Haqni botilga aralashtirmanglar va oʻzingiz uni Allohdan ekanligini bilib turgan holda haqiqatni odamlardan yashirmanglar.
От искомого вами масдар-узак ب ط ل образовано 36 аятов.
botil bilan, botil (sabablar) bilan, bekor qilmang, behuda, botil bilan (nohaq), nohaq, va botil bo'ldi, va bekor bo'lgan, bekor qiluvchilarning, va yo'q qilsin
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Haqni botilga aralashtirmanglar va oʻzingiz uni Allohdan ekanligini bilib turgan holda haqiqatni odamlardan yashirmanglar.
Oralaringizda mol-mulklaringizni nohaqlik bilan yemanglar. Shuningdek, odamlarning haqlaridan bir qismini gunoh yoʻl bilan yeyish maqsadida bila turib, u moldan bir miqdorini hokimlarga pora sifatida uzatmanglar.
Ey iymon keltirganlar, ehson qiladigan molini odamlar koʻrsin deb beradigan, aslida Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan kimsalarga oʻxshab, sadaqalaringizni minnat va ozor berish bilan yoʻqqa chiqarmanglar. Ana shunday kishilarning misoli xuddi, ustida tuproq boʻlgan qoyatoshga kuchli jala kelib yuvib ketgan, natijada, yana uni sip-silliq tosh holatiga tashlab qoʻyganga oʻxshaydi. Ular ishlab topgan va riyokorlik qilib bergan boyliklaridan hech narsaga ega boʻlmaydilar. Alloh kofir qavmlarni hidoyatga boshlamaydi.
Ey ahli kitoblar! Nima uchun oʻzingiz yaxshi bila turib, haqni botilga aralashtirasiz va haqiqatni yashirasizlar?!
Ular Allohni tik turganlarida ham, oʻtirgan hollarida ham, yotganlarida ham zikr qiladilar va osmonlaru Yerning yaratilishi haqida tafakkur qilib: “Ey Robbimiz, Sen bu koinotni bekorga yaratmagansan. Sen nuqsonlardan xolisan va bizlarni doʻzax azobidan saqlagin”, – deydilar.
Ey iymon keltirganlar! Tijorat qilib, rozilik bilan topgan mol-mulklaringizdan tashqarisini orangizda nohaq yoʻllar bilan yemanglar. Shuningdek, bir-biringizni oʻldirmanglar. Albatta, Alloh sizlarga mehribon boʻlgan – Rahim Zotdir.
Yana boshqa sababi ularning sudxoʻrlik qilib, foiz olishlari edi. Vaholanki Tavrotda ribodan qaytarilgan edilar. Hamda odamlarning mollarini nohaq yoʻl bilan yeganlaridir. Biz ular orasidan kofir boʻlgan kimsalar uchun oxiratda alamli azobni tayyorlab qoʻyganmiz.
Shunday qilib, haqiqat oʻrtaga chiqib, ularning qilgan ishlari botil boʻldi.
Albatta, anavi yerdagilar halokatga uchraguvchidir va qilayotgan ishlari botildir.
Yoki boʻlmasa, “Chindan ham ota-bobolarimiz oldindan shirk keltirganlar, bizlar esa ulardan keyingi zurriyotlar boʻlganmiz. Axir botil ish qiluvchilarning amali tufayli bizlarni halok qilasanmi?” deb aytmasliklari uchundir.
Hamda osiylar yoqtirmasa ham, haqni yuzaga chiqarishni va botilni butkul yoʻq qilishni iroda qilar edi.
Hamda osiylar yoqtirmasa ham, haqni yuzaga chiqarishni va botilni butkul yoʻq qilishni iroda qilar edi.
Ey iymon keltirganlar, shubhasiz, oʻsha yahudiy va nasroniylarning donishmand va rohiblaridan aksariyati odamlarning mollarini nohaq yoʻl bilan yeydilar. Hamda Allohning yoʻlidan kishilarni toʻsadilar. Ey Muhammad, oltin va kumushlarni yig‘ib, uni Alloh yoʻlida ehson qilmaydigan kimsalarga alamli azob borligi haqida xushxabar bering.
Ular qoʻllaridagi narsalarni tashlaganlarida, arqon va asolari ilon shakliga aylanib qoldi. Muso ularga: “Sizlar keltirgan narsa – bu sehrdir. Alloh, albatta, uni yoʻqqa chiqarib botil qiladi. Shubhasiz, Alloh buzg‘unchilarning amalini isloh qilmaydi.
Ana unday kimsalar uchun oxiratda doʻzax oʻtidan boshqa hech qanday nasiba yoʻq. Ularning bu dunyoda qilgan barcha yaxshiliklari behuda ketadi va qilib oʻtgan amallari behudadir.
Alloh taolo osmondan suv yog‘dirgach, vodiylarda oʻz miqdoricha sel oqib toshadi. Shunda sel oʻz ustiga chiqib qolgan koʻpiklarni ham koʻtarib keladi. Odamlar zeb-ziynat yoki asbob-uskuna yasash uchun toblab yoqadigan olovlardan ham shunga oʻxshash koʻpik va chiqindi paydo boʻladi. Alloh haq bilan botilni mana shunday misol bilan bayon qiladi. Ammo koʻpik oʻz-oʻzidan yoʻq boʻlib ketadi. Odamlarga foyda beradigan narsa esa yerda qoladi. Alloh ibratli misollarni ana shu tarzda keltiradi.
Alloh sizlar uchun oʻzlaringizdan juftlar yaratdi va juftlaringizdan sizlar uchun oʻg‘illar va nabiralar paydo qildi hamda sizlarni pokiza narsalardan rizqlantirdi. Bas, ular botil butlarga iymon keltirib, Allohning neʼmatini inkor qiladilarmi?!
Ey Rasulim: “Haq boʻlgan Islom dini keldi va botil boʻlgan kufr yoʻq boʻlib ketdi. Chunki botil yoʻq boʻluvchi narsadir”, – deb ayting.
Ey Rasulim: “Haq boʻlgan Islom dini keldi va botil boʻlgan kufr yoʻq boʻlib ketdi. Chunki botil yoʻq boʻluvchi narsadir”, – deb ayting.
Biz payg‘ambarlarni faqat jannatdan xushxabar beruvchi va doʻzaxdan ogohlantiruvchilar qilib yuboramiz. Kufr keltirganlar esa botil hujjatlar bilan tortishadilar. U bilan haqiqatni yengmoqchi boʻladilar hamda oyatlarimni va oʻzlari ogohlantirilgan oxirat azobini masxara qilib oladilar.