Ey insonlar, sizlar Allohga muhtojdirsizlar. Alloh esa hech kimga muhtoj boʻlmagan – G‘aniy va maqtovga sazovar – Hamid Zotdir.
От искомого вами масдар-узак غ ن ي образовано 73 аятов.
boydir, boy, foyda bermaydi, foyda bermaydi, boymiz, boy qiladi, hech foyda bermadi, hech o'tirmagan, bera olmaydi, bermagan edi
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ey insonlar, sizlar Allohga muhtojdirsizlar. Alloh esa hech kimga muhtoj boʻlmagan – G‘aniy va maqtovga sazovar – Hamid Zotdir.
Men Undan oʻzgalarni iloh qilib olaymi?! Holbuki, agar Rahmon menga biror zarar yetkazishni istasa, u soxta ilohlarning shafoatlari menga biror foyda bermaydi va ular meni azobdan ham qutqara olmaydilar.
Agar sizlar kufr keltirsangizlar, bas, albatta, Alloh sizlardan behojatdir. U bandalarining kofir boʻlishiga rozi boʻlmaydi. Agar iymon keltirib shukr qilsangizlar U sizlardan rozi boʻladi. Hech bir gunoh yukini koʻtaruvchi boshqa gunoh yukini koʻtaruvchining yukini koʻtarmaydi. Soʻngra qaytishlaringiz Robbingiz huzurigadir. Bas, U sizlarga dunyoda qilib oʻtgan amallaringizning xabarini beradi. Shubhasiz, U koʻngillardagi yashiringan narsalarni ham biluvchi Zotdir.
U gapni ulardan oldingilar ham aytgan edilar. Bas, qilgan kasblari oʻzlariga foyda bermadi.
Oʻshanda ular doʻzaxda oʻzaro tortishib, zaiflar mutakabbirlarga: “Bizlar dunyoda sizlarga ergashgan edik, endi, sizlar bizlardan doʻzax otashining biror boʻlagini daf qila olasizlarmi?” – deydilar.
Axir, ular yer yuzida sayr qilib, oʻzlaridan avval oʻtgan iymonsiz kimsalarning oqibatlari qanday boʻlganiga nazar solmaydilarmi?! Ular Makka mushriklaridan koʻra kuchliroq va yer yuzida qoldirgan asarlari koʻproq boʻlgan edilar. Biroq qilgan kasbu korlari oʻzlariga foyda bermadi.
U kunda doʻst doʻstga biror narsada asqotmaydi va ularga azobdan qutulish uchun yordam ham berilmaydi.
Ularning ortida jahannam bor! Kasb qilib topgan boylik va farzandlari ham, Allohdan boshqa tutgan doʻstlari ham ularga biror narsada asqotmaydi. Ularga ulkan azob bordir.
Chunki, ular sizdan Alloh tomonidan boʻladigan biror narsani qaytara olmaydilar. Albatta, zolimlar bir-birlariga doʻstdirlar. Alloh esa taqvodorlarning doʻstidir.
Ey Makka ahli, holbuki, Biz boylik va quvvat jihatidan sizlarga bermagan imkonlarni ularga bergan edik. Ularga puxta eshituvchi quloqlar, teran koʻzlar va dillarni ato qilgan edik. Lekin ular Allohning oyatlarini inkor etganlari uchun ularga quloqlari ham koʻzlari ham, dillari ham biror foyda bermadi va ularni oʻzlari masxara qilib yurgan narsalari oʻrab oldi.
Ey siz odamlar! Sizlar Alloh yoʻlida ehson qilishga chaqirilmoqdasiz. Bas, aniqki orangizda baxillik qiladigan kimsalar ham bordir. Kimki baxillik qilsa, bas, faqat oʻz zarariga baxillik qiladi. Alloh boy, sizlar esa faqirdirsizlar. Agar sizlar Allohga itoat qilishdan bosh tortsangiz, U xohlasa oʻrningizga sizlardan boshqa bir qavmni almashtirib qoʻyadi. Keyin ular sizlarga oʻxshagan itoatsiz boʻlmaydilar.
U kunda ularning hiylalari aslo foyda bermaydi va ularga azobdan qutulish uchun yordam ham berilmaydi.
Osmonlarda qanchadan-qancha farishtalar boʻlib, ularning shafoatlari ham Alloh Oʻzi xohlagan va rozi boʻlgan kishilarga shafoat uchun izn bermaguncha foyda bermaydi.
Holbuki, ular uchun bu haqda biror maʼlumot yoʻqdir. Ular faqat gumonga ergashadilar, xolos. Gumon esa, aslo haqiqat oʻrniga oʻtmaydi.
Albatta, bandalarini behojat qilgan ham, badavlat qilgan ham Uning Oʻzidir.
U yetuk hikmat boʻlsa-da, ularga hech qanday ogohlantirishlar foyda bermadi.
Ular baxillik qiladigan va odamlarni ham baxillikka buyuradigan kimsalardir. Kim baxillik qilib ehson qilishdan yuz oʻgirsa, bas, Alloh hech kimga muhtoj boʻlmagan – G‘aniy va maqtovga sazovar – Hamid Zotdir.
Ularning mollari ham, farzandlari ham Alloh tomonidan keladigan azobni ulardan qaytara olmaydi. Ular doʻzax ahlidirlar. Ular u yerda mangu qoluvchidirlar.
Alloh qishloq va shaharlarning kofir aholisidan payg‘ambariga oʻlja qilib bergan narsalar – toki sizlardan boy-badavlat kishilar oʻrtasidagina qoʻlma-qoʻl boʻlib yuraveradigan narsa boʻlib qolmasligi uchun – Allohga, Payg‘ambarga va u zotning qarindoshlari, yetimlar, miskinlar va musofirlarga tegishlidir. Payg‘ambar sizlarga nimani keltirgan boʻlsa olinglar, sizlarni nimadan qaytargan boʻlsa undan qaytinglar va Allohdan qoʻrqinglar! Albatta, Alloh jazosi qattiq Zotdir.
Darhaqiqat, sizlar uchun Alloh va oxirat kunidan umidvor boʻlgan kishilar uchun Ibrohim payg‘ambar va u zot bilan birga boʻlgan moʻminlarning tutgan yoʻllarida goʻzal namuna bordir. Kimki iymondan yuz oʻgirib ketsa, bas, albatta, Alloh hech kimga muhtoj boʻlmagan – G‘aniy va maqtovga loyiq – Hamid Zotdir.