Ular sizlarga jiddiy zarar yetkaza olmaydilar. Faqat tillari bilan ozgina ozor berishlari mumkin. Bordi-yu sizlar bilan urishsalar qoʻrqqanlaridan ortlariga qarab qochadilar va keyin ularga yordam ham berilmaydi.
There are 44 verses derived from the masdar-o'zak د ب ر you searched for.
orqalariga, orqalari, o'ylamaydilarmi?, orqangizga, orqasi, ildizini, orqasini, orqalar(ingiz)ni, orqasini, va orqalariga
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ular sizlarga jiddiy zarar yetkaza olmaydilar. Faqat tillari bilan ozgina ozor berishlari mumkin. Bordi-yu sizlar bilan urishsalar qoʻrqqanlaridan ortlariga qarab qochadilar va keyin ularga yordam ham berilmaydi.
Ey kitob berilgan yahudiy va nasroniylar, qilingan itoatsizlik tufayli yuzlarni tekislab, ularni chappa qilib yuborishimizdan yoki “shanba kuni egalari”ni qanday laʼnatlagan boʻlsak sizlarni ham shunday laʼnatga duchor qilishimizdan oldin sizdagi Tavrotni tasdiqlovchi qilib nozil qilganimiz Qurʼonga iymon keltiringlar. Allohning amri, shubhasiz, amalga oshadi.
Qurʼonning haqligi xususida teran fikr yuritmaydilarmi?! Agar Qurʼon Allohdan oʻzganing tomonidan kelgan boʻlganda, unda koʻp qarama-qarshiliklarni topgan boʻlar edilar.
Muso oʻz qavmiga: “Ey qavmim, Alloh sizlarga bitib qoʻygan muqaddas zaminga kiringlar. Itoatsizlik qilib ortlaringizga oʻgirilib ketmanglar, aks holda, ziyon koʻruvchilarga aylanib qolasiz”, – deb aytgan.
Shunday qilib, zulm qilgan qavmlarning keti qirqildi. Olamlarning Robbisi Allohga hamdlar boʻlsin.
Shunday qilib, u va u bilan birga boʻlgan iymonli kimsalarni Bizdan boʻlgan rahmat bilan qutqardik. Oyatlarimizni yolg‘onga chiqargan va iymonli boʻlmagan kimsalarning ketini qirqib tashladik.
Ikki toifadan biri, albatta, sizlarniki boʻladi deb, Allohning qilgan vaʼdasini esga olinglar. Lekin sizlar qoʻlida quroli boʻlmagan guruhni oʻzingizniki boʻlishni xohlar edingiz. Alloh esa Oʻz soʻzi bilan haqiqatni oʻrtaga chiqarishni va kofirlarning ketini uzib tashlashni xohlar edi.
Ey iymon keltirganlar, jangda toʻda holidagi kufr keltirganlar bilan roʻbaroʻ kelib qolsangiz, ularga orqa oʻgirib qochmanglar.
Kimki oʻsha kunda jang uchun usulni qoʻllab joyidan chetlangan yoki boshqa guruhga qoʻshilmoqchi boʻlgan holatdan tashqari ulardan orqa oʻgirib qochib ketsa, albatta, Allohdan boʻlgan g‘azab bilan qaytgan boʻladi. Uning joyi esa jahannamdir. U naqadar yomon borar joydir.
Jang maydonida farishtalar kofir boʻlganlarning yuzlari va orqalariga urib jonlarini olayotganlarini koʻrganingizda edi. Maloikalar: “Kuyduruvchi doʻzax azobini totinglar”, – der edilar.
Darhaqiqat, Alloh sizlarga oldin ham koʻp joylarda nusrat berdi. Xususan, Makka bilan Toif oʻrtasidagi vodiydagi Hunayn kunida ham. Oʻshanda sizlarni sanoq va kuch jihatdan koʻp ekanligingiz g‘ururlantirib qoʻygan edi, ammo u sizlarni hech narsadan qutqarib behojat qila olmadi. Sizlarga keng boʻlgan yer torlik qilib qoldi, keyin esa yuz oʻgirgan holingizda tarqalib chekindingiz.
Albatta, Robbingiz osmonlar va Yerni olti kunda yaratib, soʻngra Arshga istivo qilgan Allohdir. U ish tadbirini mustahkam koʻradi. Uning iznisiz hech kim shafoat qiluvchi emasdir. Ana oʻsha Alloh sizning Robbingizdir, shunday ekan, Unga ibodat qilinglar. Hali ham bundan eslatma olmaysizlarmi?!
Ey Muhammad, ularga: “Osmon va Yerdan sizlarga beminnat rizq berayotgan kim, yoki quloq va koʻzlaringizga egalik qilayotgan kim?! Kim oʻlikdan tirikni chiqaryapti va kim tirikdan oʻlikni chiqarmoqda hamda ishning tadbirini koʻrayotgan kimdir?!” – deb soʻrang. Ular tezda: “Albatta, Alloh”, – deb aytadilar. Shunda ularga: “Unday boʻlsa, Allohdan qoʻrqmaysizlarmi?!” – deb ayting.
Yusuf qochdi, Zulayho esa quvdi va ikkisi eshikka qarab chopishdi. Soʻngra Zulayho uning koʻylagini orqa tomondan yirtib yubordi. Shu payt eshik oldida xojasi Qitfirga yoʻliqdilar. Zulayho unga: “Oilangga yomonlikni istagan kishining jazosi faqat zindonga solinishi yoki alamli azob berishdir”, – dedi.
“Agarda uning koʻylagi orqa tomondan yirtilgan boʻlsa, Zulayho yolg‘on aytgan boʻladi, u esa rostgoʻylardan boʻladi”, – dedi.
Zulayhoning eri uning koʻylagi orqa tomonidan yirtilganini koʻrgach: “Shubhasiz, bu siz ayollarning makrlaringizdir. Haqiqatan, sizlarning makringiz juda katta”, – dedi.
Alloh osmonlarni uni koʻrib turganingizdek ustunsiz koʻtarib qoʻygan, soʻngra Arshni egallagan hamda quyosh va oyni Oʻz amriga boʻysundirgan Zotdir. Har biri muayyan muddat boʻlgan qiyomat kunigacha yurib turadi. Alloh barcha ishning tadbirini qiladi va oyatlarni batafsil bayon qiladi. Shoyadki, sizlar qiyomat kunida Robbingizga roʻbaroʻ boʻlishga aniq ishonsangiz.
Endi sen kechaning bir qismida oilang bilan yoʻlga tush va oʻzing ularning ortidan yur. Sizlardan biror kishi orqasiga oʻgirilib qaramasin. Shu tariqa sizlar buyurilgan tomonga qarab ketaveringlar.
Biz Lutga sahar chog‘ida ana oʻsha kofirlarning keti qirqilib halok boʻlishi haqidagi mana shu hukmni bildirdik.
Shuningdek, Qurʼonni anglay olmasinlar, – deb ularning qalblariga toʻsiqlar va eshitmasliklari uchun quloqlariga og‘irlik qilib qoʻyamiz. Siz qachon Qurʼonda yolg‘iz Robbingizni zikr qilsangiz, mushriklar orqalariga burilib, qochib ketadilar.