Albatta, tun va kunning almashib turishida hamda osmonlar va Yerdagi Alloh yaratib qoʻygan barcha narsalarda Allohdan qoʻrqadigan qavm uchun dalillar bor.
От искомого вами масдар-узак و ق ي образовано 258 аятов.
taqvodorlar uchun, saqlanasiz, unday bo'lsa saqining, saqining, va saqining, va saqinganlarida, taqvodorlar, saqinib yuradilar, taqvosidir, qo'rqing
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Albatta, tun va kunning almashib turishida hamda osmonlar va Yerdagi Alloh yaratib qoʻygan barcha narsalarda Allohdan qoʻrqadigan qavm uchun dalillar bor.
Ey Muhammad, ularga: “Osmon va Yerdan sizlarga beminnat rizq berayotgan kim, yoki quloq va koʻzlaringizga egalik qilayotgan kim?! Kim oʻlikdan tirikni chiqaryapti va kim tirikdan oʻlikni chiqarmoqda hamda ishning tadbirini koʻrayotgan kimdir?!” – deb soʻrang. Ular tezda: “Albatta, Alloh”, – deb aytadilar. Shunda ularga: “Unday boʻlsa, Allohdan qoʻrqmaysizlarmi?!” – deb ayting.
Ular iymon keltirgan va Allohdan qoʻrqadigan kimsalardir.
Ey Muhammad, bular Biz sizga Qurʼonda vahiy qilayotgan g‘ayb xabarlaridandir. Bularni oldin siz ham qavmingiz ham bilmas edingiz. Bas, kofirlarning sizga yetkazayotgan ozorlariga sabr qiling. Albatta, goʻzal oqibat Allohdan qoʻrquvchi kimsalar uchundir.
Lut payg‘ambarning oldiga yigitlar kelganini eshitgan qavmi uning yoniga xalloslab yugurib kelishdi. Ular oldindan bachchabozlik kabi yomon ishlarni qilar edilar. Lut oʻz qavmiga: “Ey qavmim, uylanishingiz uchun ana u qizlarimiz bor-ku, axir ular siz uchun pokizaroqdir. Bas, bunday qilmanglar, Allohdan qoʻrqinglar va mehmonlarim oldida meni sharmanda qilmanglar. Nahotki orangizda birorta toʻg‘ri odam yoʻq?!” – dedi.
Shubhasiz, oxirat mukofoti, iymon keltirgan va Allohdan qoʻrqadigan kimsalar uchun yaxshiroqdir.
Ular dahshatga tushib: “Sen oʻsha Yusufmisan?” – deb soʻradilar. Yusuf ularga qarab: “Ha, men Yusufman, bu esa ukamdir. Darhaqiqat, Alloh bizni yana birlashtirib marhamat qildi. Albatta, kimda-kim Allohdan qoʻrqsa va sabr qilsa, shubhasiz, Alloh xayrli ish qiluvchilarning ajrini yoʻqqa chiqarmaydi”, – dedi.
Ey Muhammad, Biz sizdan oldin ham faqat shahar va qishloq ahlidan erkak kishilarni rasul qilib yuborib, ularga vahiy qilganmiz, xolos. Axir, odamlar Yer yuzida sayohat qilib, oʻzlaridan avvalgi iymonsiz kimsalarning oqibati qanday boʻlganini koʻrsalar boʻlmaydimi? Allohdan qoʻrqadigan kimsalar uchun, albatta, oxirat diyori bu oʻtkinchi dunyodan yaxshiroqdir. Ey odamlar hali ham aqlni ishlatmaysizlarmi?!
Ular uchun bu dunyo hayotida azob bordir. Oxirat azobi esa mashaqqatliroqdir. Ularni Allohning azobidan saqlab qoluvchi hech qanday kuch yoʻqdir.
Taqvodor kishilar uchun vaʼda qilingan jannatning misoli uning tagidan anhorlar oqib turadi, mevalari va soyalari doimiydir. Mana bu taqvo qilgan kimsalarning chiroyli oqibatidir. Kofirlarning oqibati esa mangu doʻzaxdir.
Taqvodor kishilar uchun vaʼda qilingan jannatning misoli uning tagidan anhorlar oqib turadi, mevalari va soyalari doimiydir. Mana bu taqvo qilgan kimsalarning chiroyli oqibatidir. Kofirlarning oqibati esa mangu doʻzaxdir.
Shuningdek, Biz bu Qurʼonni oldin oʻtgan elchilarimizga oʻz tillarida vahiy qilganimizdek, arabiy hukm holida nozil qildik. Qasam boʻlsinki, agar sizga kelgan shu bilimdan keyin ham ularning havoyi istaklariga ergashsangiz, sizga Alloh tomonidan biror doʻst ham, himoyachi ham yoʻqdir.
Albatta, Allohdan qoʻrqqan kimsalar bog‘lar va chashmalar ichidadir.
Allohdan qoʻrqinglar va meni rasvo qilmanglar.
Alloh taolo: “Shubhasiz, Mendan oʻzga iloh yoʻq. Bas, faqat Mendan qoʻrqinglar”,-deb payg‘ambarlariga bashariyatni ogohlantirishlari uchun xohlagan kishisiga Oʻz amridan farishtalarni vahiy bilan tushiradi.
Allohdan qoʻrqqan kimsalarga: Robbingiz payg‘ambariga nimani nozil qildi?” – deyilsa, ular: “Yaxshilikni”, – deydilar. Bu dunyoda goʻzal ish qilganlar uchun ham chiroyli mukofot bor. Lekin shubhasiz, oxirat diyori yanada yaxshiroqdir. Taqvodorlarning diyori qanday ham yaxshi!
Allohdan qoʻrqqan kimsalarga: Robbingiz payg‘ambariga nimani nozil qildi?” – deyilsa, ular: “Yaxshilikni”, – deydilar. Bu dunyoda goʻzal ish qilganlar uchun ham chiroyli mukofot bor. Lekin shubhasiz, oxirat diyori yanada yaxshiroqdir. Taqvodorlarning diyori qanday ham yaxshi!
Ular ostidan anhorlar oqib turadigan mangu Adn jannatlariga kiradilar. Ular uchun u yerda xohlagan narsalari bordir. Alloh taqvo qilganlarni ana shunday mukofotlaydi.
Osmonlar va Yerdagi barcha narsalar Uning mulkidir. Din ham doimiy Unikidir. Shunday ekan, Allohdan boshqasidan qoʻrqasizlarmi?
Alloh sizlar uchun yaratgan narsalaridan salqin soyali joylar bunyod qildi va sizlar uchun tog‘lardan boshpanalar qildi hamda sizlar uchun issiq-sovuqdan asraydigan kiyimlar va sizlarga dushmanning ziyon yetkazishidan saqlaydigan sovutlar yaratdi. Allohga iymon keltirib musulmon boʻlarsizlar, deb sizlarga Oʻz neʼmatini mana shunday komil qilib bermoqda.