Ey Makka ahli, Biz sizlarning atrofingizdagi qishloq va shaharlarni halok qildik. Biz ularga shoyad toʻg‘ri yoʻlga qaytsalar, deb oyatlarni batafsil bayon qilgan edik.
There are 382 verses derived from the masdar-o'zak أ ي ي you searched for.
oyatlarimizni, mening oyatlarimni, oyatlarini, oyatlar, oyatni, bir oyat (mo''jiza), oyatlarni, sening oyatlaringni, albatta dalillar bor, oyatlardan
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ey Makka ahli, Biz sizlarning atrofingizdagi qishloq va shaharlarni halok qildik. Biz ularga shoyad toʻg‘ri yoʻlga qaytsalar, deb oyatlarni batafsil bayon qilgan edik.
Ey moʻminlar, Alloh sizlarga oʻzingiz oladigan koʻpgina oʻljalarni vaʼda qildi. Mana bu Xaybar jangidagi oʻljalarni esa tezlatib berdi va dushman odamlarning qoʻllarini sizlarga ziyon berishdan toʻsib qoʻydi. Boʻlib oʻtgan voqealar moʻminlarga ibrat boʻlishi va Alloh sizlarni toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qilishi uchundur.
Ey insonlar, yer yuzida ishonuvchilar uchun koʻplab ibratlar bordir.
Biz kofirlarni halok qilganimizdan soʻng alamli azobdan qoʻrqadigan kimsalarning ibrat olishlari uchun u joyda belgi qoldirdik.
Darhaqiqat, u oʻsha payt Robbisining qudratiga dalolat qiluvchi buyuk alomatlarni koʻrdi.
Agar Quraysh kofirlari yana biror moʻʼjiza koʻrsalar, yuz oʻgiradilar va: “Bu davom etayotgan sehr-ku!” deydilar.
Biz toʻfon asoratini bir belgi qilib qoldirdik. Bas, bulardan eslatma oluvchi bormi?!
Ular moʻʼjizalarimizni inkor qilganlaridan soʻng, Biz ularni kuchli va qudratli Zotning ushlashi bilan ushlab dengizga g‘arq qildik.
U Oʻz bandasi Muhammadga sizlarni jaholat zulmatlaridan iymon nuriga olib chiqishi uchun aniq oyatlarni nozil qiladigan Zotdir. Shubhasiz, Alloh bandalariga shafqatli – Raʼuf va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Ey moʻminlar, bilinglarki, albatta, Alloh suvsizlikdan qaqrab yotgan yerni oʻlimidan keyin tiriltiradi. Aql yuritishingiz uchun sizlarga qudratimizga dalolat qiladigan oyatlarni batafsil bayon qildik.
Allohga va Uning rasullariga iymon keltirgan kishilar – ana oʻshalar siddiqlardir va Robblari huzuridagi shohidlardir. Ular uchun oxiratda mukofotlari va yoʻllarini yorituvchi nurlari boʻladi. Kufr keltirgan va oyatlarimizni yolg‘onga chiqargan kimsalar esa – ular doʻzax egalaridir.
Albatta, Alloh va Uning payg‘ambariga qarshilik qiluvchi kimsalar xuddi oʻzlaridan avvalgilar halok qilingani kabi halok qilinadilar. Darvoqe, Biz aniq oyatlarni nozil qildik. Ularni inkor qiluvchi kofirlarga xor qiluvchi azob bordir.
U Zot omiy kishilar orasiga oʻzlaridan boʻlgan, ularga Uning oyatlarini tilovat qiladigan, ularni shirk va kufrdan poklaydigan hamda ularga kitob va hikmatni oʻrgatadigan bir payg‘ambarni yuborgan Zotdir. Haqiqatan, ular payg‘ambar kelishidan oldin ochiq-oydin zalolatda edilar.
Tavrot yuklatilgan, soʻngra unga amal qilmay koʻtara olmagan kimsalarning misoli xuddi kitoblarni koʻtarib ketayotgan eshakka oʻxshaydi. Allohning oyatlarini yolg‘onga chiqargan qavmning misoli naqadar yomondir. Alloh zolimlar qavmini hidoyat qilmaydi.
Kufr keltirgan va oyatlarimizni inkor qilgan kimsalar – ana oʻshalar doʻzax ahli boʻlib, u yerda mangu qoluvchidirlar. U qanday ham yomon borar joydir.
Iymon keltirgan va solih amallarni qilgan kimsalarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun sizlarga Allohning bayon qiluvchi oyatlarini tilovat qiladigan payg‘ambarni yubordi. Kimki Allohga iymon keltirsa va yaxshi amallar qilsa, Alloh uni tagidan anhorlar oqib turadigan hamda abadiy qolinadigan jannatlarga kiritadi. Haqiqatan, Alloh uning uchun goʻzal jannatning tuganmas rizqini ato qilgandir.
Qachonki, unga oyatlarimiz tilovat qilinsa: “Bular avvalgilarning afsonalari-ku!” – deydi.
Yoʻq, uning tamasi behudadir. Chunki, u oyatlarimizga qarshilik qiluvchi edi.
Oyatlarimizni butunlay yolg‘onga chiqargan edilar.
Soʻng Muso unga katta bir moʻʼjiza koʻrsatdi.