Men esa Ibrohim qoldirgan soʻzga itoat etmagan ana u Makka aholisini ham, ularning ota-bobolarini ham to ularga haq Qurʼon va aniq payg‘ambar boʻlgan Muhammad kelguncha, hayotdan foydalantirib turdim.
There are 70 verses derived from the masdar-o'zak م ت ع you searched for.
va ne'mat, uni rizqlantirgayman, foydalanmoqchi bo'lganga, va ularni foydalantirsin, bir rizq bilan, rizqlarining ta'minlanishini, rizqlarini ta'minlamoq, rizqidir, zavqdan, bir rizqdir
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Men esa Ibrohim qoldirgan soʻzga itoat etmagan ana u Makka aholisini ham, ularning ota-bobolarini ham to ularga haq Qurʼon va aniq payg‘ambar boʻlgan Muhammad kelguncha, hayotdan foydalantirib turdim.
Shuningdek, koʻplab zeb-ziynatlarni ham qilib qoʻyar edik. Zero, bularning barchasi faqat oʻtkinchi dunyo hayotining matohlaridir. Oxirat esa, Robbingiz nazdida, taqvodorlar uchundir.
Kufr keltirgan kimsalar doʻzaxga koʻndalang qilinadigan kunda ularga: “Sizlar dunyo hayotingizdayoq mazangizni qilib, huzurlanib boʻlgansiz. Bugun Yer yuzida nohaq takabburlik va fosiqlik qilganingiz uchun xorlik azobi bilan jazolanasizlar”, – deyiladi.
Albatta, Alloh iymon keltirgan va solih amallarni qilgan kimsalarni ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritadi. Kufr keltirgan kimsalar esa dunyo lazzatlaridan foydalanib, chorva hayvonlari yeganidek yeb-ichadilar va oxirida doʻzax ularning joylaridir.
Samud qabilasining qissasida ham ibratlar bor. Oʻshanda, Alloh tomonidan moʻʼjiza qilib yuborilgan tuyani soʻyib yuborgan paytlarida ularga: “Vaqtinchalik dunyo neʼmatidan foydalanib turinglar”, – deyilgan edi.
Biz uni jahannam haqida bir eslatma va yoʻlovchilar uchun foydalanadigan narsa qilib qoʻydik.
Ey insonlar, bilinglarki, bu dunyo hayoti faqat oʻyin, behudalik, ziynat, oʻzaro faxrlanish va mol-dunyo hamda farzandlarni koʻpaytirishdan iboratdir. U bamisoli bir yomg‘irki, uning sababidan unib chiqqan giyoh kofirlarni taajjubga soladi. Soʻngra u qurigach, uni sarg‘aygan holda koʻrasiz. Soʻngra u xas-choʻpga aylanib qoladi. Oxiratda esa kim uchundir qattiq azob, kim uchundir Alloh tomonidan mag‘firat va rizolik bordir. Dunyo hayoti faqat aldov matosidir.
Ey kofirlar, ozgina vaqt yeb, foydalanib qolinglar! Zero, sizlar jinoyatchidirsizlar.
Bularning barchasi sizlarga va chorva hayvonlaringizga foyda boʻlsin deb yaratilgan.
Bular sizlarga va chorva hayvonlaringizga foyda boʻlishi uchun.