Ey moʻminlar, kufrga qarshi sustkashlik qilmanglar va baʼzi mag‘lubiyatlardan qayg‘uga botib umidsizlikka tushmanglar. Agar chin moʻminlardan boʻlsangiz, sizlar eng aʼlo bandalardirsiz.
От искомого вами масдар-узак و ه ن образовано 9 аятов.
bo'shang bo'lmang, yilqinmadilar, bo'shashlik ko'rsatmang, zaiflashtiradi, bo'shashdi, eng zaifi, zaiflik, zaiflik bilan
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ey moʻminlar, kufrga qarshi sustkashlik qilmanglar va baʼzi mag‘lubiyatlardan qayg‘uga botib umidsizlikka tushmanglar. Agar chin moʻminlardan boʻlsangiz, sizlar eng aʼlo bandalardirsiz.
Qanchadan-qancha nabiylar bilan birga koʻplab Allohga itoat qiluvchi, Robboniy kimsalar jang qilganlar. Ular hech qachon Alloh yoʻlidagi janglarda yetgan musibatlar qarshisida sustkashlik qilmaganlar va dushmanga taslim boʻlmaganlar. Alloh shunday sabrli kimsalarni sevadi.
Dushman qavmning ketidan quvib borishda boʻsh kelmang. Agar sizlar janglarda qiynalib alam chekayotgan boʻlsangizlar, ular ham xuddi sizlar qiynalgandek azob chekmoqdalar. Biroq sizlar Allohdan ular umid qilmagan jannat va shahidlikni umid qilmoqdasizlar. Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
Mana shunday inʼomlar moʻminlar uchundir. Albatta, Alloh kofirlarning hiylasini zaiflatuvchi Zotdir.
Zakariyo duosida: “Ey Robbim, darhaqiqat, mening suyaklarim moʻrtlashdi, keksalikdan boshga oq tutashdi. Ey Robbim, men senga duo qilib hech qachon baxtsiz boʻlmaganman”, – dedi.
Allohdan boshqalarni doʻst tutgan kimsalarning misoli xuddi oʻsha uyidan panoh istab in qurib olgan oʻrgimchakka oʻxshaydi. Agar aql ishlatib koʻra bilsalar, inlarning eng zaifi esa, albatta, oʻrgimchak inidir.
Biz insonga ota-onasiga yaxshilik qilishni amr qildik. Onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan qornida koʻtarib yurdi. Uni koʻkrakdan ajratish muddati ikki yilda tugaydi. Biz insonga: “Menga va ota-onangga shukr qilgin. Oxirida qaytishlik, faqat Mening huzurimgadir!” – dedik.

Bas, ey moʻminlar, jang maydonida sustkashlik qilmanglar va oʻzingiz ustun boʻla turib ularni sulhga chorlamanglar. Alloh sizlar bilan birgadir va U qilgan amallaringiz mukofotini aslo kamaytirmaydi.