U munofiqlarning misoli xuddi tunda olov yoqqan odamga oʻxshaydi. Olov endi uning atrofini yorita boshlagach, Alloh birdan oʻtni oʻchirib, yorug‘ligini ketkazadi. Shundan soʻng ularni zulmatlarda hech narsani koʻrolmaydigan holatga tashlab qoʻyadi.
There are 56 verses derived from the masdar-o'zak ذ ه ب you searched for.
ketardi, albatta olib ketardi, ostidan, oltin, olib ketish uchun, sizni olib ketadi, keting, sizni uzoqlashtirar, va ketkazish uchun, va ketadi
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
U munofiqlarning misoli xuddi tunda olov yoqqan odamga oʻxshaydi. Olov endi uning atrofini yorita boshlagach, Alloh birdan oʻtni oʻchirib, yorug‘ligini ketkazadi. Shundan soʻng ularni zulmatlarda hech narsani koʻrolmaydigan holatga tashlab qoʻyadi.
Chaqmoq goʻyo munofiqlarning koʻzlarini olib qoʻygudek edi. Qachonki chaqmoq ularga bir dam atrofni yoritsa, u yerda biroz ildamlanishar, takror ularning tepalarini zulmat qoplasa, joylarida toʻxtab turishardi. Agar Alloh xohlasa edi ularning quloq va koʻzlarini chaqmoq tufayli yoʻq qilib ketkazib qoʻyar edi. Albatta, Alloh har narsaga kuchi yetadigan – Qodir Zotdir.
Odamlarga ayollar, farzandlar, uyum-uyum tillayu kumush, saman otlar, chorva va ekin-tikinlardan iborat narsalarga istak sevgisi chiroyli qilib koʻrsatildi. Ammo bular dunyo hayotining oʻtkinchi matohidir. Chiroyli qaytiladigan joy esa Allohning huzuridagi jannatdir.
Allohga kufr keltirgan va kofir holda oʻlib ketgan kimsalar oʻzlarini qutqarish uchun Yer yuzi toʻla oltinni fidya qilib toʻlab bersalar ham, aslo qabul qilinmaydi. Ana oʻshalarga alamli azob bordir. Hamda ular uchun azobdan qutqaruvchi yordamchilar boʻlmaydi.
Ey iymon keltirganlar, sizlarga ayollarni majburiy tarzda meros qilib olish halol boʻlmaydi. Guvohlar bilan isbotlangan buzuqlik qilmaganlari holda ularga bergan mahringizdan bir qismini qaytarib olish uchun ularni zoʻrlik bilan ushlab toʻsib turmanglar. Ular bilan chiroyli hayot kechiringlar. Agar ularni yoqtirmasangiz, shuni bilingki, balkim yomon koʻrgan narsangizda Alloh unda sizlar uchun koʻpgina yaxshilik paydo qilar.
Agar Alloh xohlasa edi, ey insonlar, sizlarni yoʻq qilib, oʻrningizga boshqalarni yaratib keltirardi. Alloh bularni qilishga qodir Zotdir.
Yana ular: “Ey Muso, modomiki ular u yerda bor ekan, biz hech qachon aslo u yerga kirmaymiz. Sen va Robbing borib, ular bilan jang qilaveringlar. Biz esa mana bu yerda kutib oʻtiruvchilarmiz”, – dedilar.
Robbingiz hech narsaga muhtoj boʻlmagan rahmat egasidir. Xuddi sizlarni boshqa qavmning zurriyotidan yaratganidek, istasa, sizlarni ham ketkazib, ortingizdan Oʻzi istagan boshqa qavmni oʻrinbosar qiladi.
Oʻsha payt sizlarni Oʻz huzuridan omonlik boʻlsin deb, yengil uyquga choʻmdirgan edi. Hamda u bilan sizlarni pokiza qilish, shaytonning nopokliklarini ketkazish, qalb rishtalaringizni oʻzaro bog‘lash va qadamlaringizni mustahkam qilish uchun osmondan suv yog‘dirganini eslanglar.
Allohga va Uning Rasuliga itoat qilinglar va oʻzaro ixtilofga tushib tortishmanglar. Aks holda, sustlashib, kuch-quvvatingiz ketib qoladi. Sabr-toqatli boʻlinglar, Albatta, Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir.
Shuningdek, kofirlardan aziyat chekkan qalblarining alamlarini ketkazadi. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
Ey iymon keltirganlar, shubhasiz, oʻsha yahudiy va nasroniylarning donishmand va rohiblaridan aksariyati odamlarning mollarini nohaq yoʻl bilan yeydilar. Hamda Allohning yoʻlidan kishilarni toʻsadilar. Ey Muhammad, oltin va kumushlarni yig‘ib, uni Alloh yoʻlida ehson qilmaydigan kimsalarga alamli azob borligi haqida xushxabar bering.
Agarda unga biror ziyon kelib ketgandan keyin yana neʼmatlarni tottirib qoʻysak: “Baribir mendan yomonliklar ketib boʻldi endi bunday boʻlmaydi”, – deb qoladi. Albatta, u inson mag‘rur va maqtanchoqdir.
Keyin Ibrohimdan qoʻrquv ketib, unga xushxabar kelgach, Biz bilan Lut qavmining halokati haqida bahslasha boshladi.
Kunduzning har ikki tarafida peshin va asr namozini va tunning bir boʻlagida bomdod, shom va xufton namozini oʻqing. Albatta, yaxshi ishlar gunohlarni ketkazadi. Mana bular yod etuvchilar uchun eslatmadir.
Shunda otalari Yaʼqub: “Uni oʻzingiz bilan olib ketishingiz meni juda tashvishlantiradi, sizlar undan bexabar qolgan paytingizda uni boʻri yeb ketishidan qoʻrqaman”, – dedi.
Bas, otalarini ishontirib uni olib ketishgach, uni quduqning qaʼriga tashlashga kelishib olishdi hamda Yusufni quduqqa tashlab yubordilar. Shu payt Biz unga: “Vaqti kelganda u akalaringga bu qilgan ishlari toʻg‘risida, albatta, xabar berasan. Lekin ular asl haqiqatni sezmaydilar”, – deb vahiy qildik.
Otalariga yolg‘ondan: “Ey otamiz, biz Yusufni narsalarimiz oldida qoldirib quvalashib ketgan edik, keyin uni boʻri yeb ketibdi. Agar rost gapirsak ham, baribir sen bizga ishonuvchi emassan”, – dedilar.
Ey oʻg‘illarim, boringlar, Yusuf va uning ukasi Binyaminni izlanglar va Allohning rahmatidan umidsiz boʻlmanglar. Zero, Allohning rahmatidan faqat kofir qavmlar noumid boʻladi.
Endi mana bu koʻylagimni olib Kanʼon yurtiga boring va qayg‘udan koʻr boʻlgan otamning yuziga tashlang, Allohning izni bilan yana koʻra boshlaydi. Barcha ahli oilangiz bilan yana huzurimga keling.