Haqiqatan, Alloh Odamni, Nuhni hamda Ibrohim payg‘ambarlarni va Imronning oilasini olamlar uzra tanlab oldi.
От искомого вами масдар-узак نُوحٍ образовано 43 аятов.
va Nuhni, Nuhga, Nuhni, Nuh, Nuhning, Nuhdan, va Nuhni ham, Nuh
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Haqiqatan, Alloh Odamni, Nuhni hamda Ibrohim payg‘ambarlarni va Imronning oilasini olamlar uzra tanlab oldi.
Ey Rasulim, albatta, Biz Nuhga va undan keyingi payg‘ambarlarga vahiy qilganimizdek sizga ham vahiy qildik. Hamda Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaʼqub va uning avlodlari, Iso, Ayyub, Yunus, Horun va Sulaymon payg‘ambarlarga ham vahiy yuborganmiz. Dovudga esa Zaburni berdik.
Biz unga Ishoqni va Yaʼqubni ato etdik. Barchalarini hidoyatga yoʻlladik. Ilgari Nuhni ham hidoyatga yoʻllagan edik. Hamda uning zurriyotidan Dovud, Sulaymon, Ayyub, Yusuf, Muso va Horun payg‘ambarlarni ham hidoyat qilgan edik. Ezgu amallarni qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz.
Haqiqatan, Nuhni oʻz qavmiga payg‘ambar qilib yubordik. Shunda u: “Ey qavmim, Allohga qullik qilinglar. Sizlar uchun Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Men sizlarga ulug‘ kunning azobi kelishidan qoʻrqaman”, – dedi.
Sizlarni ogohlantirish uchun Robbingiz tarafidan kelgan eslatma oʻz orangizdan boʻlgan kishiga berilganidan hayron qoldingizmi? Alloh sizlarni Nuh payg‘ambar qavmidan keyin Yer yuzida oʻrinbosar qilib qoʻyganini va yaratilish bobida sizlarning kuch-quvvatingizni ziyoda qilganini ham eslanglar. Shunday ekan, Allohning sizga bergan neʼmatlarini yodga olinglar shoyad, shunda najot topasizlar.
Ularga oʻzlaridan oldingilarning, yaʼni Nuh, Od, Samud qavmlari va Ibrohimning qavmi, Madyan shahrining aholisi boʻlgan Shuʼayb qavmi hamda ostin-ustun boʻlib ketgan Lut qavmi shaharlarining xabarlari yetib kelmaganmidi?! Ularga payg‘ambarlari ilohiy dalillarni keltirgan edilar. Shunday ekan, Alloh ularga zulm qilmoqchi boʻlmadi, lekin ular oʻzlariga zulm qiluvchi boʻldilar.
Ey Rasulim, ularga Nuh payg‘ambar haqidagi xabarni oʻqib bering! Oʻshanda Nuh oʻz qavmiga aytgandi: “Ey qavmim, agar orangizda uzoq muddat turishim va Allohning oyatlarini eslatishim sizlarga og‘irlik qilgan boʻlsa, bas, unda men Allohning Oʻziga suyanib, tavakkul qildim. Sheriklaringiz bilan birga jam boʻlib ishlaringizni qilaveringizlar. Keyin qilayotgan ishlaringizni oshkor tutaveringizlar oʻzlaringizga maxfiy boʻlib qolmasin. Soʻngra menga nisbatan istagan hukmingizni ijro qilaveringlar hamda menga shartingizni qoʻyib, muhlat berib oʻtirmanglar.
Darhaqiqat, Nuhni oʻz qavmiga payg‘ambar qilib yubordik. U oʻz qavmiga: “Men chindan ham sizlarga oxirat haqida aniq ogohlantiruvchiman”, – dedi.
Kofirlar: “Ey Nuh, haqiqatan, biz bilan tortishding, keyin bahsni ham koʻpaytirib yubording. Bas, agar rostgoʻylardan boʻlsang, bizga oʻsha qoʻrqitayotganing azobni keltir”, – dedilar.
Nuh payg‘ambarga: “Qavmingdan shu paytgacha iymon keltirganlaridan boshqa endi hech kim aslo iymon keltirmaydi. Shunday ekan, ularning qilayotgan ishlari tufayli tashvish chekma”, – deb vahiy qilindi.
U kema ularni tog‘lardek toʻlqinlar ichida olib borar ekan, Nuh bir chetda qolgan oʻg‘liga nido qilib: “Ey oʻg‘ilcham, biz bilan kemaga mingin. Kofirlar bilan birga boʻlmagin”, – dedi.
Nuh Robbisiga nido qilib: “Ey Robbim, oʻg‘lim mening ahlimdan. Sening esa oilamga najot berish toʻg‘risidagi vaʼdang haqdir. Sen hukm qiluvchilarning eng adolatlisisan”, – dedi.
Alloh unga: “Ey Nuh, shubhasiz, u sening ahlingdan emas. Albatta, uning qilgan amali yaxshi ish emas. Bas, Mendan oʻzing yaxshi bilmagan narsalar haqida savol soʻrama. Men senga johillardan boʻlmasligingni buyurib nasihat qilaman.
Keyin: “Ey Nuh, Bizning huzurimizdan senga va sen bilan birga boʻlgan ummatlarga berilgan salomatlik va barakatlar bilan kemadan Yerga tushgin. Lekin ummatingdan kelajakda shunday kofir ummatlar ham boʻladiki, ularni dunyo neʼmatlari bilan ozgina bahramand qilamiz, soʻngra ularni Biz tomondan boʻladigan alamli azob tutadi”, – deyildi.
Ey qavmim, menga qarshi chiqishingiz tag‘in sizlarga Nuh qavmiga yo Hud qavmiga yoki boʻlmasa, Solih qavmiga yetgandek halokatlar yetib kelishiga olib kelmasin. Darvoqe, Lut qavmi ham sizlardan uncha uzoq emas.
Yoki sizlarga oʻzingizdan oldin oʻtgan Nuh, Od, Samud va ulardan keyin oʻtgan, qavmlarning xabari kelmadimi? Ularning holatlarini va sanog‘ini yolg‘iz Allohning Oʻzi biladi. Ularga payg‘ambarlari aniq dalillar bilan kelganlarida, ular qoʻllari bilan payg‘ambarlarning og‘izlarini toʻsib: “Biz sizlar unga elchi qilib yuborilgan dinni inkor qildik. Biz, albatta, sizlar bizni daʼvat qilayotgan diningizdan shubhadamiz”, – dedilar.
Ey Nuh bilan birga kemada koʻtarganlarimizning zurriyotlari! Albatta, u Nuh koʻp shukr qiluvchi banda edi.
Nuh payg‘ambardan keyin ham qanchadan-qancha nasllarni itoatsizliklari tufayli halok qildik. Robbingiz oʻz bandalarining qilayotgan gunohlaridan yetarli xabardor va koʻrib turuvchidir.
Aynan oʻshalar Odam Ato zurriyotidan, Biz Nuh payg‘ambar bilan birga kemada koʻtargan va toʻfon balosidan najot bergan kishilardan, Ibrohim zurriyotidan, Isroil va Biz hidoyat qilgan va tanlab olgan kishilardan boʻlmish Alloh inʼom etgan payg‘ambarlardir. Qachonki ularga Rahmonning oyatlari tilovat qilinsa, sajda qilgan va yig‘lagan hollarida yiqiladilar.
Shuningdek, Nuhga ham hikmat va ilm berdik. Oldin u Bizga nido qilganida, uning nidosiga ijobat qildik, keyin oʻzini va ahlini buyuk g‘amdan qutqardik.