biror azobidan qutqaruvchi boʻla olasizlarmi?” – dedilar. Shunda ular: “Agar Alloh bizni haq yoʻlga hidoyat qilganida, biz ham sizlarni hidoyat qilgan boʻlar edik. Endi esa, dod-faryod qilamizmi yoki sabr qilamizmi, biz uchun baribir. Bizga endi qochishga joy yoʻq”, – dedilar.
Menga keksalikda oʻg‘illarim Ismoil va Ishoqni bergan Allohga hamd boʻlsin. Robbim, shubhasiz, duoni eshituvchidir.
Ibrohim ularga: “Menga keksalik yetgan paytda farzandli boʻlishim haqida xushxabar beryapsizmi? Menga qanday g‘alati narsa bilan xushxabar bermoqdasiz oʻzi?” – dedi.
Ilohingiz yagona Ilohdir. Bas, oxiratga iymon keltirmaydiganlarning qalblari Allohning yagona ekanligini inkor qiluvchidir, oʻzlari esa takabburdirlar.
Hech shubhasiz, Alloh ularning ichlarida yashirayotgan narsani ham, ustlarida oshkor qilayotgan narsani ham biladi. Albatta, U kibr qiluvchilarni yoqtirmaydi.
Bas, endi u yerda mangu qoladigan jahannam darvozalaridan kiringlar. Kibr qiluvchilarning joylari naqadar yomon!
Kofirlar tomonidan zulm qilinganlaridan keyin Alloh yoʻlida hijrat qilganlarni, albatta, bu dunyoda ham goʻzal maskanlarga joylashtiramiz. Oxirat mukofoti esa, yanada kattaroqdir. Koshki, buni odamlar bilsalar edi!
Osmonlar va Yerdagi jonzotlar va farishtalardan tortib, barcha narsalar takabburlik qilmay yolg‘iz Allohga sajda qiladilar.
Shuningdek, Biz bani Isroil avlodiga kitobda: “Sizlar, albatta, Shom zaminida ikki marta buzg‘unchilik qilasizlar va katta tug‘yonga ketasizlar”, – deb bildirdik.