Ey iymon keltirganlar, sizlardan oldingi kitob berilganlar ichidan diningizni masxara va oʻyin qilib olgan kimsalarni va kofirlarni doʻst qilib olmanglar. Agar haqiqiy moʻmin boʻlsangiz, yolg‘iz Allohdan qoʻrqinglar.
От искомого вами масдар-узак ل ع ب образовано 20 аятов.
va o'yin, bir o'yindan, o'yin, o'ynab tursinlar, o'ynab yurganlarida, va hazillashardik, va o'ynasin, o'ynab, ko'ngil ochar uchun, hazil qilyapsanmi?
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ey iymon keltirganlar, sizlardan oldingi kitob berilganlar ichidan diningizni masxara va oʻyin qilib olgan kimsalarni va kofirlarni doʻst qilib olmanglar. Agar haqiqiy moʻmin boʻlsangiz, yolg‘iz Allohdan qoʻrqinglar.
Qachonki sizlar bir-biringizni namozga chaqirsangizlar, ular namozni masxara va oʻyin qiladilar. Mana bu qiliqlari ularning aql ishlata olmaydigan qavm ekanligidir.
Bu dunyoning hayoti oʻyin-kulgu va behuda ishlardan iboratdir. Allohdan qoʻrqadigan kimsalar uchun esa oxirat diyori yaxshiroqdir. Aql ishlatsangiz, boʻlmaydimi?!
Ey Rasulim, oʻtkinchi dunyo hayoti ularni aldab qoʻyib, dinlarini oʻyin-kulgu va bekorchi narsa qilib olganlarni tark qiling. Har bir nafs qilgan yomon ishlari sababli halokatga uchramasliklari uchun bu Qurʼon bilan eslatib, nasihat qiling. Unga qiyomat kunida Allohdan oʻzga biror doʻst ham, shafoatchi ham boʻlmaydi. Agar bor narsani fido qilib bersa ham, undan qabul qilinmaydi. Ana oʻshalar qilgan ishlari tufayli halokatga uchragandirlar. Kufr keltirganlari uchun ularga doʻzaxda qaynoq suv va alamli azob beriladi.
Yahudiylar: “Alloh inson zotiga hech narsa nozil qilmagan”, – deb Allohning shaʼnini Unga loyiq tarzda toʻg‘ri qadrlamadilar. Ey Rasulim, ularga: “Unda sizlar u kitobni alohida qog‘oz sahifalar holida qilib olib, baʼzilarini maʼlum qilgan, aksariyatini esa yashirgan, ilgari ota-bobolaringiz ham sizlar ham bilmagan maʼlumotlar sizlarga bildirilgan hamda odamlarga nur va hidoyat boʻlib Muso keltirgan kitobni kim nozil qildi?” – deb ayting. Ularga javoban: “Ularni Alloh nozil qildi”, – deng. Shundan keyin ularni oʻz hollariga tashlab qoʻying, botqoqlarida chalg‘ib yuraversinlar.
Ular dinlarini bekorchi narsa va oʻyin-kulgu qilib olgan hamda ularni oʻtkinchi dunyo hayoti aldab qoʻygan kimsalardir. Demak, bugun ular bu kunga roʻbaroʻ kelishni unutganlari va oyatlarimizni inkor qilganlari uchun biz ham ularni unutamiz.
Yoki boʻlmasa u oʻlkalarning aholisi choshgoh vaqtida oʻyin-kulgi qilib yurganlarida azobimiz ularga kelib qolishidan xotirjammilar?!
Qasam boʻlsinki, agar ulardan: “Nima uchun masxara qilyapsiz?”- deb soʻrasangiz, ular: “Biz faqatgina bahsga shoʻng‘ib, hazillashyapmiz”, – deydilar. Ey Rasulim, ularga: “Allohni, oyatlarini va Rasulini masxara qilayotgan edingizmi?!” – deb ayting.
Ertaga uni biz bilan birga yaylovga aylanishga joʻnat, yayrasin va oʻynasin. Xavotir olma, albatta, biz uni turli falokatlardan muhofaza qiluvchilarmiz.
Qachonki ularga Robbilaridan biror yangi eslatma kelsa, uni oʻyin qilib tinglaydilar.
Biz osmon va Yerni hamda ularning orasidagilarni oʻynab bekorga yaratmaganmiz.
Ular yana Ibrohimga: “Bizga haq narsani keltirdingmi yoki sen oʻyin qiluvchilardanmisan?” – dedilar.
Bu dunyo hayoti faqat behuda oʻyin-kulgidan iboratdir. Agar bilsalar edi, haqiqiy hayot bu – oxirat diyoridir.
Bas, ey Rasulim, hozircha ularni oʻz holiga qoʻyib tark qiling. Ular, to oʻzlariga vaʼda qilingan qiyomat kunga duch kelgunlaricha, gunohga botib, oʻz dunyolarida oʻynab yuraversinlar.
Yoʻq, ular hali ham qayta tirilish xususida shak-shubha ichida oʻynab yuribdilar.
Biz osmonlar va Yerni hamda ularning orasidagi narsalarni behudaga oʻynab yaratmaganmiz.
Haqiqatan, bu dunyo hayoti faqat bir onlik oʻyin-kulgu va koʻngilxushlikdir. Agar sizlar iymon keltirsangizlar va Allohdan qoʻrqsangizlar, U mukofotlaringizni toʻliq qilib beradi va sizlardan mol-dunyolaringizni soʻramaydi.
Ular zalolatga shoʻng‘ib, beparvo oʻynab yuradigan kimsalardir.
Ey insonlar, bilinglarki, bu dunyo hayoti faqat oʻyin, behudalik, ziynat, oʻzaro faxrlanish va mol-dunyo hamda farzandlarni koʻpaytirishdan iboratdir. U bamisoli bir yomg‘irki, uning sababidan unib chiqqan giyoh kofirlarni taajjubga soladi. Soʻngra u qurigach, uni sarg‘aygan holda koʻrasiz. Soʻngra u xas-choʻpga aylanib qoladi. Oxiratda esa kim uchundir qattiq azob, kim uchundir Alloh tomonidan mag‘firat va rizolik bordir. Dunyo hayoti faqat aldov matosidir.
Bas, ey Muhammad, ularga bir muddat qoʻyib bering! Ular, to oʻzlariga vaʼda qilinayotgan kunlariga yoʻliqqunlaricha, xomxayollariga shoʻng‘ib, oʻynab yuraversinlar!