Uylaringizda Allohning tilovat qilinadigan oyatlari va hikmatni zikr qilinglar. Albatta, Alloh nozik narsalarni koʻra oluvchi – Latif va barcha ishlardan xabardor boʻlgan – Xobir Zotdir.
There are 382 verses derived from the masdar-o'zak أ ي ي you searched for.
oyatlarimizni, mening oyatlarimni, oyatlarini, oyatlar, oyatni, bir oyat (mo''jiza), oyatlarni, sening oyatlaringni, albatta dalillar bor, oyatlardan
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Uylaringizda Allohning tilovat qilinadigan oyatlari va hikmatni zikr qilinglar. Albatta, Alloh nozik narsalarni koʻra oluvchi – Latif va barcha ishlardan xabardor boʻlgan – Xobir Zotdir.
Bizning oyatlarimizga qarshi ojiz qoldiruvchi boʻlish uchun harakat qilgan kimsalar uchun esa alamli jazodan iborat azob bordir.
Axir ular osmon va yerdagi narsalarga, oldilaridagi va ortlaridagi narsalarga nazar solmaydilarmi?! Agar Biz xohlasak, ularni yerga yuttirib yuboramiz yoki ustilariga osmondan parchalar tashlab yuboramiz. Albatta, bunda Allohga tavba qilib qaytuvchi har bir banda uchun dalolat bordir.
Sabaʼ qabilasi uchun oʻz maskanlarida Allohning fazliga doir bir dalil bor edi – oʻng tomondan ham, chap tomondan ham ikki bog‘ boʻlib, Biz ularga: “Robbingizning rizqidan yeb-ichinglar va Unga shukr qilinglar. Chiroyli shahringiz va mag‘firatli Robbingiz bor”, – degan edik.
Ular esa shuncha neʼmatlarga noshukrlik qilib: “Ey Robbimiz, safarlarimiz orasidagi masofani ulardan yiroq qil”, – deb, oʻzlariga zulm qildilar, bas, Biz ularni odamlar og‘zidagi hikoyalarga aylantirib qoʻydik va ularni butunlay ezib tashladik. Albatta, bu hodisalarda har bir sabrli va shukr qiluvchi kimsalar uchun alomatlar bordir.
Bizning oyatlarimizni ojiz qoldirish harakatida yuradigan kimsalar esa – ana ular azobga hozir qilinuvchilardir.
Qachonki, ularga oyatlarimiz ravshan holda tilovat qilinsa, ular: “Bu Muhammad faqat sizlarni ota-bobolaringiz ibodat qilib oʻtgan narsalardan toʻsishni xohlaydigan kimsadir”, – deydilar. Buning ustiga yana: “Bu Qurʼon faqat toʻqilgan bir uydirmadir”, – deydilar. Kufr keltirgan kimsalar oʻzlariga haq boʻlgan Qurʼon kelgan paytda: “Bu kitob aniq bir sehrdan iboratdir”, – deydilar.
Oʻlik yer ular uchun qiyomatda qayta tirilishga bir alomatdir, Biz uni suv bilan tiriltirdik va undan turli donlarni undirib chiqardik. Bas, ular u donlardan yeydilar.
Tun ham ular uchun qudratimizni koʻrsatib turgan bir alomatdir. Undan kunduzni sug‘urib olishimiz bilan birdaniga ular zulmatda qoladilar.
Biz ularning zurriyotlarini Nuh payg‘ambar yasagan ichi toʻla kemada koʻtarganimiz va toʻfon balosidan qutqarganimiz ular uchun qudratimizdan yana bir alomatdir.
Agar ularga Robbilarining oyatlaridan biror oyat kelsa, faqat undan yuz oʻgiruvchi boʻladilar.
Agar ularga Robbilarining oyatlaridan biror oyat kelsa, faqat undan yuz oʻgiruvchi boʻladilar.
Sizning haq payg‘ambar ekanligingizga dalolat qiladigan biror belgi koʻrsalar, iymon keltirish oʻrniga yanada qattiqroq masxara qiladilar.
Ey Muhammad, ushbu Qurʼon oyatlarini tafakkur qilishlari va aql egalari eslatma olishlari uchun Biz sizga nozil qilgan muborak kitobdir.
Alloh jonlarni oʻlimi vaqtida, oʻlmaganlarini esa uyqusi vaqtida oladi. Bas, oʻlimga hukm qilgan jonlarni qaytarmay ushlab qoladi, qolganlarini esa belgilangan bir muddatgacha qoʻyib yuboradi. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun ibratlar bordir.
Axir, ular Alloh Oʻzi xohlagan kishining rizqini keng qilishini va xohlagan kishining rizqini tor qilishini bilmadilarmi?! Albatta, bunda iymon keltiradigan qavmlar uchun ibratlar bordir.
Yoʻq, ey nafs senga Mening oyatlarim kelganida, sen ularni yolg‘onga chiqarding va kibrlanib, kofirlardan boʻlgan eding!
Osmonlar va Yerning kalitlari Unikidir. Allohning oyatlariga kufr keltirgan kimsalar – ana oʻshalargina oxiratda ziyon koʻruvchilardir.
Kufr keltirgan kimsalar guruh-guruh qilinib, jahannamga haydaladi. Unga yetib kelgan paytlarida uning eshiklari ochiladi va jahannam qoʻriqchilari ularga: “Sizlarga ichingizdan Robbingizning oyatlarini tilovat qilib beradigan va sizlarni ushbu kuningizga roʻbaroʻ boʻlishdan ogohlantiradigan payg‘ambarlar kelmaganmidi?!” – deydilar. Ular: “Ha, kelganlar, lekin azoblash soʻzi kofirlar ustiga muqarrar boʻlgandir”, – deydilar.
Allohning oyatlari haqida faqat kufr keltirgan kimsalar tortishadilar. Bas, ularning shaharlarda aylanib yurishlari sizni aldab qoʻymasin.