Haq ekanligida unda hech qanday shubha boʻlmagan ushbu kitob, Allohdan qoʻrquvchi taqvodor kimsalar uchun toʻg‘ri yoʻlga boshlovchi hidoyat manbaidir.
There are 36 verses derived from the masdar-o'zak ر ي ب you searched for.
hech shubha, shubha, shubhalanmasligingiz uchun, aslo shubha bo'lmagan, hech shubha bo'lmagan, shubhalansangiz, shubha bo'lmagan, va shubhaga tushgan, shubhalari, bir shubha bo'lishdan
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Haq ekanligida unda hech qanday shubha boʻlmagan ushbu kitob, Allohdan qoʻrquvchi taqvodor kimsalar uchun toʻg‘ri yoʻlga boshlovchi hidoyat manbaidir.
Agar qulimiz Muhammadga Biz nozil qilgan Qurʼondan gumonda boʻlsangiz, qani, unda siz ham unga oʻxshash biror bir sura keltirib koʻring. Buning uchun Allohdan oʻzga shohidlaringizni ham yordamga chaqiraveringlar. Agar chindan ham rostgoʻylardan boʻlsangiz, shunday qilib koʻringlar-chi?!
Ey moʻminlar, maʼlum bir muddatga bir-birlaringiz bilan qarz oldi-berdi muomalasini qilsangiz, uni yozib qoʻyinglar. Oralaringizdagi bir kotib adolat bilan toʻg‘ri qilib yozsin. Hech qaysi bir kotib Alloh bildirganidek yozishdan bosh tortmasin, qanday boʻlsa, shunday yozsin. Zimmasida qarzi boʻlgan kishi aytib turib yozdirsin hamda Robbisi boʻlgan Allohdan qoʻrqsin va olgan qarzidan biror narsa kamaytirib yozdirmasin. Bordi-yu boʻynida qarzi boʻlgan odam aqli noraso, yosh yoki juda keksaligi bois ojiz hamda karligi, soqovligi va til bilmasligi tufayli aytib turishga qodir boʻlmasa, u holda uning vakili adolat bilan aytib tursin. Shuningdek, erkaklaringizdan ikki kishini guvoh qilinglar. Agarda ikki erkak boʻlmasa, sizlar rozi boʻladigan guvohlardan bir erkak kishi va ikki ayolni guvoh qilinglarki, biri unutib adashganda ikkinchisi eslatib turadi. Guvohlar guvohlik uchun chaqirilganda kelishdan bosh tortmasinlar. Qarz xoh katta boʻlsin, xoh kichik boʻlsin muddatigacha yozib qoʻyishdan erinmanglar. Mana shu Alloh nazdida eng adolatli, shohidlik uchun eng durust va gumon qilmaslik uchun eng yaqin boʻlgan hukmdir. Lekin oralaringizda aylantirib turgan naqd savdo muomalangiz boʻlsa, uni yozmaslikda sizlarga gunoh boʻlmaydi. Oʻzaro oldi-berdi qilganingizda ham guvoh keltiringlar. Agar xarajatlari boʻlsa, yozgan odam ham, guvoh ham zarar qilmasinlar. Agar ularga zarar qilsangiz, shubhasiz, bu sizning fosiqligingizdir. Allohdan qoʻrqinglar, Alloh sizlarga shu tariqa taʼlim beradi. Alloh barcha narsani biluvchi Zotdir.
Ey Robbimiz, Sen insonlarni unda hech shubha boʻlmagan qiyomat kunida bir joyga yig‘uvchi Zotsan. Albatta, Alloh vaʼdasiga xilof qilmaydi.
Haq ekanligiga unda hech qanday shubha boʻlmagan qiyomat kunida ularni toʻplaganimizda va hech bir nafsga zulm qilinmay qilgan ishiga yarasha toʻliq jazo va mukofot berilganda, hollari qanday kechar ekan?!
Allohdan oʻzga hech qanday iloh yoʻqdir, faqatgina Uning Oʻzi bordir. U sizlarni barchangizni hech shak-shubhasiz, boʻladigan qiyomat kunida toʻplaydi. Kim ham Allohdan koʻra toʻg‘risoʻzroqdir?!
Ey iymon keltirganlar, agar sizlardan biringizga oʻlim holati yaqinlashib qolsa, vasiyat chog‘ida orangizdan ikki nafar adolatli kishini guvoh qilinglar. Agarda boshqa yerlarda safarda boʻlib oʻlim musibati sizlarga yetib qolsa, unda, oʻzingizdan boʻlmagan boshqa ikki nafar kimsani guvoh qilinglar. U ikki guvohni namozdan keyin ushlab turasizlar. Agarda ular haqida gumon qilsangizlar, unda ular: “Qarindosh boʻlsa ham, u qasamni arzimas bahoga sotmaymiz. Allohning guvohligini yashirmaymiz. Agar bunday qilsak, bizlar, albatta, gunohkorlardan boʻlib qolamiz”, – deb Alloh nomiga qasam ichsinlar.
