Qiyomat kunida Allohga nisbatan yolg‘on soʻzlagan kimsalarni yuzlari qoraygan holda koʻrasiz. Takabburlarning joyi jahannamda emasmi?!
There are 78 verses derived from the masdar-o'zak و ج ه you searched for.
yuzini, yuzi (zoti), yuzining, yuzlaringizni, bir tomoni, yuzingizni, (yuzi) roziligi, o'zimni, yuzdadir (sharaflidir), oldida
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Qiyomat kunida Allohga nisbatan yolg‘on soʻzlagan kimsalarni yuzlari qoraygan holda koʻrasiz. Takabburlarning joyi jahannamda emasmi?!
Qachonki, ularning birortasiga Rahmonga misol qilib aytgan qiz tug‘ilgani haqidagi xushxabar berilsa, g‘azabga toʻlib, yuzi qorayib ketadi.
Bas, farishtalar ularning yuzlari va orqalariga urib, jonlarini olar vaqtida, hollari qanday boʻladi?!.
Muhammad Allohning Rasulidir. U bilan birga boʻlgan moʻminlar kofirlarga qattiq, oʻz oralarida moʻminlarga nisbatan rahm-shafqatlidirlar. Ularni doimo Allohdan fazl va rozilik istab, ruku va sajda hollarida koʻrarsiz. Ularning yuzlarida sajda izlaridan qolgan belgilar bordir. Mana shu sifatlar ularning Tavrotdagi misollaridir. Ularning Injildagi misollari esa, goʻyo urug‘ini yorib chiqib, quvvatga kiradigan, yoʻg‘onlashib oʻz novdasida tik turadigan va dehqonlarni hayron qoldiradigan oʻsimlikka oʻxshaydi. Bu moʻminlarning kuchayishi sababli kofirlarning jahlini chiqarish uchundir. Alloh ulardan iymon keltirgan va solih amallarni qilganlariga mag‘firat va ulkan ajrni vaʼda qildi.
Shunda ularning soʻzini eshitib turgan Ibrohimning xotini qichqirgancha keldida, ajablanganidan yuziga shapaloq urib: “Axir, men tug‘mas bir kampirmanku!” – dedi.
Ular yuztuban hollarida doʻzax tomon sudraladigan kunda ularga: “Doʻzax taʼsirini totib koʻringlar!” – deyiladi.
Faqat ulug‘lik va ikrom egasi boʻlgan Robbingizning Oʻzi boqiy qoladi.
Axir, yuztuban, yerga qarab yuradigan kimsa toʻg‘ri yoʻlni topuvchiroqmi yoki toʻg‘ri yoʻldan qomatini tik tutib boradigan kishimi?!
Bas, qachonki, ular qiyomat azobini yaqindan koʻrganlarida, kofirlarning yuzlari qora boʻladi va ularga: “Mana shu sizlar soʻragan narsa”, – deyiladi.
U kunda baʼzi yuzlar yashnab turuvchidir.
Yana u kunda baʼzi yuzlar burishgan boʻladi.
Ular: “Bizlar sizlarni faqat Allohning roziligi uchun taomlantiramiz. Sizlardan bu ish uchun biror mukofot va minnatdorchilik kutmaymiz”, – dedilar.
U kunda baʼzi yuzlar yorug‘ boʻladi.
U kunda g‘ubor bosgan yuzlar ham boʻladi.
Ularning chehralaridan neʼmatlarning tarovatini taniysiz.
U kunda baʼzi yuzlar qoʻrquvchidir.
Boshqa bir yuzlar esa u kunda neʼmatlanuvchidir.
U faqat eng oliy Zot boʻlmish Robbisining roziligini istab ehson qiladi.