Iloh ekanligi haqida dalil tushirmagani holda Allohga sherik qilganlari sababli kofirlarning qalblariga qoʻrquv solamiz. Oqibatda ularning borar joylari jahannamdir, zolimlarning borar joylari naqadar yomon joydir!
There are 36 verses derived from the masdar-o'zak أ و ي you searched for.
va boradigan joylari ham, va yerni, boradigan joy, turari, yetib boradigan joyi, va uning yetib boradigan joyi, va uning joyi, (Alloh) sizni joylashtirdi, joylashtirildilar, va ularning yetib boradigan joyi
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Iloh ekanligi haqida dalil tushirmagani holda Allohga sherik qilganlari sababli kofirlarning qalblariga qoʻrquv solamiz. Oqibatda ularning borar joylari jahannamdir, zolimlarning borar joylari naqadar yomon joydir!
Allohning rizosiga ergashgan kishi, Allohning g‘azabiga duchor boʻlgan va borar joyi jahannam boʻlgan odamga oʻxsharmidi? G‘azabga duchor boʻlganning borar joyi naqadar yomon joydir.
Bular arzimas bir oʻtkinchi zavq xolos. Oxirida ularning boradigan joylari jahannamdir. U naqadar ham yomon makon!
Musulmonlar bilan Makkadan Madinaga koʻchib oʻtmay, kofirlar bilan qolib nafslariga zulm qilganlarning jonlarini olayotgan farishtalar: “Hijrat paytida nima holda edingizlar?” – deb aytadilar. Ular. “Yer yuzida ojizu notavon edik”, – deb javob beradilar. Shunda ular: “Nima, yoki unda boshqa yerlarga hijrat qilishingiz uchun Allohning Yeri keng emasmidi?” – deydilar. Itoatsizliklari tufayli ularning boradigan joylari jahannamdir. Jahannam naqadar yomon borar joydir.
Shaytonga boʻysungan ana shunday kimsalarning borar yeri jahannamdir. Undan qutulib qoladigan bir joy topa olmaydilar.
Alloh bu Maryam oʻg‘li Masihdir, degan kimsalar aniq kofir boʻldilar. Vaholanki, Masih ularga: “Ey bani Isroil avlodlari, mening ham Robbim sizlarning ham Robbingiz boʻlgan Allohga ibodat qilinglar”, – degan edi. Kimki Allohga shirk keltirsa, albatta, Alloh unga jannatni harom qilgandir va joyi doʻzaxdir. Zolimlar uchun azobdan qutqaruvchi yordamchilar yoʻqdir.
Kimki oʻsha kunda jang uchun usulni qoʻllab joyidan chetlangan yoki boshqa guruhga qoʻshilmoqchi boʻlgan holatdan tashqari ulardan orqa oʻgirib qochib ketsa, albatta, Allohdan boʻlgan g‘azab bilan qaytgan boʻladi. Uning joyi esa jahannamdir. U naqadar yomon borar joydir.
Sizlarni Makka yerida ozchilik va nochor ahvolda boʻlib, mushrik insonlarning mol-mulkingizni tortib olishlaridan qoʻrqib yurgan paytingizda sizlarga Madinadan joy berganini va Oʻz yordami bilan sizlarni qoʻllab-quvvatlaganini, shoyad, shukr qilasizlar deb, pokiza neʼmatlardan rizqlantirganini eslanglar.
Albatta, iymon keltirgan, Makkadan Madinaga koʻchib oʻtgan, Allohning yoʻlida mollari va jonlari bilan jiddu jahd qilganlar hamda joy berib, yordam koʻrsatganlar, ana oʻshalar bir-birlariga haqiqiy doʻstdirlar. Ammo iymon keltirgan, lekin hali hijrat qilmaganlarga esa, to hijrat qilmagunlaricha, ular bilan doʻstlik qilish sizlar uchun joiz emasdir. Agar ular sizlardan din ishlarida yordam soʻrasalar, siz bilan oʻrtalarida urishmaslik haqida ahdnoma bor qavm ziddiga boʻlmagani holda ularga yordam berishingiz kerak. Alloh nima qilayotganingizni koʻrib turuvchi – Basir Zotdir.
Iymon keltirgan, hijrat qilgan va Alloh yoʻlida dushmanga qarshi kurashganlar hamda muhojirlarga joy berib, yordam qilganlar, aynan oʻshalar haqiqiy moʻmin kimsalardir. Ular uchun Allohdan mag‘firat va keng rizq bordir.
Ey Nabiy, kofirlar va munofiqlarga qarshi kurashing va ularga qattiqqoʻl boʻling. Ularning borar joyi jahannamdir. U naqadar yomon borar joydir.
Sizlar jangdan g‘olib boʻlib ularning oldiga qaytib, kelganingizda, ularni jazolashdan toʻxtab, qoʻyib yuborishingiz uchun Alloh nomi bilan qasam ichadilar. Mayli, ulardan yuz oʻgiring. Chunki ular niyatlari va xatti-harakatlari jihatidan pokiza emasdirlar. Qilgan yomon ishlarining jazosi sifatida joylari doʻzax boʻladi.
Qilmishlari tufayli ana oʻshalarning joylari doʻzaxdir.
Oʻg‘li otasiga: “Meni suvdan saqlab qoladigan biror toqqa chiqib panoh topaman”, – dedi. Shunda Nuh: “Bugun Uning Oʻzi rahm qilganidan boshqa Allohning amridan saqlab qoluvchi hech qanday kuch yoʻqdir”, – dedi. Shu payt ikkisining oʻrtasiga toʻlqin kirib toʻsdi va oʻg‘li g‘arq qilinganlardan boʻldi.
Shunda Lut: “Koshki, sizlarga qarshi kuchim yetsa yoki bir mustahkam suyanchiqqa suyana olsam!” – dedi.
Ular shaharga yetib kelib Yusufning huzuriga kirganlarida, u ukasi Binyaminni oʻziga tortib: “Men sening akang Yusufman, endi akalaring qilayotgan narsalaridan g‘amgin boʻlmagin”, – dedi.
Bas, qachonki manzilga yetib Yusufning huzuridagi chodirga kirganlarida, u oʻzini ota-onasining quchog‘iga otdi va: “Allohning xohishi bilan Misrga omonlikda kiringlar”, – dedi.
Robbilarining chaqirig‘iga labbay deb javob bergan kimsalar uchun goʻzal mukofot boʻlgan jannat bordir. Biroq Unga ijobat qilmaganlar esa, bordi-yu Yer yuzidagi barcha narsa hatto, u yana ikki barobar koʻpayib ularniki boʻlsa, uni Allohning azobidan qutulish uchun fido qilgan boʻlar edilar. Ular uchun hisob-kitobning yomoni boʻladi. Borar joylari jahannamdir va u naqadar yomon joydir.
Alloh kimni hidoyat qilsa, bas, oʻsha hidoyat topuvchidir. Kimni yoʻldan adashtirsa, bas, ular uchun Undan oʻzga doʻstlarni topa olmaysiz. Ularni qiyomat kunida yuztuban hollarida koʻr, soqov va kar qilib tiriltiramiz. Ularning borar joylari jahannamdir. Agar qachon uning olovi soʻnadigan boʻlsa, yana ularga lovullagan olovni koʻpaytiraveramiz.
Qachonki, yigitlar g‘orga panoh istab borib: “Ey Robbimiz, bizlarga Oʻz huzuringdan rahmat ato etgin va maqsadimizga erishishimiz uchun bu ishimizni bizlarga oson qilgin”, – dedilar.