Ey Rasulim, siz, faqat oʻzingizga vahiy qilingan narsaga ergashing va toki Alloh hukm qilguncha sabr qiling. Albatta, U hukm qiluvchilarning eng yaxshisidir.
От искомого вами масдар-узак و ح ي образовано 78 аятов.
vahiy qilganimiz, vahiy qildik, xuddi shunday vahiy qilgan edik, vahiy qilgan edim, va vahiy qilindi, vahiy qilingan, vahiy qilindi, vahiy qilinmagan edi, shivirladilar, va biz ham vahiy qildik
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ey Rasulim, siz, faqat oʻzingizga vahiy qilingan narsaga ergashing va toki Alloh hukm qilguncha sabr qiling. Albatta, U hukm qiluvchilarning eng yaxshisidir.
Ey Rasulim, ehtimol, siz mushriklarning: “Unga osmondan xazina tushirilsa yoki u bilan birga uning payg‘ambar ekanligini tasdiqlovchi bir farishta kelsa boʻlmaydimi?” – deb gapirishlari sababli unga qalbingiz siqilib, sizga vahiy qilinayotgan oyatlarning ayrimlarini ularga yetkazishni tark qilmoqchidursiz. Siz faqatgina bir ogohlantiruvchisiz Alloh esa barcha narsaga vakildir.
Nuh payg‘ambarga: “Qavmingdan shu paytgacha iymon keltirganlaridan boshqa endi hech kim aslo iymon keltirmaydi. Shunday ekan, ularning qilayotgan ishlari tufayli tashvish chekma”, – deb vahiy qilindi.
Bizning nazoratimiz va vahiyimiz bilan kemani yasashni boshla va zulm qilgan kimsalarning najoti haqida Menga xitob qilma. Ular, albatta, g‘arq qilinuvchilardir.
Ey Muhammad, bular Biz sizga Qurʼonda vahiy qilayotgan g‘ayb xabarlaridandir. Bularni oldin siz ham qavmingiz ham bilmas edingiz. Bas, kofirlarning sizga yetkazayotgan ozorlariga sabr qiling. Albatta, goʻzal oqibat Allohdan qoʻrquvchi kimsalar uchundir.
Ey Muhammad, Biz sizga ushbu Qurʼon surasini vahiy qilishimiz bilan birga eng chiroyli qissani aytib beramiz. Holbuki, siz uning vahiy boʻlishidan oldin bexabar kishilardan biri edingiz.
Bas, otalarini ishontirib uni olib ketishgach, uni quduqning qaʼriga tashlashga kelishib olishdi hamda Yusufni quduqqa tashlab yubordilar. Shu payt Biz unga: “Vaqti kelganda u akalaringga bu qilgan ishlari toʻg‘risida, albatta, xabar berasan. Lekin ular asl haqiqatni sezmaydilar”, – deb vahiy qildik.
Ey Muhammad, bu Biz sizga vahiy qilayotgan g‘ayb xabarlaridandir. Chunki siz Yusufning akalari makr-hiyla qilib oʻzlarining ishlarini tuzayotgan vaqtlarida ularning yonlarida boʻlmagan edingiz.
Ey Muhammad, Biz sizdan oldin ham faqat shahar va qishloq ahlidan erkak kishilarni rasul qilib yuborib, ularga vahiy qilganmiz, xolos. Axir, odamlar Yer yuzida sayohat qilib, oʻzlaridan avvalgi iymonsiz kimsalarning oqibati qanday boʻlganini koʻrsalar boʻlmaydimi? Allohdan qoʻrqadigan kimsalar uchun, albatta, oxirat diyori bu oʻtkinchi dunyodan yaxshiroqdir. Ey odamlar hali ham aqlni ishlatmaysizlarmi?!
Shunday qilib, sizni undan oldin ham koʻplab ummatlar oʻtgan bir ummat ichiga sizga vahiy qilgan Qurʼonni tilovat qilib berishingiz uchun yubordik. Holbuki, ular daʼvatga quloq tutmay Rahmonni inkor qilar edilar. Ularga: “U mening Robbimdir, Undan oʻzga iloh yoʻq. Uning Oʻziga suyandim va tavba qilishim ham yolg‘iz Ungadir”, – deb ayting.
Kufr keltirgan kimsalar oʻz payg‘ambarlariga: “Albatta, biz sizlarni yerimizdan haydab chiqaramiz yoki sizlar bizning dinimizga qaytasizlar”, – dedilar. Shunda Robbilari u payg‘ambarlarga: “Albatta, Biz zolimlarni halok qilamiz”, – deb vahiy qildi.
Ey Muhammad, Biz sizdan oldin ham farishtalarni emas, balki faqat siz kabi erkak kishilarnigina payg‘ambar qilib yuborib, ularga vahiy qilib turganmiz. Agarda bu haqda bilmaydigan boʻlsangiz, Tavrot va Injilni biladigan zikr va ilm ahllaridan soʻranglar.
Ey Muhammad, Robbingiz asalariga vahiy qilib: “Asal qilish uchun tog‘larga, daraxtlarga va odamlar koʻtarib qoʻygan ishkomlarga uy qurgin”, – dedi.
Ey Rasulim, keyin sizga haq yoʻldan toymaydigan hanif Ibrohimning diniga ergashing, deb vahiy yubordik. Shubhasiz, Ibrohim mushriklardan emas edi.
Ey Rasulim, bu oyatlar Robbingizning sizga vahiy qilgan hikmatlaridan bir qismidir. Allohga boshqa bir soxta ilohni sherik qilmang. Aks holda, malomatlangan va Allohning rahmatidan mahrum boʻlgan holda jahannamga tashlanasiz.
Ey Rasulim, mushriklar sizga Bizning shaʼnimizga vahiydan boshqa narsani toʻqib chiqarishingiz uchun aldab, burib yuborishlariga oz qoldi. Agar ularning xohishlariga yursangiz, u holda sizni doʻst qilib olar edilar.
Qasam boʻlsinki, agar xohlasak, albatta, sizga vahiy qilganlarimizni ketkazamiz, soʻngra oʻzingizga uni qaytarib olish uchun Bizga qarshi biror vakil topa olmassiz.
Ey Muhammad, sizga vahiy qilingan Robbingizning kitobini tilovat qiling. Uning soʻzlarini oʻzgartiruvchi yoʻq. Undan boshqa aslo hech qanday panohni topa olmaysiz.
Ey Muhammad, odamlarga: “Albatta, men ham sizlar kabi bir bashardirman. Faqat menga ilohingiz yolg‘iz Iloh ekani haqida vahiy qilinmoqda. Bas, kimki qiyomatda Robbisiga duch kelishidan muloqotda umidvor boʻlsa, u holda solih amal qilsin va Robbisiga ibodat qilishda hech kimni Unga sherik qilmasin!” – deb ayting.
Keyin Zakariyo mehrobdan qavmining oldiga chiqib, ularga ertayu kech Allohga tasbeh aytishni ishora qildi.