Oyatlarimiz haqida tortishadigan kimsalar oʻzlari uchun Allohning azobidan qochib qutuladigan joy yoʻq ekanini bilib olsinlar!
There are 382 verses derived from the masdar-o'zak أ ي ي you searched for.
oyatlarimizni, mening oyatlarimni, oyatlarini, oyatlar, oyatni, bir oyat (mo''jiza), oyatlarni, sening oyatlaringni, albatta dalillar bor, oyatlardan
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Oyatlarimiz haqida tortishadigan kimsalar oʻzlari uchun Allohning azobidan qochib qutuladigan joy yoʻq ekanini bilib olsinlar!
Biz Musoni moʻʼjizalarimiz bilan firʼavn va uning zodagonlariga payg‘ambar qilib yubordik. Bas, Muso: “Men barcha olamlar Robbisining payg‘ambariman”, – dedi.
Bas, qachonki, Muso moʻʼjizalarimiz bilan ularga kelganida, ular birdaniga bu moʻʼjizalardan kula boshladilar.
Biz ularga qaysi bir moʻʼjizani koʻrsatsak, albatta, u oʻzidan oldingi sherigidan kattaroq boʻlar edi. Shoyad kufrdan iymonga qaytsalar, deb ularni azobga tutdik.
Sizlar oyatlarimizga iymon keltirgan va musulmonlardan boʻlgansiz.
Yana ularga turli moʻʼjizalardan tafakkur qilishlari uchun unda aniq sinov bor narsalarni berdik.
Haqiqatan, osmonlar va Yerda moʻminlar uchun Allohga dalolat qiladigan koʻplab alomatlar bordir.
Hamda sizlarning yaratilishingizda va Alloh yer yuziga tarqatib yuborgan jonivorlardan iborat narsalarda ham aniq ishonadigan qavm uchun ibratli alomatlar bordir.
Yana kecha va kunduzning almashib turishida va Alloh osmondan rizq tushirib, u sababli suvsizlikdan qaqrab yotgan yerning oʻlimidan keyin tiriltirishida va shamollarning yoʻnalishida aql yuritadigan qavmlar uchun alomatlar bor.
Ey Muhammad, bular Allohning oyatlari boʻlib, ularni sizga haq bilan tilovat qilib beryapmiz. Bas, kofirlar Alloh va Uning oyatlarini qoʻyib, qaysi soʻzga iymon keltirmoqdalar?!
Ey Muhammad, bular Allohning oyatlari boʻlib, ularni sizga haq bilan tilovat qilib beryapmiz. Bas, kofirlar Alloh va Uning oyatlarini qoʻyib, qaysi soʻzga iymon keltirmoqdalar?!
U oʻziga tilovat qilinayotgan Alloh oyatlarini eshitadi, keyin xuddi ularni eshitmagandek, kibrlangan holda yana kufrda davom etadi. Bas, ey Muhammad, unga alamli azob borligi haqida xushxabar bering.
Qachonki, oyatlarimizdan biror narsani bilib olsa, uni masxara qiladi. Ana oʻshalarga xorlovchi azob bordir.
Mana bu Qurʼon hidoyat manbaidir. Robbilarining oyatlariga kufr keltirgan kimsalar uchun esa qaqshatqich alamdan iborat azob bordir.
U Oʻz tomonidan sizlarga osmonlardagi va Yerdagi barcha narsalarni boʻysundirib qoʻydi. Albatta, bularda tafakkur qiladigan qavmlar uchun ibratli alomatlar bordir.
Qachon ularga qayta tirilish toʻg‘risidagi oyatlarimiz bayon etuvchi holida tilovat qilinsa, ularning Bizga qarshi behuda hujjatlari faqat: “Agar rostgoʻy boʻlsangiz, ota-bobolarimizni tiriltirib keltiringlar-chi”, – deyishlarigina boʻladi.
Ammo kufr keltirgan kimsalarga: “Axir, sizlarga dunyoda ekaligingizda oyatlarim tilovat qilinmaganmi?! Bas, sizlar kibrlandingiz va gunohkor qavmlardan boʻldingiz”, – deyiladi.
Bunday boʻlishingiz, albatta, siz Allohning oyatlarini ermak qilganingiz va sizni dunyo hayoti aldab qoʻygani uchundir. Bas, ular bugun bu doʻzaxdan chiqarilmaydilar va ularga yaxshi amallarga qaytish uchun imkoniyat ham berilmaydi.
Qachon ularga oyatlarimiz bayon etuvchi holida tilovat qilinsa, kufr keltirgan kimsalar haq Qurʼon toʻg‘risida u oʻzlariga kelgan paytda: “Bu aniq sehrdir”, – dedilar.
Ey Makka ahli, holbuki, Biz boylik va quvvat jihatidan sizlarga bermagan imkonlarni ularga bergan edik. Ularga puxta eshituvchi quloqlar, teran koʻzlar va dillarni ato qilgan edik. Lekin ular Allohning oyatlarini inkor etganlari uchun ularga quloqlari ham koʻzlari ham, dillari ham biror foyda bermadi va ularni oʻzlari masxara qilib yurgan narsalari oʻrab oldi.