Toʻplangan odamlar: “Agar sehrgarlar g‘olib chiqsa, balki biz ularga ergasharmiz”, – dedilar.
There are 401 verses derived from the masdar-o'zak هُم you searched for.
va ular, holbuki ular, ular, va ularga, va ularning, sifatida, yana ular, va ulardir, lekin ular, va o'zlari
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Toʻplangan odamlar: “Agar sehrgarlar g‘olib chiqsa, balki biz ularga ergasharmiz”, – dedilar.
Bas, ular ham yoʻldan ozganlar ham doʻzaxga uloqtiriladilar.
Ular u yerda tortishib gaplashadilar.
Bas, u azob ularga oʻzlari sezmagan hollarida birdan keladi.
Ular namozni toʻliq ado qiladilar, haqdorlarga zakotni beradilar va oxiratga aniq ishonadilar.
Ular namozni toʻliq ado qiladilar, haqdorlarga zakotni beradilar va oxiratga aniq ishonadilar.
Ana oʻshalar uchun dunyoda ham azobning eng yomoni bordir va ular oxiratda eng koʻp ziyon koʻruvchilardir.
Ana oʻshalar uchun dunyoda ham azobning eng yomoni bordir va ular oxiratda eng koʻp ziyon koʻruvchilardir.
Ular chumolilar vodiysiga kelganlarida, bir chumoli: “Ey chumolilar, inlaringizga kiringlar, yana Sulaymon va uning lashkarlari oʻzlari bilmay sizlarni ezib ketmasinlar”, – dedi.
Sen qavmingga qaytib borib aytginki, agar menga taslim boʻlmasalar, albatta, biz ularga shunday qoʻshin bilan boramizki, ular unga aslo bas, kela olmaydilar va albatta, biz ularni yurtlaridan xoru zor qilib quvib chiqaramiz.
Qasam boʻlsinki, Biz Samud qabilasiga birodarlari Solihni payg‘ambar qilib yubordik. Solih payg‘ambar oʻz qavmiga: “Allohga ibodat qilinglar”, – dedi. Bas, ular daʼvatga quloq solmay birdan kelisha olmaydigan ikki guruhga boʻlinib oldilar.
Ular Solih payg‘ambarga qarshi makr qildilar. Biz ham ular sezmagan hollarida ularni halok qilish bilan makr qildik.
Yoki osmonlar va Yerni yaratgan hamda sizlar uchun osmondan suv tushirib, u bilan goʻzal bog‘larni oʻstirgan Zot yaxshiroqmi?! Sizlarda u bog‘larning daraxtini oʻstirish qudrati boʻlmagan edi. Alloh bilan birga yana biror iloh bormi?! Yoʻq, ular Allohga oʻzgalarni tenglashtiradigan qavmdirlar!
Balki, ularning oxirat haqidagi bilimlari pishib yetilgandir?! Yoʻq, ular oxiratning boʻlishidan gumondalar, aksincha, ular u haqda koʻrdirlar.
Balki, ularning oxirat haqidagi bilimlari pishib yetilgandir?! Yoʻq, ular oxiratning boʻlishidan gumondalar, aksincha, ular u haqda koʻrdirlar.
Albatta, bu Qurʼon bani Isroil avlodiga ular u haqida ixtilof qilayotgan narsalarning koʻpini qissa qilib beradi.
Kim Allohning huzuriga yaxshi amallar bilan kelsa, bas, uning uchun undan ham yaxshiroq mukofot boʻladi. Shuningdek, ular qiyomat kunining dahshatidan omonda boʻladilar.
Firʼavnning xotini unga: “Bu goʻdak men uchun ham, sen uchun ham koʻz quvonchidir. Uni oʻldirmanglar, shoyadki, uning bizlarga foydasi tegsa yoki uni farzand qilib olsak”, – dedi. Vaholanki, ular oʻzlarining halokatlari shu goʻdak tufayli ekanini sezmas edilar.
Musoning onasi uning opasiga: “Uning izidan bor”, – dedi. Opasi Musoning ketidan tushdi va ular sezmagan hollarida uni bir chetdan kuzatib turdi.
Biz bundan oldin unga barcha emizuvchi ayollarni taqiqladik Muso hech bir ayolni emmadi. Shunda uning opasi kelib: “Men sizlarga unga kafil boʻlib emizadigan va unga nasihatgoʻy boʻluvchi bir oilani dalolat qilaymi?” – deb aytdi.