Alloh nomiga qasamki, sizlar bu yerdan ortingizga qarab ketganingizdan keyin butlaringizga bir nayrang qilaman.
There are 44 verses derived from the masdar-o'zak د ب ر you searched for.
orqalariga, orqalari, o'ylamaydilarmi?, orqangizga, orqasi, ildizini, orqasini, orqalar(ingiz)ni, orqasini, va orqalariga
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Alloh nomiga qasamki, sizlar bu yerdan ortingizga qarab ketganingizdan keyin butlaringizga bir nayrang qilaman.
Axir, ular bu Qurʼon soʻzini tafakkur qilib koʻrmadilarmi yoki ularga avvalgi ota-bobolariga kelmagan narsa keldimi?!
Ey Muso, asongni tashla. Bas, qachonki, Muso asosining xuddi u ilondek harakat qilayotganini koʻrgach, ortiga qaramay qochdi. Shunda Biz unga: “Ey Muso, qoʻrqmagin! Zero, Mening huzurimda payg‘ambarlar qoʻrqmaydi”, – dedik.
Albatta, siz oʻz daʼvatingizni qalbi oʻliklarga eshittira olmaysiz. Hamda haqdan yuz oʻgirib ketayotgan karlarga ham chaqiriqni uqtira olmaysiz.
Asongni yerga tashla! Bas, qachonki, Muso uni ilondek qimirlayotganini koʻrgach, orqasiga qaramay qochdi. Unga: “Ey Muso, orqangga qayt va qoʻrqma, albatta, sen xavfdan omonda boʻlgan kishilardansan!” – deyildi.
Ey Rasulim, aniqki, siz oʻliklarga soʻzingizni anglata olmaysiz, ortlariga burilib ketayotgan karlarga ham daʼvatni eshittira olmaysiz.
U osmondan yergacha boʻlgan barcha ishni boshqarib turadi. Soʻngra bu ishlarning barchasi miqdori siz sanayotgan hisobda ming yilga teng boʻlgan kunda Uning Oʻziga koʻtariladi.
Holbuki, ular oldin jangda orqaga chekinmasliklari haqida Alloh bilan ahdlashgan edilar, Allohga berilgan ahd esa qiyomat kunida masʼuliyatdir.
Odamlar darhol undan yuz oʻgirib, ortga qarab ketdilar
Ey Muhammad, ushbu Qurʼon oyatlarini tafakkur qilishlari va aql egalari eslatma olishlari uchun Biz sizga nozil qilgan muborak kitobdir.
U kunda sizlar ortga qarab qochasizlar. Biroq sizlar uchun Allohning azobidan saqlab qoluvchi boʻlmaydi. Kimni Alloh zalolatga ketkazsa, bas, unga hidoyat qiluvchi boʻlmaydi.
Axir, ular Qurʼon oyatlari haqida fikr yuritmaydilarmi?! Yoki, qalblarida qulflari bormi?!
Chindan ham, oʻzlariga hidoyat yoʻli aniq boʻlganidan keyin yana ortlariga qaytib ketgan kimsalarga shayton bu ishlarni chiroyli qilib koʻrsatdi va ular uchun puch orzularni uzaytirib qoʻydi.
Bas, farishtalar ularning yuzlari va orqalariga urib, jonlarini olar vaqtida, hollari qanday boʻladi?!.
Agar kufr keltirgan kimsalar sulh tuzish oʻrniga sizlar bilan jang qilganlarida, albatta, ular ortlariga qarab qochgan boʻlar edilar. Soʻngra ular oʻzlariga doʻst ham yordamchi topa olmas edilar.
Yana kechaning bir qismida sajdalar ortidan Allohga tasbeh ayting.
Shuningdek, kechadan bir vaqt ajratib va yulduzlar botgach, saharda ham Unga tasbeh ayting.
Yaqinda oʻsha jamoat yengilib, ortlariga qarab qochib qoladilar.
Qasam boʻlsinki, agar yahudiylar oʻz diyorlaridan haydab chiqarilsalar, munofiqlar ular bilan birga aslo chiqib ketmaydilar. Qasam boʻlsinki, agar yahudiylarga qarshi jang qilinsa, munofiqlar ularga yordam ham bermaydilar. Bordi-yu yordam bersalar ham, albatta, yahudiylar mag‘lub boʻlib ortlariga qarab qochadilar va keyin ularga yordam berilmaydi.
U haq yoʻlidan yuz oʻgirib, teskari qarab ketganni oʻziga chaqiradi.