Oʻshanda ulardan bir toifasi: “Ey Yasrib ahli, sizlar uchun bu qadar kuchli yovga qarshi turish imkoni yoʻqdir, bas, oʻz orqangizga qaytib ketinglar”, – dedi. Ulardan yana bir guruhi esa: “Uylarimiz ochiq-sochiq qoldi”, – deb Payg‘ambardan ruxsat soʻradilar. Holbuki, ularning uylari ochiq-sochiq emas edi. Ular faqat jang maydonidan qochishni xohlardilar.

