Aniqki, menga eslatma kelganidan keyin oʻsha falonchi meni yoʻldan ozdirdi. U kunda shayton oʻziga ergashgan barcha insonni yordamsiz tashlab ketuvchidir.
There are 239 verses derived from the masdar-o'zak إِذ you searched for.
bir zamonda, xani, va xani, xani bir zamon, zamon, o'shanda, mana, va bir zamon, , bir zamon
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Aniqki, menga eslatma kelganidan keyin oʻsha falonchi meni yoʻldan ozdirdi. U kunda shayton oʻziga ergashgan barcha insonni yordamsiz tashlab ketuvchidir.
Ey Muhammad, Robbingiz Musoga nido qilib: “Zolim qavmlarga daʼvat uchun borgin”, – deganini eslang.
Oʻshanda Ibrohim otasi va qavmiga qarata: “Nimaga ibodat qilyapsizlar?” – dedi.
Ibrohim ularga: “Ularni chaqirgan paytingizda butlar sizlarni eshitadilarmi?” – dedi.
Chunki sizlarni olamlarning Robbisiga tenglashtirgan ekanmiz, deb aytadilar.
Oʻshanda ularga birodarlari Nuh: “Allohning azobidan qoʻrqmaysizlarmi?!” – dedi.
Oʻshanda ularga birodarlari Hud: “Allohdan qoʻrqmaysizlarmi?” – degan edi.
Oʻshanda birodarlari Solih ularga: “Allohdan qoʻrqmaysizlarmi?!” – dedi.
Oʻshanda ularga birodarlari Lut: “Allohdan qoʻrqmaysizlarmi?!” – dedi.
Shuʼayb oʻshanda ularga: “Allohdan qoʻrqmaysizlarmi?!” – degan edi.
Muso oilasiga: “Men bir olovni koʻrib qoldim. Sizlarga undan biror bir xabar keltiraman yoki sizlarga sovuqdan isinib olishingiz uchun choʻg‘ olib kelaman”, – deganini eslang!
Ey Rasulim, Lutni ham yodga oling. Vaqtiki u oʻz qavmiga: “Sizlar koʻra bilib turib fahsh ishlarni qilasizlarmi?!” – dedi.
Ey Rasulim, Musoga payg‘ambarlik ishini hukm qilgan paytda siz Tur tog‘ining Biz Muso bilan vaʼdalashgan g‘arb tomonida boʻlmagansiz va bunga guvohlardan emas edingiz.
Biz Musoga nido qilgan paytda siz Tur tog‘ining yonida boʻlmagansiz. Lekin Robbingiz tomonidan rahmat boʻlib, sizdan oldin biror ogohlantiruvchi kelmagan bir qavmni oxiratdan ogohlantirish uchun payg‘ambar boʻldingiz. Shoyadki, ular bundan eslatma olsalar.
Albatta, Qorun Muso payg‘ambarning qavmidan edi. Bas, u qavmlarga takabburlik qildi. Biz unga kalitlarini koʻtarib yurishda bir guruh baquvvat odamlarga ham og‘irlik qiladigan xazinalarni bergan edik. Oʻshanda qavmi unga: “Juda hovliqib ketma, albatta, Alloh hovliqqan kimsalarni sevmaydi”, – dedi.
Sizga Allohning oyatlari nozil qilinganidan keyin aslo sizni unga amal qilishdan toʻsmasinlar. Siz odamlarni Robbingizga ibodat qilishga chaqiring va hargiz mushriklardan boʻlmang.
Ibrohim payg‘ambar ham oʻz qavmiga: “Allohga ibodat qilinglar va Undan qoʻrqinglar. Agar bilsangiz, mana shu siz uchun yaxshidir”,– dedi.
Lut oʻz qavmiga: “Albatta, sizlar shunday fahsh ishni qilyapsizlarki, sizlardan oldin olamlardan hech kimda bu boʻlib oʻtmagan edi”, – dedi.
Luqmon oʻg‘liga nasihat qilib: “Ey oʻg‘ilcham, Allohga shirk keltirmagin! Chunki shirk katta zulmdir”, – deganini eslang.
Agar siz, gunohkorlarni qiyomat kunida Robbilari huzurida boshlari egik hollarida turib: “Ey Robbimiz, vaʼdangning rost ekanligini koʻrdik va eshitdik, bas, bizlarni yana hayotga qaytar, bizlar endi yaxshi amal qilamiz. Endi, bizlar, albatta, qiyomat haq ekanligiga aniq ishonuvchimiz”, – deb yolvorishlarini koʻrsangiz edi!