Yoxud ular Allohning makridan xotirjam boʻlib yuribdilarmi? Allohning makridan esa faqat ziyon koʻruvchi qavmlar xotirjam boʻladilar.
There are 65 verses derived from the masdar-o'zak خ س ر you searched for.
ziyon ko'rganlar, ziyon ko'rganlar, ziyon ko'rganlardir, yutqazganlardan bo'ladi, yutqazganlarga, ziyon ko'rgan, bir ziyon bilan, yutqazganlardan, yutqazganlardan, ziyonga soluvchi(lar)
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Yoxud ular Allohning makridan xotirjam boʻlib yuribdilarmi? Allohning makridan esa faqat ziyon koʻruvchi qavmlar xotirjam boʻladilar.
Qilgan ishlaridan pushaymon boʻlib, qoʻllaridagi tushirilganda: “Ont ichamizki, agar Robbimiz bizga marhamat qilmasa va gunohimizni mag‘firat qilmasa, haqiqatan, bizlar ziyon koʻruvchilardan boʻlib qolamiz”, – dedilar.
Alloh kimni hidoyat qilsa, demak, u toʻg‘ri yoʻl topuvchidir. Agar kimni yoʻldan adashtirsa, bas, ana ular ziyon koʻruvchilardir.
Bu pok moʻminlarni nopok mushriklardan ayirish va nopoklarning barchasini bir-birining ustiga uyumlab jahannamda boʻlishlari uchundir. Ana oʻshalar oxiratda aniq ziyon koʻruvchilardir.
Ey munofiqlar, sizlar ham xuddi sizlardan oldingi munofiqlar kabisizlar. Ular sizlardan koʻra quvvati koʻproq, mol-dunyo va bola-chaqalari ham ortiqroq edilar. Bas, nasibalarini yeb mazza qilib foydalandilar. Sizlar ham, oldingilar kabi nasibalaringizdan foydalandingizlar. Hamda g‘aflatga botib ketganlaridek sizlar ham kufrga shoʻng‘ib ketdingiz. Ana u munofiqlarning barcha qilgan amallari dunyo va oxiratda behuda ketgandir. Aynan ular ziyon koʻruvchilardir.
Alloh ularni jamlaydigan qiyomat kunida oʻzlarini bu dunyoda goʻyo nahor vaqtidan faqatgina bir soat turgandek his qilishadi va bir-birlarini taniy boshlaydilar. Alloh bilan yuzma-yuz boʻlishni yolg‘onga chiqarganlar qattiq ziyon koʻrdilar va hidoyat topganlardan boʻlmadilar.
Shuningdek, Allohning oyatlarini yolg‘onga chiqaradiganlardan ham boʻlmang, unday boʻlsa, ziyon koʻruvchilardan boʻlib qolasiz.
Ana oʻshalar qiyomat kunida oʻzlariga ziyon qildilar va oʻzlari toʻqib olgan butlari esa foyda bermay ulardan g‘oyib boʻldi.
Shubhasiz, albatta, ular oxiratda yanada koʻproq ziyon koʻruvchilardir.
Nuh Robbisiga: “Ey Robbim, men Sendan oʻzimda u haqda ilm boʻlmagan narsalarni soʻrashimdan panoh tilayman. Agar meni mag‘firat qilmasang va menga rahm qilmasang, albatta, ziyon koʻruvchilardan boʻlib qolaman”, – dedi.
Solih ularga: “Ey qavmim, oʻylab koʻrdingizmi, men Robbim tomonidan aniq hujjatga ega boʻlsam va menga Oʻzining rahmati boʻlgan payg‘ambarlikdan ato qilgan boʻlsa-yu, shundan keyin men U Zotga isyon qilsam, u holda Allohning azobidan meni kim qutqaradi. Bas, sizlar isyonga chorlashingiz bilan menga ziyondan boshqa hech narsani orttirmayapsiz”, – dedi.
Bu gapdan keyin oʻg‘illari: “Biz bir toʻda jamoa boʻla turib agar uni boʻri yeb ketsa, unda biz rosa ziyon koʻruvchilar boʻlib qolamiz-ku”, – dedilar.
Shubha yoʻqki, oxiratda ziyon koʻruvchilar ham, albatta, ulardir.
Biz Qurʼondan moʻminlar uchun shifo va rahmat manbai boʻlgan oyatlarni nozil qilamiz. Lekin bu oyatlar zolimlarga faqat ziyonni orttiradi.
Ey Muhammad, ularga: “Sizga amallari yuzasidan eng koʻp ziyon koʻruvchilarning xabarini beraylikmi?!” – deb ayting.
Ular Ibrohimga makr qilmoqchi boʻldilar. Biz esa ularning oʻzlarini koʻproq ziyon koʻruvchi qilib qoʻydik.
Odamlar orasida Allohga bir tomonlama ibodat qiladigan kimsalar ham bor. Bordi-yu unga biror-bir yaxshilik yetsa, u sababli koʻngli xotirjam boʻladi, agar biror balo yetsa, dindan yuz oʻgirib ketadi. U bu dunyoda ham oxiratda ziyon koʻrdi. Mana bu esa ochiq-oydin ziyondir.
Odamlar orasida Allohga bir tomonlama ibodat qiladigan kimsalar ham bor. Bordi-yu unga biror-bir yaxshilik yetsa, u sababli koʻngli xotirjam boʻladi, agar biror balo yetsa, dindan yuz oʻgirib ketadi. U bu dunyoda ham oxiratda ziyon koʻrdi. Mana bu esa ochiq-oydin ziyondir.
Qasam boʻlsinki, agar sizlar oʻzingizga oʻxshagan odamga itoat qilsangiz, u holda albatta, sizlar ziyon koʻruvchisiz.
Kimning tarozilari yengil boʻlsa, bas, ana oʻshalar nafslariga zarar qildilar. Ular jahannamda mangu qoluvchilardir.