Chiroyli, yaxshi soʻz va oʻzaro kechirimli boʻlish orqasidan minnat qilib, ozor bergan sadaqadan koʻra yaxshiroqdir. Alloh hech kimga muhtoj boʻlmagan – G‘aniy va bandalariga marhamatli boʻlgan – Halim Zotdir.
От искомого вами масдар-узак غ ن ي образовано 73 аятов.
boydir, boy, foyda bermaydi, foyda bermaydi, boymiz, boy qiladi, hech foyda bermadi, hech o'tirmagan, bera olmaydi, bermagan edi
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Chiroyli, yaxshi soʻz va oʻzaro kechirimli boʻlish orqasidan minnat qilib, ozor bergan sadaqadan koʻra yaxshiroqdir. Alloh hech kimga muhtoj boʻlmagan – G‘aniy va bandalariga marhamatli boʻlgan – Halim Zotdir.
Ey iymon keltirganlar, kasbu koringizdan topganlaringizni va Biz sizlar uchun Yerdan undirib chiqargan hosillardan sifati yaxshilarini xayru ehson qilinglar. Oʻzingizga berilganda uni, faqat yoqtirmay koʻz yumib oladigan darajadagi yomon va sifatsizlaridan berishni koʻzlamanglar. Shubhasiz, Alloh maqtovga sazovor – Hamid va hech kimga muhtoj boʻlmagan – G‘aniy Zot ekanini bilinglar.
Sadaqa va ehsonlar oʻzlarini Alloh yoʻlida band qilib, Yer yuzida rizq terib yurishga kuchlari yetmaydigan va iffat va tortinchoqliklari sababidan bilmagan odam ularni boy deb oʻylaydiganlar uchun beriladi. Siz ularning holatlarini siymolaridan tanib olasiz. Shuningdek, ular uyalmay, xiralik bilan tilanib turmaydilar. Agar yaxshilikdan nimaiki qilsangiz, Alloh, albatta, uni biladi.
Shubhasiz, kufr keltirganlarning mol-dunyolari, bola-chaqalari Allohning azobidan hargiz qutqarib qololmaydi. Ana oʻsha kufr keltirgan kimsalar doʻzaxning yoqilg‘ilaridir.
U yerda ochiq-oydin alomatlar va Ibrohimning maqomi bor. U yerga kirgan har kim xavf-xatardan omonda boʻladi. Yoʻlga tushishga qodir boʻlgan odamlar zimmasida Alloh uchun Baytni haj qilish majburiyati bordir. Kimki Allohning amrlarini inkor qilib kufr keltirsa ham, bas, shubhasiz, Alloh butun olamlardan behojat boʻlgan Zotdir.
Shubhasiz, kufr keltirganlarning mol dunyolari va farzandlari Allohning huzuridan ularga biror narsada foyda keltirmaydi. Ana oʻshalar doʻzax egalaridir hamda ular u yerda mangu qoluvchilardir.
Qasam boʻlsinki, Alloh ularning “Albatta, Alloh faqir, biz esa boymiz”, – degan gaplarini eshitdi. Ularning bu aytgan gaplarini va payg‘ambarlarni nohaq oʻldirganlarini tezda yozib qoʻyamiz. Qiyomat kunida esa ularga: “Kuyduruvchi jahannamning azobini totib koʻringlar”, – deb aytamiz.
Yetimlarni to nikohlanish yoshiga yetgunlaricha imtihon qilib, tekshirib turinglar. Voyaga yetganliklarini sezsangiz, darhol omonatdagi mollarini oʻzlariga qaytaringlar. Mulklarini isrof qilib va ulg‘ayib qolmasinlar deb shoshma-shosharlik bilan yeb qoʻymanglar. Kimki badavlat boʻlsa, yetim haqini yeyishdan tiyilsin. Agarda kim kambag‘al boʻlsa, yaxshilik bilan meʼyorida yesin. Mollarini oʻzlariga qaytarganingizda ularga guvoh keltiringlar. Hisob soʻrab olishda Allohning Oʻzi kifoyadir.
Bordi-yu er-xotin bir-biriga toʻg‘ri kelmay ajrashib ketsalar ham, Alloh Oʻz fazlidan ikkoviga ham rizq berib taʼminlab qoʻyadi. Alloh marhamati keng boʻlgan – Vosiʼ va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
Osmonlar va Yer yuzidagi barcha mulk Allohnikidir. Sizlardan avvalgi kitob berilgan kimsalarga ham, sizlarga ham, Allohdan qoʻrqinglar, deb buyurganmiz. Agarda iymon keltirmay, kufr yoʻlida ketsangizlar, bilib qoʻyinki, osmonu Yerdagi barcha narsa Allohnikidir. Shubhasiz, Alloh hech kimga muhtoj boʻlmagan – G‘ani va maqtovga sazovor – Hamid Zotdir.
