Agar Allohni va Uning payg‘ambarini hamda oxirat diyorini xohlaydigan boʻlsangiz, u holda Alloh sizlarning orangizdan yaxshi amal qiluvchilar uchun ulkan mukofot tayyorlab qoʻygan.
There are 194 verses derived from the masdar-o'zak ح س ن you searched for.
chiroyli munosabatda bo'lganlarga, yaxshilik qilasizlar, chiroyli so'z, ishini chiroyli qilib, yanada chiroylii, chiroyli tarzda, va yaxshilik qiling, yaxshilik qilganlarni, chiroy, yaxshilik qilganlarning
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Agar Allohni va Uning payg‘ambarini hamda oxirat diyorini xohlaydigan boʻlsangiz, u holda Alloh sizlarning orangizdan yaxshi amal qiluvchilar uchun ulkan mukofot tayyorlab qoʻygan.
Ey Muhammad, sizga bundan boshqa ayollar halol boʻlmaydi. Garchi boshqa ayollarning husni sizni qiziqtirsa ham ularni oʻz ayollaringizga almashtirish ham halol boʻlmaydi. Faqat qoʻlingizda mulk boʻlgan choʻrilar haloldir. Alloh barcha narsaning ustidan kuzatib turuvchi Zotdir.
Axir qilgan yomon amali oʻziga chiroyli koʻrsatilib, uni yaxshi ish deb oʻylagan kimsadan yaxshilik chiqarmidi?! Shubhasiz, Alloh Oʻzi xohlagan kimsalarni yoʻldan ozdiradi va Oʻzi xohlagan kishilarni hidoyat qiladi. Bas, ey Rasulim, ularning iymon keltirmaganlariga hasrat-nadomatlar qilib joningiz achinib ketmasin. Albatta, Alloh ularning nima hunar qilayotganlarini biluvchi Zotdir.
Biz yaxshi amal qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz!
Darhaqiqat, sen tushni tasdiqlading. Albatta, Biz yaxshi ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz.
Biz yaxshi ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz!
Unga ham, Ishoqqa ham baraka berdik. U ikkisining zurriyotidan yaxshi amal qiluvchi ham, oʻziga aniq zulm qiluvchi ham boʻladi.
Biz yaxshi ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz!
Sizlar yaratuvchilarning eng yaxshisini qoʻyib, oltindan yasalgan Baʼl nomli butga sig‘inasizlarmi?!
Biz yaxshi amal qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz!
Bas, uning oʻsha xatosini kechirdik. Albatta, uning uchun Bizning huzurimizda yaqinlik va goʻzal oqibat bordir.
Albatta, Sulaymon uchun huzurimizda yaqinlik va chiroyli oqibat bordir.
Bu bir eslatmadir. Shubhasiz, taqvodorlar uchun goʻzal qaytar joy bordir.
Ey Muhammad, iymon keltirgan bandalarimga: “Robbingizdan qoʻrqinglar! Bu dunyoda chiroyli amal qilgan zotlar uchun oxiratda yaxshilik bordir. Allohning yeri kengdir. Albatta, sabr qiluvchilarga mukofotlari behisob beriladi”, – deb ayting.
Ey Muhammad, iymon keltirgan bandalarimga: “Robbingizdan qoʻrqinglar! Bu dunyoda chiroyli amal qilgan zotlar uchun oxiratda yaxshilik bordir. Allohning yeri kengdir. Albatta, sabr qiluvchilarga mukofotlari behisob beriladi”, – deb ayting.
Ular gapni tinglab, soʻng uning eng goʻzaliga ergashadilar. Aynan oʻshalar Alloh hidoyat qilgan kimsalardir va aynan oʻshalar aql egalaridir.
Alloh oyatlari fasohatli boʻlgan goʻzal soʻzni bir-biriga oʻxshagan va hukmlari takrorlanib bir kitob qilib nozil qildi. Undagi oyatlar oʻqilganda Robbilaridan qoʻrqadigan zotlarning tanalari titrab ketadi. Soʻngra badanlari va qalblari Allohning zikriga moyil boʻlib, yumshaydi. Mana shu kitob Allohning hidoyati boʻlib, unga Oʻzi xohlagan kishilarni hidoyat qiladi. Kimni Alloh yoʻldan ozdirsa, bas, unga biror yoʻl koʻrsatuvchi boʻlmaydi.
Ular uchun Robbilari huzuridagi jannatda xohlagan narsalari bordir. Bu yaxshi amal qiluvchilarning mukofotidir.
Zero, Alloh ularning qilgan eng yomon amallarini oʻchirib, dunyoda qilgan eng chiroyli amallarining ajri bilan ularni mukofotlaydi.
Sizlarga, oʻzingiz sezmagan holingizda toʻsatdan azob kelib qolishidan oldin, Robbingiz tomonidan sizlarga nozil qilingan eng goʻzal Qurʼonga ergashinglar!