Firʼavnning aʼyonlari: “Hozirchalik uni va akasi Horunni oʻz holiga tashlab qoʻy. Shaharlarga sehrgarlarni yig‘ib keluvchilarni joʻnatgin”, – dedilar.
There are 17 verses derived from the masdar-o'zak م د ن you searched for.
shaharlarga, shaharda, Madina, shaharning, shaharga, shaharlarga, shaharning, Madinaga
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Firʼavnning aʼyonlari: “Hozirchalik uni va akasi Horunni oʻz holiga tashlab qoʻy. Shaharlarga sehrgarlarni yig‘ib keluvchilarni joʻnatgin”, – dedilar.
Bu holni koʻrgan firʼavn: “Hali men sizlarga ruxsat bermasimdan oldin unga iymon keltirdinglarmi?! Aniqki, bu qilmishingiz shaharda Muso bilan til biriktirib, uning aholisini bu yerdan chiqarib yuborish uchun menga qilgan makringizdir. Sizlarga qanday jazo berishimni yaqinda bilib olasizlar”, – dedi.
Atrofingizdagi aʼrobiylardan ham va Madina aholisi ichidan ham munofiqlar bordir. Ular nifoqqa odatlanib ketganlar. Ularni siz bilmaysiz, ularni Biz bilamiz. Albatta, ularni ikki karra azoblaymiz. Soʻngra qiyomatda haqiqiy jazo olishlari uchun katta azobga qaytariladilar.
Madina aholisi va ularning atrofidagi aʼrobiylar uchun Rasulullohdan ortda qolishlari va undan kechib oʻzlarini undan ustun qoʻyishlari toʻg‘ri ish emas edi. Shunday boʻlish kerakligining boisi ularga Alloh yoʻlida biror bir tashnalik, mashaqqat yoki ochlik yetsa-da hamda kofirlarni achchiqlantiradigan qadam bossalar va dushmanga qarshi biror musibat yetkazib zafar quchsalar, albatta, ularga shu sababli solih amal yoziladi. Albatta, Alloh yaxshilik qiluvchilarning mukofotini zoe qilmaydi.
Bu voqeadan xabar topgan shahardagi baʼzi ayollar: “Hokimning xotini oʻz xizmatkori bilan oʻynashmoqchi boʻlibdi. Unga qattiq oshiq boʻlib qolgan ekan-da! Albatta, biz u ayolni aniq adashishda deb bilamiz”, – dedilar.
Shahar aholisi mehmonlarni eshitib xursand boʻlgan hollarida yetib keldilar.
Oʻzaro savol-javob qilishlari uchun ularni qanday uxlatib qoʻygan boʻlsak ana shunday uyg‘otdik. Ulardan biri: “Qancha muddat uyquda qoldingiz?, – dedi. Ularning ayrimlari: “Bir kun yoki yarim kun”, – dedilar. Baʼzilari esa: “Qancha uxlab qolganimizni faqat Robbingiz toʻg‘ri biluvchiroq, endi bir kishini mana shu pulingiz bilan shaharga yuboringlar u eng pokiza taomlarni qarab undan sizlarga ozuqa olib kelsin. U diqqatli boʻlsin va sizlarni birovga sezdirib qoʻymasin”, – dedilar.
Endi devor esa, shu shahardagi ikki yetim bolaniki boʻlib, uning ostida ular uchun bir xazina koʻmilgan edi. Ularning marhum otasi solih kishi edi. Bas, Robbing ular voyaga yetishgach, Robbingdan rahmat boʻlib xazinalarini chiqarib olishlarini iroda qildi. Men bu ishlarni oʻzimcha qilganim yoʻq. Mana shu unga sabr qilishga toqating yetmagan narsalarning taʼvilidir.
Firʼavnning aʼyonlari: “Hozirchalik uni va akasi Horunni oʻz holiga tashlab qoʻy. Shaharlarga sehrgarlarni yig‘ib keluvchilarni joʻnatgin”, – dedilar.
Muso va uning qavmi yoʻlga tushganlaridan xabar topgan firʼavn barcha shaharlarga askar yig‘uvchilarni joʻnatdi.
Shaharda isloh qilmaydigan, aksincha, yer yuzida buzg‘unchilik qilib yuradigan toʻqqiz nafar kimsa bor edi.
Kunlarning birida Muso peshin vaqtida aholisi g‘aflatda boʻlgan paytda shaharga kirgan edi. U yerda ikki kishini oʻzaro urushayotganini koʻrdi. Ulardan biri Musoning oʻz guruhidan va unisi esa dushman tomonidan boʻlgan qibtiy kimsa edi. Shunda Musoning guruhidan boʻlgan kishi undan dushmaniga qarshi yordam soʻradi. Shunda Muso uni bir musht urib, oʻldirib qoʻydi. Soʻng qilib qoʻygan ishidan afsus qilib: “Bu shaytonning ishidandir. Albatta, u aniq yoʻldan adashtiruvchi dushmandir”, – dedi.
Muso ertasi kuni qoʻrqqan holida atrofga alanglab ketayotgan edi. Kecha undan yordam soʻragan kimsa yana uni yordamga chaqirar edi. Muso unga: “Chindan ham sen aniq gumrohsan!” – dedi.
Shahar chekkasidan bir kishi shoshgancha kelib: “Ey Muso, firʼavnning zodagonlari seni oʻldirish uchun til biriktiryaptilar. Bas, bu shahardan chiqib ketgin. Albatta, men senga nasihatgoʻy kishilardanman”, – dedi.
Qasamki, agar munofiqlar, dillarida illat boʻlgan kimsalar va Madinada ig‘vo tarqatib yuruvchilar oʻz qilmishlaridan tiyilmasalar, albatta, Biz sizni ularga qarshi qoʻzg‘atamiz, soʻngra Madinada siz bilan juda oz vaqt yonma-yon tura oladilar.
Shu payt bir kishi shaharning chekkasidan shoshgancha kelib: “Ey qavmim, bu elchilarning daʼvatiga ergashinglar!” – dedi.
Ular: “Qasam boʻlsinki, agar Madinaga qaytsak, albatta, kuchlilar kuchsizlarni u yerdan quvib chiqaradi”, – deydilar. Holbuki, kuch-qudrat faqat Allohniki, Uning payg‘ambariniki va moʻminlarnikidir. Lekin munofiqlar buni bilmaydilar.