Bas, unga oltindan boʻlgan bilaguzuklar tashlanganida yoki u bilan birga farishtalar hamroh boʻlib kelganida edi payg‘ambarligiga ishonardik.
There are 146 verses derived from the masdar-o'zak ل ق ي you searched for.
duch kelganlari, darrov oldi, yetishadilar, o'zingizni otmang, Unga yetisharsiz, yetishishlariga, duch keluvchi, otganlarini, siz bilan duch kelganlarida, unga duch kelmasdan
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Bas, unga oltindan boʻlgan bilaguzuklar tashlanganida yoki u bilan birga farishtalar hamroh boʻlib kelganida edi payg‘ambarligiga ishonardik.
Bas, ey Rasulim, hozircha ularni oʻz holiga qoʻyib tark qiling. Ular, to oʻzlariga vaʼda qilingan qiyomat kunga duch kelgunlaricha, gunohga botib, oʻz dunyolarida oʻynab yuraversinlar.
Ularga: “Sizlar mana shu kuningizdagi Bizga duch kelishni unutganingizdek, Biz ham bugun sizlarni unutarmiz. Sizlarning joyingiz doʻzaxdir va sizlar uchun azobdan qutqaruvchi hech qanday yordamchilar boʻlmaydi”, – deyiladi.
Bas, ey moʻminlar, qachonki, sizlar jang maydonida kufr keltirganlar bilan toʻqnashsangiz, boʻyinlariga urib oʻldiringlar. Bas, qachonki, ularni tor-mor qilib asirga tushirsangiz, arqonlar bilan mahkam bog‘langlar. Keyin urush oʻz yuklarini qoʻyib toʻxtamaguncha ularga iltifot qilib ozod qilib yuborasizlar, yoki qoʻyib yuborish evaziga tovon olasizlar. Agar Alloh xohlasa, ular ustidan jangsiz ham g‘olib kelar edi, lekin U sizlarning ayrimlaringizni ayrimlaringiz bilan imtihon qilish uchun sizlarga jang qilishni buyurdi. Alloh yoʻlida oʻldirilganlarning amallarini U Zot hech bekor qilmaydi.
Yerni esa yoyib qoʻydik va unga mustahkam tog‘larni oʻrnatdik hamda unda oʻsimlik va mevalardan iborat har turli goʻzal juftlarni undirdik.
Zotan, oʻng va chap tomonda oʻtirgan ikki yozib turuvchi farishta boʻlayotgan barcha ishlarni qabul qilib turadilar.
Zotan, oʻng va chap tomonda oʻtirgan ikki yozib turuvchi farishta boʻlayotgan barcha ishlarni qabul qilib turadilar.
Doʻzax xodimlaridan ikki farishtaga: “Har bir noshukr, qaysarni jahannamga uloqtiringlar!” – deyiladi.
U Alloh bilan boshqa soxta ilohlarni sherik qigan edi, uni qattiq azobga yoʻliqtiringlar.
Albatta, bunda ochiq qalb egasi boʻlgan yoki oʻzi hozir boʻlib, quloq tutgan kishi uchun eslatma bordir.
Bas, ey Muhammad, siz ularni, to oʻzlari halok qilinadigan kunlariga yoʻliqqunlaricha, qoʻyib bering.
Yana yerdan buloqlar otiltirib chiqardik. Bas, osmon va Yer suvi taqdir qilib qoʻyilgan bir ish ustida uchrashdilar.
Bizlarning oramizdan oʻshanga eslatma tushirilibdimi?! Yoʻq, u kazzob va kibrlidir.
U ikki dengizni bir-birlari bilan uchrashadigan qilib yonma-yon oqizib qoʻydi.
Ey iymon keltirganlar, Mening dushmanim va sizlarning dushmaningiz boʻlgan mushriklarni doʻst tutmanglar! Sizlar ularga doʻstlik haqida xabar yuborasizlar, holbuki, ular sizlarga kelgan haq dinni inkor qilganlar. Ular payg‘ambarning va sizlarning Robbingiz boʻlgan Allohga iymon keltirganlaringiz uchun oʻz yurtlaringizdan haydab chiqarmoqdalar. Agar sizlar Mening yoʻlimda jihod qilish va roziligimni istash uchun chiqqan boʻlsangiz ularni doʻst tutmanglar! Sizlar ularga pinhona doʻstlik qilmoqdasizlar. Holbuki, Men sizlar berkitgan va oshkor qilgan narsani yaxshi biluvchiman. Sizlardan kimki shu ishni qilsa, bas, aniqki, u toʻg‘ri yoʻldan ozibdi.
Ey Rasulim ularga: “Sizlar qochayotgan oʻlim, albatta, sizlarga yoʻliquvchidir! Soʻngra sizlar yashirin va oshkora narsalarni biluvchi Allohga qaytarilasizlar. Bas, U Zot qiyomatda sizlarga qilib oʻtgan amallaringizning xabarini beradi”, – deb ayting.
Qachonki, ular jahannamga uloqtirilganlarida, qaynab turgan jahannamning oʻkirik faryodini eshitadilar.
U g‘azabdan yorilib ketgudek boʻladi. Har gal unga bir toʻda kofir tashlanganida, uning qoʻriqchilari ulardan: “Sizlarga dunyoda biror ogohlantiruvchi payg‘ambar kelmaganmidi?” – deb soʻraydilar.
Darhaqiqat, men hisobotimga duch kelishimni bilar edim.
Bas, ey Muhammad, ularga bir muddat qoʻyib bering! Ular, to oʻzlariga vaʼda qilinayotgan kunlariga yoʻliqqunlaricha, xomxayollariga shoʻng‘ib, oʻynab yuraversinlar!