Boʻron odamlarni xuddi qoʻporilgan xurmo daraxti tanalaridek sug‘urib ketar edi.
There are 29 verses derived from the masdar-o'zak كَأَنَّ you searched for.
go'yo kabi, go'yo kabidir, kabi bo'ladi, kabi, go'yo sen, kabidir, go'yo (kabidir), xuddi (shunday), go'yo, ular kabi (juftdir)
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Boʻron odamlarni xuddi qoʻporilgan xurmo daraxti tanalaridek sug‘urib ketar edi.
Ularning badanlari goʻyoki yoqut va marjondir.
Albatta, Alloh Oʻzining yoʻlida xuddi jipslashgan binolardek saf tortib, jang qiladigan kimsalarni sevadi.
Agarda ularni koʻrsangiz, jismlari sizni ajablantiradi, soʻzlaganlarida esa soʻzlariga beixtiyor quloq solasiz. Ular goʻyo devorga suyab qoʻyilgan chirik yog‘ochlarga oʻxshaydilar. Ular har bir qichqiriq ovozni ustilariga tushayotgan balo va ofat deb gumon qiladilar. Ular moʻminlarga dushmandirlar. Bas, ulardan ehtiyot boʻling! Alloh ularni laʼnatlasin! Oʻzi qayoqqa og‘ib ketmoqdalar?!
U boʻronni Alloh ularning ustiga ketma-ket yetti kecha va sakkiz kunduz xizmatkor qilib qoʻydi. Bas, qavmning u yerda ag‘darilib yotganini koʻrar edingiz. Ular xuddi xurmoning chirib ichi boʻshab qolgan xodalariga oʻxshar edilar.
U kunda ular xuddi oʻzlari sig‘inadigan butlarga qarab yugurayotgandek goʻrlaridan shoshib chiqadilar.
Xuddi choʻchigan eshaklarga oʻxshab.
Ular xuddi sariq tuyalarga oʻxshaydi.
Ular u qiyomatni koʻrgan kunda bu dunyoda xuddi bir oqshom yoki choshgoh paytichalik turgandek boʻladilar.