Jazoning kechiktirilishi sizga berilgan sinovmi yoki maʼlum bir vaqtgacha dunyodan foydalanib qolishmi, buni men ham bilmayman.
There are 70 verses derived from the masdar-o'zak م ت ع you searched for.
va ne'mat, uni rizqlantirgayman, foydalanmoqchi bo'lganga, va ularni foydalantirsin, bir rizq bilan, rizqlarining ta'minlanishini, rizqlarini ta'minlamoq, rizqidir, zavqdan, bir rizqdir
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Jazoning kechiktirilishi sizga berilgan sinovmi yoki maʼlum bir vaqtgacha dunyodan foydalanib qolishmi, buni men ham bilmayman.
Xususiy maskan boʻlmagan va sizlar foydalanadigan uylarga izn soʻramasdan kirishingizda sizlarga gunoh yoʻqdir. Alloh nimani oshkora qilayotganingizni ham va nimani yashirincha qilayotganingizni ham biladi.
Shunda ular: “Ey pok Robbimiz, bizlar uchun Sendan oʻzga doʻstlar tutish mumkin emas edi. Lekin Sen ularni va ota-bobolarini dunyoda turli neʼmatlar bilan bahramand qilib qoʻydinki, hatto ular Seni eslashni ham unutdilar va halokatga uchragan qavm boʻldilar.
Ey Muhammad, koʻrdingizmi, agar ularni yillar davomida dunyo hayotidan bahramand qilsak ham,
Ularga dunyoda foydalangan narsalari foyda bermadi-ku!
Sizlarga nima berilgan boʻlsa, faqat oʻtkinchi dunyo hayotining matohi va ziynatidir. Alloh huzuridagi ajr esa yaxshiroq va boqiyroqdir. Hali ham aql ishlatmaysizlarmi?!
Axir, Biz unga goʻzal jannat vaʼdasini vaʼda qilgan va unga erishgan kishi, oʻtkinchi dunyo hayoti matohidan uni ozgina foydalantirib, soʻngra qiyomat kunida mangu azobga hozir qilinuvchi kimsa kabi boʻlardimi?!
Axir, Biz unga goʻzal jannat vaʼdasini vaʼda qilgan va unga erishgan kishi, oʻtkinchi dunyo hayoti matohidan uni ozgina foydalantirib, soʻngra qiyomat kunida mangu azobga hozir qilinuvchi kimsa kabi boʻlardimi?!
Biz ularga ato qilgan neʼmatlarni inkor qilaversinlar. Oʻtkinchi dunyo hayotidagi vaqtinchalik berilgan neʼmatlardan foydalanib qolaversinlar. Albatta, yaqinda bor haqiqatni bilib oladilar.
Ular Biz ato etgan neʼmatlarga noshukrlik qilishda davom etaversinlar. Bas, ey mushriklar, bu oʻtkinchi dunyo zavqidan foydalanib qolinglar. Bas, yaqinda barcha haqiqatni bilib olasizlar!
Biz ularni bu oʻtkinchi dunyoda ozgina muddat foydalantirib, soʻngra qattiq azob tortishga majbur qilamiz.
Ey Muhammad, ularga: “Agar sizlar oʻlishdan yo oʻldirilishdan qochsangizlar, bu qochish sizlarga aslo foyda bermaydi, shunday ekan, sizlar bu oʻtkinchi dunyoda faqat juda kam foydalanib qolasizlar”, – deb ayting.
Ey Payg‘ambar, juftlaringizga: “Agar sizlar dunyo hayotini va uning zebu ziynatlarini istaydigan boʻlsangizlar, u holda kelinglar, men sizlarni oʻsha narsalar bilan bahramand qilay va yaxshilikcha javob berib, qoʻyib yuboray”, – deb ayting.
Ey moʻminlar, qachonki, sizlar moʻminalarni nikohlaringizga olsangizlar-u, soʻngra ularga jinsiy teginishdan oldin ularni taloq qilsangizlar, u holda sizlar uchun ularning zimmasida sanaydigan idda yoʻqdir. Bas, ularni ozgina moddiy bahramand qilib, chiroyli kuzatish bilan qoʻyib yuboringlar.
Ey iymon keltirganlar, Payg‘ambarning uylariga faqat sizlarni biror taomga chaqirilsagina ruxsat bilan kiringlar. Oʻshanda ham uning pishishiga muntazir boʻlmaydigan holda kiringlar. Lekin chaqirilganingizda kiring va taomdan soʻng gapga berilib ketmay, darhol tarqalinglar. Chunki bu Payg‘ambarga ozor beradi, u esa sizlardan tortinadi. Alloh esa haq gapdan tortinmaydi. Agarda sizlar Payg‘ambarning ayollaridan biror narsa soʻrasangiz, parda ortidan soʻranglar. Mana shu sizlarning qalblaringiz va ularning qalblari uchun ham eng toza ishdir. Sizlar uchun Allohning Payg‘ambariga ozor berish va undan keyin ayollariga uylanishingiz umuman mumkin emasdir. Chunki bu ish Alloh nazdida ulkan gunohdir.
Faqat Biz tomondan boʻlgan marhamat tufayli va maʼlum bir vaqtgacha hayot neʼmatlaridan bahramand boʻlishlari uchun muhlat berdik.
Bas, ular Allohga iymon keltirdilar. Keyin ularni maʼlum bir muddatgacha hayotdan bahramand qildik.
Qachonki, insonga biror ziyon tegsa, Robbisiga qaytib duo qiladi. Soʻngra, qachonki, Alloh Oʻz tomonidan unga biror neʼmat ato qilsa, bundan oldin Allohga qilgan duolarini unutib qoʻyar va boshqalarni ham Allohning yoʻlidan adashtirish uchun Unga tengdoshlarni oʻylab topadi. Ey Muhammad, unga: “Sen oʻz kufring bilan dunyoda ozgina foydalanib qol! Albatta, sen doʻzax ahlidandirsan”, – deb ayting.
Ey qavmim, bu oʻtkinchi dunyo hayoti faqat bir arzimas matodir. Albatta, oxirat barqarorlik diyoridir.
Sizga berilgan narsalar oʻtkinchi dunyo hayotining matohi, xolos. Iymon keltirgan va Robbilariga suyanadigan kimsalar uchun Allohning huzuridagi narsa dunyo matolaridan yaxshiroq va boqiyroqdir.