Bas, unga uning buyrug‘i bilan u istagan tomonga mayin esaveradigan shamolni boʻysundirib qoʻydik.
There are 64 verses derived from the masdar-o'zak ج ر ي you searched for.
oqayotgan, oqizib olib ketuvchi, oqadi, oqib bormoqda, va yurgizgani (payt), suzishi ham, o'tkazganida, oqib bormoqda, oqib borishi uchun, oqib borar edi
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Bas, unga uning buyrug‘i bilan u istagan tomonga mayin esaveradigan shamolni boʻysundirib qoʻydik.
U osmonlar va Yerni haq hikmat bilan yaratdi. U kechani kunduzning ustiga oʻraydi, kunduzni esa kechaning ustidan oʻraydi. U quyoshni ham, oyni ham amriga boʻysundirib qoʻygan. Ularning har biri maʼlum muddatgacha yurib boradi. Ogoh boʻlinglar, U hamma narsaga kuchi yetuvchi – Aziz va bandalariga oʻta kechirimli G‘affor Zotdir!
Lekin Robbilaridan qoʻrqqan zotlar uchun jannatda ustma-ust qurilgan xonalar boʻlib, ularning ostidan anhorlar oqib turadi. Bu Allohning vaʼdasidir. Alloh vaʼdaga aslo xilof qilmaydi.
Dengizdagi tog‘lardek suzib yuruvchi ulkan kemalar ham Uning alomatlaridandir.
Firʼavn qavmiga nido qilib: “Ey qavmim, Misr podshohligi va mana bu ostimdan oqib turgan daryolar meniki emasmi?! Axir, koʻrayapsizlarmi?!” – dedi.
Alloh sizlarga dengizni unda Oʻz amri bilan kemalar yurishi uchun va Uning fazlidan istakda boʻlishingiz uchun beminnat xizmatkor qilib qoʻydi. Shoyadki, bu neʼmatlar uchun shukr qilsangizlar.
Albatta, Alloh iymon keltirgan va solih amallarni qilgan kimsalarni ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritadi. Kufr keltirgan kimsalar esa dunyo lazzatlaridan foydalanib, chorva hayvonlari yeganidek yeb-ichadilar va oxirida doʻzax ularning joylaridir.
Alloh moʻmin va moʻminalarni ostidan anhorlar oqib turadigan, u yerda mangu qoladigan jannatlarga kiritish uchun va ulardan gunohlarini oʻchirish uchun shunday qildi. Mana bu Alloh nazdida ulkan yutuqdir.
Jangda qatnashmaslikda koʻzi ojiz kishiga tanglik yoʻq. Oyog‘i choʻloq odamga ham tanglik yoʻq. Bemorga ham tanglik yoʻq. Kimki Alloh va uning payg‘ambariga itoat qilsa, uni ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritadi. Kimki yuz oʻgirib ketsa, Alloh uni alamli azob bilan azoblaydi.
Suv yuzida yengil suzuvchi kemalarga qasam boʻlsin.
U kema Bizning “koʻzlarimiz” oʻngida suzib borar edi. Bu inkor qilingan kishi uchun mukofotdir.
Dengizda yelkanlari tog‘lar kabi baland koʻtarilgan suzib yuruvchi kemalar ham U Zotnikidir.
U ikkisida ham ikki oqar chashma bordir.
Moʻmin va moʻminalarning oldilarida va oʻng tomonlarida qilgan yaxshi amal nurlari yoʻllarini yoritib ketayotganini koʻradigan kunni eslang! Oʻsha kunda ularga: “Sizlar uchun bugungi xushxabar – ostidan anhorlar oqib turadigan, mangu qolinadigan jannatlardir. Ana shu katta yutuqdir!” – deyiladi.
Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan qavmning Allohga va Uning Rasuliga dushmanlik qiluvchilar bilan doʻstlashganlarini topmaysiz. Hatto ular oʻz otalari, yoki farzandlari, yoki aka-ukalari, yoki qarindosh urug‘lari boʻlsa ham. Aynan ularning qalblariga Alloh iymonni bitib qoʻygan va ularni oʻz tomonidan boʻlgan ruh bilan quvvatlantirgan. Alloh ularni taglaridan anhorlar oqib turadigan va u yerda mangu qoladigan jannatlarga kiritadi. Alloh ulardan rozi boʻladi va ular ham Allohdan rozi boʻladilar. Aynan ular Allohning hizbidirlar. Ogoh boʻlinglarki, albatta, Allohning hizbigina najot topuvchilardir!
Agar shunday qilsangizlar, Alloh sizlarning gunohlaringizni kechiradi hamda sizlarni ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga va Adn jannatlardagi pokiza maskanlarga kiritadi. Ana oʻsha ulkan yutuqdir.
Alloh sizlarni toʻplaydigan “jamlanish kuni”ni eslanglar! Bu odamlar oʻzaro aldanib qoladigan kundir. Kimki Allohga iymon keltirgan va yaxshi amal qilgan boʻlsa, Alloh uning yomonliklarini oʻchiradi va uni ostidan anhorlar oqib turadigan, abadiy qolinadigan jannatlarga kiritadi. Bu esa ulkan mukofotdir.
Iymon keltirgan va solih amallarni qilgan kimsalarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun sizlarga Allohning bayon qiluvchi oyatlarini tilovat qiladigan payg‘ambarni yubordi. Kimki Allohga iymon keltirsa va yaxshi amallar qilsa, Alloh uni tagidan anhorlar oqib turadigan hamda abadiy qolinadigan jannatlarga kiritadi. Haqiqatan, Alloh uning uchun goʻzal jannatning tuganmas rizqini ato qilgandir.
Ey iymon keltirganlar, Allohga xolis tavba qilinglar, shoyadki, Robbingiz yomonliklaringizni oʻchirib, sizlarni tagidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritsa! U kunda Alloh payg‘ambarni va u bilan birga iymon keltirganlarni sharmanda qilmaydi. Ularning nurlari oldilarida va oʻng tomonlarida yuradi. Ular: “Ey Robbimiz, Oʻzing bizlarga nurimizni batamom qilib bergin va bizlarni mag‘firat qilgin. Albatta, Sen har narsaga qodirdirsan”, – deydilar.
Darvoqe, Biz suv tug‘yonga kelgan vaqtida sizlarni Nuh payg‘ambar yasagan kemada koʻtardik.