Ey Rasulim, ularga: “Osmonlar va Yer yuzidagi barcha narsa kimning mulkidir?” – deb ayting. Keyin esa: “Barchasi Allohnikidir”, – deng. Alloh Oʻziga maxluqotlari uchun marhamat qilishni yozdi. U sizlarni shak-shubhasiz boʻladigan qiyomat kunida toʻplaydi. Faqat oʻzlariga ziyon qilgan kimsalar iymon keltirmaydilar.
Faqatgina Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan va koʻngillari gumonda boʻlganlargina sizdan jangga bormaslik uchun izn soʻraydilar. Chunki ular oʻz gumonlarida doimo ikkilanib yuradilar.
Faqatgina Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan va koʻngillari gumonda boʻlganlargina sizdan jangga bormaslik uchun izn soʻraydilar. Chunki ular oʻz gumonlarida doimo ikkilanib yuradilar.
Qurgan binolari buzilib, oʻlim shiddati bilan to yuraklari yorilgungacha qalblarida gumonda boʻlib qolaveradi. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
Ushbu Qurʼon Allohdan boshqa kimdir tarafidan toʻqib chiqarilgan boʻlishi mumkin emas. Balki u butun olamlar Robbisi tomonidan nozil qilingan, haqligida unda hech qanday shubha boʻlmagan va oʻzidan oldingi ilohiy kitoblarni tasdiqlovchi hamda batafsil bayon etilgan kitobdir.
Qavm Solihga: “Ey Solih, bundan oldin oramizda qandaydir umid qilinadigan kishi eding. Endi bizni bobolarimiz sig‘inadigan narsalarga ibodat qilishimizdan qaytarasanmi? Albatta, biz sen daʼvat qilayotgan narsalardan shubhadamiz”, – dedilar.
Darhaqiqat, Biz Musoga ham kitob bergan edik. Bas, u haqda ixtilof qilindi. Agar Robbingizdan qiyomatgacha muhlat haqidagi soʻz oʻtmaganda edi, ularning oralarida shu dunyoning oʻzida hukm qilinar edi. Albatta, u mushriklar u haqda shubha beruvchi gumondalar.
Yoki sizlarga oʻzingizdan oldin oʻtgan Nuh, Od, Samud va ulardan keyin oʻtgan, qavmlarning xabari kelmadimi? Ularning holatlarini va sanog‘ini yolg‘iz Allohning Oʻzi biladi. Ularga payg‘ambarlari aniq dalillar bilan kelganlarida, ular qoʻllari bilan payg‘ambarlarning og‘izlarini toʻsib: “Biz sizlar unga elchi qilib yuborilgan dinni inkor qildik. Biz, albatta, sizlar bizni daʼvat qilayotgan diningizdan shubhadamiz”, – dedilar.
Axir, ular osmonlar va Yerni yaratgan Alloh ularning mislini ham yaratishga qodir ekanini koʻra bilmaydilarmi?! Alloh ular uchun, shubha boʻlmagan bir muddatni belgilab qoʻygan. Bas, lekin zolimlar kufrdan boshqasini tanlamadilar.
Shunday qilib, ularga Allohning qayta tiriltirish haqidagi vaʼdasi haq ekanini va qiyomat soatining kelishi, shubhasiz ekanini bilishlari uchun g‘or egalari voqeasidan odamlarni xabardor qildik. Ular vafot etgan paytda odamlar oʻzaro ularning ishlari haqida tortisha boshladilar. Baʼzi kishilar: “Bas, ularning ustiga xotira uchun binolar quringlar. Robbilari ularni yaxshi biluvchidir”, – dedilar. Ishlari yuzasidan ularga ustun kelganlari esa: “Aksincha, biz, albatta, ularning ustiga bir masjid qurib olamiz”, – dedilar.
Ey insonlar, agar sizlar qayta tirilishdan shubhada boʻlsangizlar, unda qarang, Biz sizlarga Allohning qudratini bayon qilish uchun sizlarning otangiz Odamni tuproqdan, soʻngra Odam naslini maniydan, soʻngra laxta qondan, soʻngra shakllanib bitgan va bitmagan bir parcha goʻshtdan yaratdik. Biz sizlarni xohlaganimizcha muayyan vaqtga bachadonlarda qoldirib, keyin chaqaloq holingizda dunyoga chiqaramiz, soʻngra voyaga yetguningizgacha parvarish qilamiz. Sizlardan goʻdaklik va yoshlikda vafot etadiganlar va yana sizlardan koʻp narsa bilganidan keyin qarib hech narsani bilmay qoladigan darajada nochor umrga yetib keladiganlar ham bor. Yerni suvsiz qaqrab yotgan holda koʻrasiz, agar qachon unga osmondan suv yog‘dirsak, u harakatga kelib koʻpchiydi. Keyin har xil goʻzal oʻsimlik juftlarini undirib chiqaradi.
Albatta, qiyomat soati, shubhasiz, keluvchidir va albatta, Alloh qabrdagilarning barchasini tiriltiradi.
Ularning qalblarida kasallik bormi yoki Muhammadning haq payg‘ambar ekanligidan shubhalandilarmi yoxud Alloh va Rasuli ularga adolatsizlik qilishidan qoʻrqadilarmi?! Aksincha, ularning oʻzlari zolimlardir.