Ey iymon keltirganlar, adolat bilan sobit turib garchi oʻzingiz, ota-onangiz va yaqinlaringiz ziddiga boʻlsa ham, Alloh uchun toʻg‘ri guvohlik beruvchi boʻlinglar. Guvohlik berilgan kimsa boy boʻladimi yoki kambag‘al boʻladimi, bilib qoʻying, Alloh ularning holatini bilishda sizdan koʻra yaqinroqdir. Nafsingizga berilib adolatsizlik qilmanglar. Agarda haqiqatni yashirib tilingizni bursangizlar, yoki guvohlikdan yuz oʻgirsangizlar, shubhasiz, Alloh barcha qilayotgan ishlaringizdan xabardor Zotdir.
Robbingiz hech narsaga muhtoj boʻlmagan rahmat egasidir. Xuddi sizlarni boshqa qavmning zurriyotidan yaratganidek, istasa, sizlarni ham ketkazib, ortingizdan Oʻzi istagan boshqa qavmni oʻrinbosar qiladi.
Aʼrof ahli siymolaridan tanigan kishilarga qarata: “Sizlarni dunyoda toʻplagan boyliklaringiz va takabburlik qilganlaringiz foyda bermadi”, – deb nido qiladilar.
Shuʼayb payg‘ambarni yolg‘onchiga chiqarganlar xuddi u yerda ilgari hech yashamagandek boʻlib qoldilar. Shuʼaybni yolg‘onchiga chiqargan kimsalarning oʻzlari ziyon koʻruvchi boʻldilar.
Ey mushriklar, agar jangdan oldin musulmonlar bilan orani ochishni xohlagan boʻlsangiz, darhaqiqat, mana musulmonlar foydasiga fath qilish keldi. Bordi-yu musulmonlarga qarshi jang qilishdan tiyilsangiz, bu siz uchun yaxshiroqdir. Agarda ibrat olmay yana urushga qaytsangiz, u holda bizlar ham qaytamiz. Guruhingiz sanog‘i garchi koʻpchilik boʻlsa ham, sizlarga hech narsa foyda bermaydi. Chunki Alloh, albatta, moʻminlar bilan birgadir.
Darhaqiqat, Alloh sizlarga oldin ham koʻp joylarda nusrat berdi. Xususan, Makka bilan Toif oʻrtasidagi vodiydagi Hunayn kunida ham. Oʻshanda sizlarni sanoq va kuch jihatdan koʻp ekanligingiz g‘ururlantirib qoʻygan edi, ammo u sizlarni hech narsadan qutqarib behojat qila olmadi. Sizlarga keng boʻlgan yer torlik qilib qoldi, keyin esa yuz oʻgirgan holingizda tarqalib chekindingiz.
Ey iymon keltirganlar, albatta, Allohga shirk keltirganlar nopok kimsalardir, bas, endi ular bu yillaridan keyin Masjid ul-Haromga yaqinlashmasinlar. Agarda sizlar mushriklarning haj mavsumida Makkaga keltiradigan oziq-ovqatlar va boshqa tijoratga oid narsalar toʻxtab qolishi sababli kambag‘allikdan qoʻrqsangizlar, Bas, agar Alloh xohlasa Oʻz fazli bilan tezda sizlarni boy-badavlat qilib qoʻyadi.
Munofiqlar payg‘ambarga nisbatan aytilgan haqorat soʻzlarni aytmaganliklariga doir yolg‘on qasam ichadilar. Vaholanki, munofiqlar bu kufr soʻzini aniq aytgan edilar va islomga kirganlaridan keyin yana kufr yoʻliga qaytgan edilar. Shuningdek, payg‘ambarga suiqasd qilishdek yetolmagan narsalariga qasd qilgan edilar. Munofiqlar Alloh va Uning Rasuli ularni faqat Oʻz fazlu karamidan boy-badavlat qilib qoʻygani uchungina Alloh va Uning Rasulini yomon koʻrdilar. Bas, endi agar tavba qilsalar, oʻzlari uchun yaxshi boʻlar edi. Agar yuz oʻgirsalar, Alloh ularni dunyo va oxiratda alamli azob bilan azoblaydi. Hamda ular uchun Yer yuzida biron doʻst ham yordamchi ham boʻlmaydi.
Taʼna uchun yoʻl faqat jangga kirish uchun kuchi yetsa ham, urushdan qochish uchun sizdan ruxsat soʻragan boylargagina tegishlidir. Chunki ular Alloh yoʻlida jang qilish va Uning roziligini qozonishdan koʻra, orqada qolgan ayollar bilan birga boʻlishga rozi boʻldilar. Shuning uchun Alloh ularning qalblarini muhrlab qoʻydi. Ular endi oʻzlarini qanday ofat kutayotganini bilmaydilar.
Haqiqatan, dunyo hayotining misoli xuddi uni Biz osmondan tushirgan suv kabidir. Bas, odamlar va hayvonot yeydigan narsalardan iborat boʻlgan Yer oʻsimliklari u bilan qorishib, zamin chiroyli bezagini oladi va ziynatlanadi. Shundan soʻng u yer egalari endi unga erishib, oʻzlarini unga qodir deb oʻylaydilar. Lekin kechasi yoki kunduzi unga amrimiz kelib, u yerni xuddi kuni kecha yashnab turmagan va oʻrib olingandek qilib qoʻyamiz. Biz tafakkur qiluvchi qavm uchun oyatlarni shu tarzda batafsil bayon qilamiz.