Ey Rasulim, yana ularga Ibrohimning mehmonlari haqida ham xabar bering.
There are 69 verses derived from the masdar-o'zak إِبْرَاهِيم you searched for.
Ibrohimni, Ibrohimning, Ibrohimga, Ibrohim, Ibrohim bilan, Ibrohim, va Ibrohim(ni yubordik), va Ibrohimdan, Ibrohim ham, va Ibrohimning
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ey Rasulim, yana ularga Ibrohimning mehmonlari haqida ham xabar bering.
Albatta, Ibrohim Allohga itoat qiluvchi, haq yoʻldan toymaydigan hanif bir ummat edi va u mushriklardan emas edi.
Ey Rasulim, keyin sizga haq yoʻldan toymaydigan hanif Ibrohimning diniga ergashing, deb vahiy yubordik. Shubhasiz, Ibrohim mushriklardan emas edi.
Ey Muhammad, ushbu kitobda Ibrohim payg‘ambarning qissasini ham yodga oling. Shubhasiz, u juda sadoqatli payg‘ambar edi.
Otasi unga: “Ey Ibrohim, sen mening ilohlarimdan yuz oʻgiruvchimisan?! Qasam boʻlsinki, agar sen bu gaplaringdan tiyilmasang, albatta, seni toshboʻron qilaman va yoki boʻlmasa meni butunlay tark et!” – dedi.
Aynan oʻshalar Odam Ato zurriyotidan, Biz Nuh payg‘ambar bilan birga kemada koʻtargan va toʻfon balosidan najot bergan kishilardan, Ibrohim zurriyotidan, Isroil va Biz hidoyat qilgan va tanlab olgan kishilardan boʻlmish Alloh inʼom etgan payg‘ambarlardir. Qachonki ularga Rahmonning oyatlari tilovat qilinsa, sajda qilgan va yig‘lagan hollarida yiqiladilar.
Darhaqiqat, Musodan oldin Ibrohimga toʻg‘ri yoʻlni berdik. Biz uni solih ekanini bilar edik.
Ularning ayrimlari: “Butlarni ayblab gapirib yuradigan bir yigitni eshitdik, uni Ibrohim deyishardi”, – dedilar.
Ibrohimni olib kelishgach unga: “Ey Ibrohim, ilohlarimizni sen shunday qildingmi?” deb soʻradilar.
Biz: “Ey olov, Ibrohim uchun salqin va omonlik boʻlgin!” dedik.
Ey Muhammad, Biz Ibrohimga Baytullohning oʻrnini belgilab berib: “Menga hech narsani sherik qilma va Mening uyimni tavof qiluvchilar, namozda qoim turuvchilar, ruku va sajda qiluvchilar uchun poklagin”, deganimizni eslang.
Ular Ibrohimning qavmi va Lut payg‘ambarning qavmini ham yolg‘onchiga chiqargan edilar.
Alloh yoʻlida haqqoniy jiddu jahd qilinglar. U sizlarni shu muqaddas din uchun tanlab oldi va dinda sizlarga biror tanglik qilmadi. Otalaringiz Ibrohimning dini boʻlgan Islomni mahkam tutinglar. Toki qiyomat kunida payg‘ambar sizlarga guvoh boʻlishi, sizlar esa qolgan odamlarga guvoh boʻlishingiz uchun Allohning Oʻzi sizlarni oldingi samoviy kitoblarda nomlaganidek, mana bu Qurʼonda ham musulmonlar deb nomladi. Bas, namozni toʻliq ado qilinglar va haqdorlarga zakotni beringlar hamda Allohga bog‘laninglar. U sizning Xojangizdir. Bas, U Zot qanday yaxshi Xoja va qanday ham yaxshi yordam beruvchidir!
Ey Muhammad, ularga Ibrohimning xabarini tilovat qilib bering.
Ibrohim payg‘ambar ham oʻz qavmiga: “Allohga ibodat qilinglar va Undan qoʻrqinglar. Agar bilsangiz, mana shu siz uchun yaxshidir”,– dedi.
Vaqtiki, elchi farishtalarimiz Ibrohimga bola koʻrishi haqidagi xushxabarni keltirishgach: “Albatta, bizlar mana shu qishloq ahlini halok qiluvchilarmiz. Albatta, uning aholisi zolimlardan boʻldi”, – dedi.
Ey Muhammad, Biz payg‘ambarlardan hamda sizdan, Nuhdan, Ibrohim, Muso va Iso ibn Maryamdan ham ahd olganimizni eslang. Biz ulardan qatʼiy ahd olganmiz.
Haqiqatan, Ibrohim ham u Nuh payg‘ambarning guruhidandir.
Biz unga: “Ey Ibrohim toʻxta!” – deb nido qildik.
Ibrohimga salom boʻlsin!