Ey Rasulim, ularga: “Robbim adolatga buyurgan. Har sajda qilinadigan joyda yuzingizni qiblaga toʻg‘irlanglar. U Zotning diniga ibodatingizda xolislardan boʻlib duo qilinglar. Sizlarni avval qanday yaratgan boʻlsa, yana oʻsha holga qaytasizlar.
От искомого вами масдар-узак ب د أ образовано 15 аятов.
avval sizni yaratgani, siz(ga urush)ni boshlagan, ilk bor boshlagan, ilk bor amalga oshirib, (qidirmoqqa) boshladi, boshlaganimiz, boshlovchi, boshlamoqda, boshladi, boshlaydi
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ey Rasulim, ularga: “Robbim adolatga buyurgan. Har sajda qilinadigan joyda yuzingizni qiblaga toʻg‘irlanglar. U Zotning diniga ibodatingizda xolislardan boʻlib duo qilinglar. Sizlarni avval qanday yaratgan boʻlsa, yana oʻsha holga qaytasizlar.
Ey moʻminlar, ahdlarini buzgan, payg‘ambarni yurtidan chiqarib yuborishga qasd qilgan va sizlarga qarshi birinchi boʻlib urush boshlagan qavm bilan jang qilmaysizlarmi?! Yoki ulardan qoʻrqasizlarmi?! Agar chinakam moʻmin boʻlsangiz, qoʻrqishingizga haqli boʻlgan Zot, faqat Allohdir!
Barchangizning qaytish joyingiz Uning huzurigadir. Allohning vaʼdasi haqdir. Shubhasiz, U yaratishni yoʻqdan bor qilib boshlaydi, soʻngra iymon keltirib, solih ish qilganlarni adolat bilan mukofotlash uchun u barcha yaratilganlarni yana hayotga qaytaradi. Kufr keltirganlarga esa, qaynoq suvdan boʻlgan ichimlik va kofir boʻlganlari uchun alamli azob bordir.
Ularga: “Sherik qilgan but-sanamlaringizdan oldin yaratib, oʻlgandan keyin yana hayotga qaytara oladigan kimsa bormi?!” – deb ayting. Yana ularga: “Alloh yaratishni boshlab, soʻngra yana qaytara oladi. Bas, shunday ekan, qayoqqa burilib ketyapsizlar?!” – deng.
Ularga: “Sherik qilgan but-sanamlaringizdan oldin yaratib, oʻlgandan keyin yana hayotga qaytara oladigan kimsa bormi?!” – deb ayting. Yana ularga: “Alloh yaratishni boshlab, soʻngra yana qaytara oladi. Bas, shunday ekan, qayoqqa burilib ketyapsizlar?!” – deng.
Shundan keyin Yusufning xizmatkori yoʻqolgan narsani axtarishni ukasi Binyaminning idishidan oldin akalarining idishlaridan boshladi. Keyin u qadahni ukasining idishidan topib chiqarib oldi. Biz Yusufga mana shunday hiyla tadbirini qildik. Chunki Misr podshohining dinida ukasi Binyaminni oʻg‘rilik qilgani uchun qul qilib ola olmas edi. Faqat Allohning istagi bilan bu hiyla sababli olib qolar edi. Biz xohlagan kishilarning darajalarini koʻtaramiz. Har bir ilm egasining ustida undan ham bilimdonroq olim bordir.
Biz u kunda osmonni xuddi maktub yozilgan sahifani oʻragandek oʻrab, avval qanday yaratgan boʻlsak, uni yana oʻsha holga qaytaramiz. Bu Bizning zimmamizdagi vaʼda boʻlib, albatta, Biz buni qiluvchimiz.
Yoki maxluqotni ilk boshdan paydo qiladigan, keyin qiyomatda uni yana qayta yaratadigan va sizlarni osmondan va yerdan turli neʼmatlar bilan rizqlantiradigan Zot yaxshimi? Alloh bilan birga yana biror iloh bormi?! Ey Muhammad, ularga: “Agar rostgoʻy boʻlsangiz, dalilingizni keltiring!” – deb ayting.
Axir, ular Alloh qanday qilib ilk bor yoʻqdan yaratishini soʻngra qiyomat kunida yaratgan u barcha narsasini qaytarishini koʻrmadilarmi?! Albatta, bu ishlar Allohga osondir.
Ey Muhammad, ularga: “Yer yuzida sayr qilib Alloh qanday qilib yaratishni boshlaganiga nazar solinglar. Soʻngra Alloh qiyomatda ikkinchi marta paydo qiladi. Albatta, Alloh barcha narsaga qodirdir!
Alloh avval boshda Oʻzi yaratib, keyin bu yaratishni qiyomatda takrorlaydi. Soʻngra hisob-kitob uchun Unga qaytarilasizlar.
U ilk bor borliqni yaratib, soʻngra qiyomat kuni Oʻzi uni yana qayta yaratadigan Zotdir. U Zotga bularni qilish juda osondir. Osmonlar va Yerdagi eng oliy sifat Unikidir. U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
U barcha narsani chiroyli qilib yaratgan Zotdir. Alloh ilk insonni yaratishni esa loydan boshladi.
Ey Muhammad, ularga: “Haq boʻlgan Qurʼon keldi. Botil esa yangi bir narsani boshlay olmaydi va eski bir narsani qaytara olmaydi”, – deb ayting.
Albatta, Uning Oʻzi boshlaydi va qaytaradi.