U sizlarga Oʻzining borligi va birligiga dalolat qiluvchi alomatlarini koʻrsatadi va sizlarga osmondan rizq yog‘diradi. Lekin bu alomatlardan faqat Allohga koʻp tavba qiladigan kishilargina eslatma oladi.
There are 382 verses derived from the masdar-o'zak أ ي ي you searched for.
oyatlarimizni, mening oyatlarimni, oyatlarini, oyatlar, oyatni, bir oyat (mo''jiza), oyatlarni, sening oyatlaringni, albatta dalillar bor, oyatlardan
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
U sizlarga Oʻzining borligi va birligiga dalolat qiluvchi alomatlarini koʻrsatadi va sizlarga osmondan rizq yog‘diradi. Lekin bu alomatlardan faqat Allohga koʻp tavba qiladigan kishilargina eslatma oladi.
Biz Musoni, moʻʼjizalarimiz va ochiq-oydin hujjat bilan yubordik.
Allohning oyatlari haqida oʻzlariga kelgan biror dalilsiz tortishadigan kimsalar Alloh nazdida ham, iymon keltirgan zotlar nazdida ham qattiq nafratga qoladilar. Alloh har bir mutakabbir va zoʻravonning qalbini mana shunday muhrlab qoʻyadi.
Albatta, Allohning oyatlari haqida oʻzlariga kelgan biror hujjatsiz tortishadigan kimsalarning koʻngillarida kibr bor. Ular oʻzlari orzu qilgan bu kibrlariga yetishuvchi emaslar. Bas, siz Allohdan panoh soʻrang. Albatta, U hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va boʻlayotgan ishlarni koʻrib turuvchi – Basir Zotdir.
Allohning oyatlarini inkor qiluvchi kimsalar mana shunday toʻg‘ri yoʻldan burilib ketadilar.
Allohning oyatlari haqida tortishadigan kimsalarni koʻrmadingizmi? Ular qayoqqa burilib ketmoqdalar?!
Biz sizdan oldin ham koʻplab payg‘ambarlarni yuborganmiz. Ulardan sizga qissasini aytib berganimiz ham, yana ulardan sizga qissasini aytib bermaganimiz ham bordir. Hech bir payg‘ambarga Allohning iznisiz biror moʻʼjiza keltirish mumkin boʻlmaydi. Bas, qachonki, Allohning amri kelganda, haq bilan hukm chiqariladi va oʻshanda botil ish qilib yuruvchilar ziyon koʻradilar.
Alloh sizlarga Oʻz oyatlarini koʻrsatadi. Bas, sizlar Allohning qaysi oyatlarini inkor qilasizlar?!
Alloh sizlarga Oʻz oyatlarini koʻrsatadi. Bas, sizlar Allohning qaysi oyatlarini inkor qilasizlar?!
U haqiqatni biladigan qavm uchun arabiy Qurʼon holida nozil qilinib, oyatlari mufassal bayon qilingan kitobdir.
Bas, Od qavmi yer yuzida nohaq kibrlanib: “Dunyoda bizdan ham quvvatliroq kim bor?” – dedi. Axir, ularni yaratgan Alloh kuch-qudratda ulardan quvvatliroq ekanini bilmadilarmi?! Ular Bizning oyatlarimizni inkor qilar edilar.
Bu azob Alloh dushmanlarining jazosi boʻlgan doʻzaxdir. Oyatlarimizni inkor qilganlarining jazosi sifatida ularga u yerda mangulik diyori bordir.
Kecha va kunduz, quyosh va oy Uning ibratli alomatlaridandir. Agar sizlar yolg‘iz Allohga ibodat qiluvchi boʻlsangizlar, quyoshga ham, oyga ham sajda qilmanglar, balki ularni yaratgan Zot – Allohga sajda qilinglar.
Uning qudratiga dalolat qiluvchi alomatlaridan biri yerni suvsizlikdan qaqragan holda koʻrishingizdir. Bas, qachonki, Biz uning ustiga osmonda suv yog‘dirsak, u harakatga keladi va oʻsadi. Albatta, oʻsha yerni tiriltirgan Zot oʻliklarni ham tiriltira oluvchidir. Shubhasiz, U har bir narsaga qodirdir.
Albatta, oyatlarimiz haqida ularni buzmoqchi boʻlib, egrilik qiladiganlar Bizga maxfiy boʻlib qolmaydilar. Axir, doʻzaxga tashlanadigan kimsa yaxshiroqmi yoki qiyomat kunida Allohning azobidan xotirjam holda keladigan kishimi?! Ey odamlar, mana sizlarga ikki yoʻl. Xohlagan narsangizni qilaveringlar, albatta, U qilayotgan ishlaringizni koʻrib turuvchidir.
Bordi-yu Biz uni arab tilida boʻlmagan ajamiy bir Qurʼon qilganimizda, albatta, ular: “Uning oyatlari oʻz tilimizda mufassal bayon qilinganida edi. Arabiy tilda soʻzlovchiga ajamiy kitob tushadimi?” – degan boʻlar edilar. Ey Muhammad, ularga: “Bu Qurʼon iymon keltirgan kimsalar uchun hidoyat va shifo manbaidir. Iymon keltirmaydigan kimsalarning esa, quloqlarida og‘irlik bor va bu Qurʼon ularga maʼnan koʻrlik omili boʻladi. Ular xuddi uzoq makondan chaqirilayotgan odamlardek”, – deb ayting.
Ularga Qurʼon Alloh tomonidan nozil qilingan haq kitob ekanligi maʼlum boʻlgunicha, Biz ularga atrofda va oʻzlaridagi qudratimizga dalolat qiladigan oyatlarimizni yaqinda koʻrsatamiz. Axir ularga Robbingizning, albatta, U barcha narsaga guvoh ekani kifoya qilmaydimi?!
Osmonlar va Yerning yaratilishi hamda ularda turli jonzotlarni taratib qoʻyishi Uning alomatlaridandir. U Oʻzi xohlagan vaqtida ularni yig‘ib olishga kuchi yetuvchidir.
Dengizdagi tog‘lardek suzib yuruvchi ulkan kemalar ham Uning alomatlaridandir.
Agar Alloh xohlasa, shamolni toʻxtatib qoʻyadi, bas, kemalar u dengizning ustida turib qoladilar. Albatta, bunda har bir musibatga sabr qiluvchi va Allohning neʼmatlariga shukr qiluvchilar uchun ibratlar bordir.