Darhaqiqat, sizlardan oldingi nasllarni ham zulm qilganlarida va ularga payg‘ambarlari ilohiy dalillarni keltirgan payt iymon keltirmaganlarida halok qilgan edik. Biz shu tarzda jinoyatchilar qavmini jazolaymiz.
There are 68 verses derived from the masdar-o'zak ه ل ك you searched for.
xavfga, va yo'q qilishga, uni mahv etgan, o'lgan, halok qilmoq, yo'q qildik, lekin ularni halok qildik, barbod qilyaptilar, halok qilinadi, halok qiluvchi
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Darhaqiqat, sizlardan oldingi nasllarni ham zulm qilganlarida va ularga payg‘ambarlari ilohiy dalillarni keltirgan payt iymon keltirmaganlarida halok qilgan edik. Biz shu tarzda jinoyatchilar qavmini jazolaymiz.
Shuningdek, Robbingiz aholisi solih ishlarni qiluvchi boʻlgan shaharlarni zulm bilan halok qiluvchi boʻlmadi.
Otasining ayanchli ahvolini koʻrgan oʻg‘illari: “Allohga qasamki, toki holdan toyib kasal boʻlguningcha yoki bir yoʻla halok boʻlguningcha Yusufni esga olaverasanmi?” – dedilar.
Kufr keltirgan kimsalar oʻz payg‘ambarlariga: “Albatta, biz sizlarni yerimizdan haydab chiqaramiz yoki sizlar bizning dinimizga qaytasizlar”, – dedilar. Shunda Robbilari u payg‘ambarlarga: “Albatta, Biz zolimlarni halok qilamiz”, – deb vahiy qildi.
Biz biror shahar aholisini uning uchun maʼlum muddat oʻtib ajallari kelmaguncha halok qilmaganmiz.
Biz qachonki, biror-bir shaharni halok qilishni istasak, uning maishatparastlarini yuborgan payg‘ambarlarimizga itoat qilishga buyuramiz. Ana shundan keyin ular u yerda itoat qilmay buzg‘unchilik qiladilar. Bas, ularga azob tushishi haqidagi soʻzimiz muqarrar boʻladi. Keyin u shahar aholisini yakson qilib vayronaga aylantiramiz.
Nuh payg‘ambardan keyin ham qanchadan-qancha nasllarni itoatsizliklari tufayli halok qildik. Robbingiz oʻz bandalarining qilayotgan gunohlaridan yetarli xabardor va koʻrib turuvchidir.
Yer yuzidagi biror qishloq yoki shahar ahli yoʻqki, Biz ularni qiyomat kuni kelishidan oldin halok etuvchi boʻlmasak yoki ularni qattiq azob bilan azoblovchi boʻlmasak. Bularning taqdiri kitobda bitilgandir.
Oʻtmishdagi ana u shaharlar aholisini zulm qilganlarida, ularni halok qilganmiz va ularning halokatlariga vaʼda qilingan vaqtni belgilab qoʻyganmiz.
Oʻtmishdagi ana u shaharlar aholisini zulm qilganlarida, ularni halok qilganmiz va ularning halokatlariga vaʼda qilingan vaqtni belgilab qoʻyganmiz.
Holbuki, ulardan oldin uy anjomlari va koʻrinish jihatidan yaxshiroq boʻlgan qanchadan-qancha avlodlarni halok qilganmiz.
Biz ulardan oldin ham qanchalab osiy nasllarni halok qilganmiz. Siz ulardan tirik qolgan birortasini sezyapsizmi yoki ularning shivirlashini eshityapsizmi?!
Biz ulardan ilgari oʻzlarining maskanlarida yashab yurgan qanchadan-qancha nasllarni kufrlari sababli halok qilganimiz ham ularni toʻg‘ri yoʻlga solmadimi?! Albatta, bunda aql egalari uchun ibratlar bordir.
Agar Biz ularni Muhammadning kelishi va Qurʼon nozil boʻlishidan oldin biror azob bilan halok qilganimizda, ular, albatta: “Ey Robbimiz, bizlarga biror payg‘ambar yuborganingda edi, bizlar xor-zor va sharmanda boʻlmay oyatlaringga ergashar edik”, – der edilar.
Ulardan oldin Biz halok qilgan biror shahar aholisi iymon keltirmagan edi. Endi, ular iymon keltirarmidilar?!
Soʻngra ularga bergan vaʼdaga sodiq qolib, Oʻzimiz xohlagan iymonli kishilar bilan birga payg‘ambarlarga najot berganmiz va haddan oshganlarni esa halok qilganmiz.
Biz halok qilgan qishloq ahllarining dunyo hayotiga qaytib kelishlari mumkin emas.
Qanchadan-qancha shahar va qishloqlarni zolim boʻlgan hollarida halok qildik. Bas, ular hozirda tomlari qulab huvullab qolgan, tashlandiq quduqlari boʻlgan va kimsasiz baland qasrlar holatida turibdi.
Bas, Muso va Horun payg‘ambarni yolg‘onchiga chiqarib, halok qilinuvchilardan boʻldilar.
Bas, ular Hudni yolg‘onchiga chiqarishdi, keyin Biz ularni halok qildik. Albatta, bunda katta ibrat bordir. Lekin ularning aksariyati iymon keltiruvchi boʻlmadilar.