Bas, agar sajda qilishdan bosh tortib kibrlansalar, bilingki, Robbingiz huzuridagi farishtalar kecha-yu kunduz hech malol olmay Unga tasbeh aytib sajda qiladilar.
There are 401 verses derived from the masdar-o'zak هُم you searched for.
va ular, holbuki ular, ular, va ularga, va ularning, sifatida, yana ular, va ulardir, lekin ular, va o'zlari
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Bas, agar sajda qilishdan bosh tortib kibrlansalar, bilingki, Robbingiz huzuridagi farishtalar kecha-yu kunduz hech malol olmay Unga tasbeh aytib sajda qiladilar.
Ular katta gunohlardan va fahsh ishlardan chetlanadigan, g‘azablangan vaqtlarida esa kechirib yuboradigan kimsalardir.
Ular oʻzlariga tajovuz qilinganda unga qarshi kurashib, g‘olib boʻladigan zotlardir.
Rahmonning bandalari boʻlgan farishtalarni mushriklar qizlar dedilar. Yoki mushriklar ularning yaratilishiga guvoh boʻlganmidilar?! Unday boʻlsa ularning bu guvohliklari, albatta, yozib qoʻyiladi va ular qiyomat kunida soʻroq qilinadilar.
Mushriklar: “Agar Rahmon xohlaganida, bizlar ularga ibodat qilmagan boʻlar edik”, – deydilar. Ular uchun bunga hech qanday maʼlumot yoʻqdir. Ular faqat yolg‘on gapiryaptilar.
Ey Muhammad, Robbingizning rahmati boʻlgan payg‘ambarlikni ular taqsim qiladilarmi?! Dunyo hayotida ularning oralarida maishatlarini Biz taqsimladik va baʼzilari baʼzilarini xizmatkor qilib olishlari uchun ayrimlarining darajalarini ayrimlaridan ustun qilib qoʻydik. Robbingizning rahmati esa ular yig‘ib boradigan boyliklaridan yaxshiroqdir.
Bas, qachonki, Muso moʻʼjizalarimiz bilan ularga kelganida, ular birdaniga bu moʻʼjizalardan kula boshladilar.
Bas, qachonki, Musoning duosi sharofati bilan ulardan azobni aritsak, birdan ular oʻz ahdlarini buza boshlar edilar.
Ular: “Bizlarning ilohlarimiz yaxshiroqmi yoki umi?!” – deydilar. Ular sizga bu misolni faqatgina tortishish uchun keltiradilar. Aslida ular xusumatchi qavmdirlar.
Ular faqat oʻzlari sezmagan hollarida qiyomat soati toʻsatdan kelib qolishini kutib oʻtiribdilar, xolos.
Ulardan jahannamdagi azob yengillatilmaydi va ular undan butunlay umidsizdirlar.
Biz ularga zulm qilmadik, lekin oʻzlari nafslariga zulm qiluvchi boʻldilar.
Allohni qoʻyib sig‘inayotgan narsalari qiyomat kuni shafoat qilishga ega boʻla olmaydilar. Faqat oʻzlari bilgan hollarida haq bilan guvohlik bergan kishilargina shafoat qilishga izn oladilar.
Yoʻq, ular hali ham qayta tirilish xususida shak-shubha ichida oʻynab yuribdilar.
Ular kuch-quvvatda yaxshiroqmi yoki Tubbaʼ qavmi va ulardan avvalgi kimsalarmi?! Biz ularni halok qildik. Chunki, ular gunohkor qavm edilar.
U kunda doʻst doʻstga biror narsada asqotmaydi va ularga azobdan qutulish uchun yordam ham berilmaydi.
Alloh osmonlar va Yerni haq hikmat bilan, har bir jon qilgan kasbiga yarasha, zulm qilinmagan holida jazo yoki mukofot olishi uchun yaratgan.
Qiyomatni inkor qiluvchilar: “Hayot faqat shu dunyodagi yashashimizdir. Birimiz oʻlib, boshqamiz yashab yuraveramiz. Bizlarni Alloh emas, balki faqat zamon oʻtishigina oʻldiradi”, – dedilar. Holbuki, ularda bu haqida biror hujjatga ega boʻlgan bilim yoʻqdir. Ular faqat shunday gumon qiladilar, xolos.
Bunday boʻlishingiz, albatta, siz Allohning oyatlarini ermak qilganingiz va sizni dunyo hayoti aldab qoʻygani uchundir. Bas, ular bugun bu doʻzaxdan chiqarilmaydilar va ularga yaxshi amallarga qaytish uchun imkoniyat ham berilmaydi.
Allohni qoʻyib, qiyomat kunigacha ham chaqiriqqa javob qila olmaydiganlarga iltijo qiladigan kimsadan ham adashganroq kim bor?! Holbuki, u jonsiz butlar oʻsha mushriklarning duolaridan bexabardirlar.