Robbilarining oyatlariga iymon keltiradigan kimsalar,
There are 401 verses derived from the masdar-o'zak هُم you searched for.
va ular, holbuki ular, ular, va ularga, va ularning, sifatida, yana ular, va ulardir, lekin ular, va o'zlari
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Robbilarining oyatlariga iymon keltiradigan kimsalar,
Robbilariga aslo shirk keltirmaydigan kimsalar,
Aynan mana shular yaxshiliklarni qilishga shoshadilar va uni qilishda oʻzib ketuvchilardir.
Biz hech bir jon egasiga kuchidan tashqaridagi narsani taklif qilmaymiz. Bizning dargohimizda, faqat haqni soʻzlaydigan kitob bordir. Ular oxiratda zarracha zulm qilinmaydilar.
Yoʻq, kofirlarning dillari bundan g‘aflatdadir. Ularning bundan boshqa oʻzlari qiluvchi boʻlgan behuda ishlari bordir.
Toki Biz ularning maishatda yashaydiganlarini biror azobga duchor qilganimizda, birdan ular faryod qiladilar.
To qachonki, Biz ularga qattiq azob eshigini ochib qoʻyganimizda, birdan ular noumid boʻlib qoluvchilardir.
Bas, kimning yaxshilik tarozilari og‘ir kelsa, ana oʻshalar najot topuvchilardir.
Ularning yuzlarini olov yalaydi va ular u yerda tishlari koʻrinib, badbashara boʻlib qoluvchilardir.
Men esa bugun ularni sabr qilganlari uchun mukofotladim. Albatta, ular ulkan yutuqqa erishganlardir.
Iffatli ayollarga zinokor deb tosh otib, keyin bu daʼvolariga toʻrtta guvoh keltira olmagan kimsalarni sakson darradan uringlar va hech qachon ularning guvohliklarini qabul qilmanglar. Ana ular aynan fosiqlardir.
Boʻhton qiluvchilar unga toʻrtta guvoh keltirsalar boʻlmasmidi?! Endi, agar guvoh keltira olmasalar, demak, Alloh nazdida ular yolg‘onchidirlar.
Ularning qalblarida kasallik bormi yoki Muhammadning haq payg‘ambar ekanligidan shubhalandilarmi yoxud Alloh va Rasuli ularga adolatsizlik qilishidan qoʻrqadilarmi?! Aksincha, ularning oʻzlari zolimlardir.
Albatta, moʻminlarning Allohga va Rasuliga oralarida hukm chiqarishi uchun chaqirilganlarida ularning gaplari: “Eshitdik va itoat qildik”, – deyishlari kerak edi. Ana oʻshalar najot topuvchilardir.
Kimki Alloh va payg‘ambariga itoat qilsa va Allohdan qoʻrqib, Unga taqvo qilsa, bas, aynan oʻshalar yutuqqa erishuvchilardir.
Alloh sizlardan iymon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarga xuddi oldin yashab oʻtgan iymonli zotlarni yer yuziga oʻrinbosar qilganidek, ularni ham yer yuziga oʻrinbosar qilishni va ular uchun Oʻzi rozi boʻlgan Islom dinini mustahkam qilishni hamda ularning Makkadagi koʻrgan xavf-xatarlaridan soʻng Madinada xotirjamlikka aylantirib qoʻyishni vaʼda qildi. Ular, faqat Menga ibodat qiladilar va Menga biror narsani sherik qilmaydilar. Kimki ushbu vaʼdadan keyin noshukrlik qilsa, bas, ular fosiqlardir.
Mushriklar esa Uni qoʻyib, biror narsa yarata olmaydigan, aksincha, oʻzlari yaraluvchi boʻlgan, oʻzlariga zarar ham foyda ham berishga ega boʻlmaydigan, oʻlimga ham, hayotga ham, qayta tirilishga ham molik boʻlmaydigan soxta ilohlarni qilib unga sig‘indilar.
U kunda Robbingiz mushriklarni ham, Allohni qoʻyib ibodat qilayotgan butlarini ham jamlab ularga: “Mening anavi bandalarimni sizlar yoʻldan ozdirdingizmi yoki oʻzlari yoʻldan ozdilarmi?” deydi.
Yoki boʻlmasa siz ularning koʻplarini haq soʻzni tinglay oladilar yo aql ishlatadilar deb oʻylaysizmi?! Yoʻq, aslo, ular hayvonlarga oʻxshaydilar, balki, ular hayvondan ham battarroq yoʻldan adashuvchidirlar.
Yoki boʻlmasa siz ularning koʻplarini haq soʻzni tinglay oladilar yo aql ishlatadilar deb oʻylaysizmi?! Yoʻq, aslo, ular hayvonlarga oʻxshaydilar, balki, ular hayvondan ham battarroq yoʻldan adashuvchidirlar.