U osmondan sizlar uchun ichimlik boʻlgan suvni yog‘dirgan Zotdir. Hayvonlaringizni oʻtlatadigan oʻsimliklar ham oʻsha suvdan ozuqalanadi.
От искомого вами масдар-узак م و ه образовано 63 аятов.
suv, suvni, suv(ingiz), bir suv, suvga o'xshash, suv, suvini, suv bilan, suvga, bir suv bilan
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
U osmondan sizlar uchun ichimlik boʻlgan suvni yog‘dirgan Zotdir. Hayvonlaringizni oʻtlatadigan oʻsimliklar ham oʻsha suvdan ozuqalanadi.
Alloh osmondan suv yog‘dirib, u sababli oʻlik yerga hayot berdi. Albatta, bunda nasihat tinglaydigan qavmlar uchun ibratli belgi bordir.
Ey Rasulim, ularga: “Bu Qurʼon Robbingiz tomonidan kelgan haqiqatdir. Bas, xohlagan kishi iymon keltirsin, xohlagan kimsa kofir boʻlsin”, – deb ayting. Albatta, Biz zolimlar uchun devorlari ularni oʻrab oladigan doʻzaxni tayyorlab qoʻyganmiz. Agar ular tashnalikka chidolmay suv deb yordam soʻrasalar, yuzlarni kuydiruvchi, eritilgan yog‘ga oʻxshash suv bilan yordam beriladilar. U naqadar yomon ichimlik va naqadar yomon boshpana.
Yoki uning suvi yer qaʼriga singib ketib, sen uni izlab ham topa olmay qolasan.
Ey Rasulim, ularga dunyo hayotining misolini keltirib oʻting. U xuddi bir suv kabidirki, Biz uni osmondan yog‘dirgach, u sababli bahorda yer oʻsimliklari bir-biriga aralashib oʻsib ketadi. Soʻngra kuz faslida shamollar uni uchirib ketadigan xas-choʻpga aylanib qoladi. Alloh hamma narsaga qodir Zotdir.
U Zot Yerni sizlar uchun beshik qilib qoʻydi va unda yoʻllar paydo qildi hamda osmondan suv yog‘dirdi. Bas, u suv bilan turli nabototlardan juftlarini chiqardik.
Kufr keltirgan kimsalar osmonlar va Yer avvalda bitishgan holda boʻlganini, keyin Biz u ikkisining orasini yorib yuborganimizni koʻrmadilarmi?! Shuningdek, suvdan barcha tirik narsalarni paydo qildik, hali ham iymon keltirmaydilarmi?!
Ey insonlar, agar sizlar qayta tirilishdan shubhada boʻlsangizlar, unda qarang, Biz sizlarga Allohning qudratini bayon qilish uchun sizlarning otangiz Odamni tuproqdan, soʻngra Odam naslini maniydan, soʻngra laxta qondan, soʻngra shakllanib bitgan va bitmagan bir parcha goʻshtdan yaratdik. Biz sizlarni xohlaganimizcha muayyan vaqtga bachadonlarda qoldirib, keyin chaqaloq holingizda dunyoga chiqaramiz, soʻngra voyaga yetguningizgacha parvarish qilamiz. Sizlardan goʻdaklik va yoshlikda vafot etadiganlar va yana sizlardan koʻp narsa bilganidan keyin qarib hech narsani bilmay qoladigan darajada nochor umrga yetib keladiganlar ham bor. Yerni suvsiz qaqrab yotgan holda koʻrasiz, agar qachon unga osmondan suv yog‘dirsak, u harakatga kelib koʻpchiydi. Keyin har xil goʻzal oʻsimlik juftlarini undirib chiqaradi.
Alloh osmondan suv tushirgach, yerning yam-yashil boʻlib qolishini koʻrmadingizmi?! Darhaqiqat, Alloh nozik narsalarni koʻra oluvchi – Latif va barcha ishlardan xabardor boʻlgan – Xobir Zotdir.
Biz osmondan aniq miqdor bilan suv tushirib, uni yerga joylab qoʻydik va albatta, Biz uni ketkazishga ham, qodirmiz.
Kufr keltirgan kimsalarning qilgan amallari esa sahrodagi sarobga oʻxshaydi. Chanqoq odam uni suv deb oʻylaydi va uning oldiga kelgach esa, hech narsa topa olmaydi. Yonida har yerda hoziru nozir boʻlgan Allohni topadi. Alloh qiyomatda uning hisob-kitobini toʻliq qilib beradi. Alloh oʻta tez hisob qiluvchidir.
Alloh barcha jonivorlarni suvdan yaratdi. Ulardan qorni bilan sudralib yuradiganlari ham, ikki oyoqda yuradiganlari ham, toʻrt oyoqda yuradiganlari ham bordir. Alloh Oʻzi istagan narsani yaratadi. Albatta, Alloh hamma narsaga qodirdir.
U Zot Oʻz rahmati oldidan yomg‘ir yog‘ishi uchun xushxabar qilib shamollarni yubordi. Keyin osmondan toza suv yog‘dirdik.
U bir tomchi suvdan insonni yaratdi, keyin uni ota-ona tarafidan nasab, qudachilik tomondan esa qarindosh qilib qoʻydi. Darhaqiqat, Robbingiz har ishga qodirdir.
Yoki osmonlar va Yerni yaratgan hamda sizlar uchun osmondan suv tushirib, u bilan goʻzal bog‘larni oʻstirgan Zot yaxshiroqmi?! Sizlarda u bog‘larning daraxtini oʻstirish qudrati boʻlmagan edi. Alloh bilan birga yana biror iloh bormi?! Yoʻq, ular Allohga oʻzgalarni tenglashtiradigan qavmdirlar!
Qachonki, Madyan qudug‘idagi suv oldiga kelganda u joyda bir gala odamlar hayvonlarini sug‘orayotganini koʻrdi. Ulardan nariroqda ikki ayol qoʻylarini sug‘orishdan tortinib turganini koʻrdi. Muso ularga: “Sizlarga nima boʻldi, nega qoʻylarni sug‘ormayapsiz?” – dedi. Ular: “Biz, to podachilar mollarini sug‘orib qaytarmaguncha, sug‘ora olmaymiz. Otamiz esa qari bir chol”, – dedilar.
Ey Rasulim, qasam boʻlsinki, yana agar ulardan: “Osmondan suv tushirib qaqrab yotgan yerni oʻlganidan keyin tiriltirgan Zot kim?” – deb soʻrasangiz, shubhasiz, ular: “Albatta, Alloh”, – deydilar. Ularga: “Allohga hamd boʻlsin”, – deb ayting. Lekin ularning koʻpchiligi aql ishlatmaydilar.
Yana Uning belgilaridan biri – sizlarga momaqaldiroqdan qoʻrqqan va yomg‘ir yog‘ishidan umidvor boʻlgan holingizda chaqmoqni koʻrsatishi va osmondan suv yog‘dirib, u bilan yerni suvsizlikdan oʻlganidan soʻng tiriltirishidir. Albatta, bunda aql yurgizadigan qavm uchun dalillar bordir.
Alloh siz uni koʻrib turgan osmonlarni ustunsiz yaratdi. Sizlarni tebratib yubormasligi uchun yerda mustahkam tog‘larni barpo qildi va unda har turli jonzotlarni tarqatib qoʻydi. Hamda Biz osmondan suv yog‘dirib, yerda turli foydali oʻsimliklarni undirib qoʻydik.
Keyin uning naslini haqir bir tomchi suvdan iborat nutfadan paydo qildi.