Albatta, oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalarning qilayotgan amallarini oʻzlariga chiroyli koʻrsatib qoʻyganmiz. Bas, ular tug‘yonlarida tentirab yuraveradilar.
От искомого вами масдар-узак أ م ن образовано 879 аятов.
ishonadilar, imon keltiradilar, ishonmaydilar, ishondik, ishonyapti, ishongan, imon keltiring, ishonganlari, ishonamizmi?, ishongani
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Albatta, oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalarning qilayotgan amallarini oʻzlariga chiroyli koʻrsatib qoʻyganmiz. Bas, ular tug‘yonlarida tentirab yuraveradilar.
Qasamki, Biz Dovud va Sulaymonga yetuk bilim ato qildik va u ikkovlari: “Bizlarni koʻpgina moʻmin bandalaridan afzal qilib qoʻygan Allohga hamd boʻlsin!” – dedilar.
Shunda Sulaymonning amridagi kuchli jinlardan boʻlgan ifrit: “Men uni senga oʻrningdan turishingdan oldin keltiraman. Albatta, men bunga qodir va ishonchlidirman”, – dedi.
Iymon keltirgan va Allohdan qoʻrqadigan kimsalarga esa najot berdik.
Albatta, bu Qurʼon moʻminlar uchun hidoyat va rahmat manbaidir.
Shuningdek, siz qalb koʻzi koʻrlarni ham zalolatlaridan chiqarib, haq yoʻlga boshlovchi emassiz. Siz faqat oyatlarimizga iymon keltiradigan va musulmon boʻladigan kishilargagina daʼvatingizni eshittira olasiz.
Biz odamlar orom olishi uchun kechani paydo qilganimizni va kunduzni yorug‘ qilib qoʻyganimizni koʻrmadilarmi?! Albatta, bunda iymon keltiradigan qavm uchun katta ibratlar bordir.
Kim Allohning huzuriga yaxshi amallar bilan kelsa, bas, uning uchun undan ham yaxshiroq mukofot boʻladi. Shuningdek, ular qiyomat kunining dahshatidan omonda boʻladilar.
Ey Rasulim, Allohga iymon keltiradigan qavm uchun sizga Muso va firʼavnning xabaridan haqiqatni tilovat qilib beramiz.
Musoning onasi oʻg‘lining daryoda oqib ketganini koʻrgach qalbi boʻshashib qoldi. Agar "Biz uni senga qaytaramiz”, degan vaʼdamizga iymon keltiruvchilardan boʻlishi uchun uning koʻnglini xotirjam qilmaganimizda, albatta, uni oʻz oʻg‘li ekanini bildirib qoʻygan boʻlar edi.
Qizlardan biri: “Ey otajon, uni ishga yollagin. Chunki ishga yollanadigan eng yaxshi kimsa kuchli va ishonchli kishidir”, – dedi.
Asongni yerga tashla! Bas, qachonki, Muso uni ilondek qimirlayotganini koʻrgach, orqasiga qaramay qochdi. Unga: “Ey Muso, orqangga qayt va qoʻrqma, albatta, sen xavfdan omonda boʻlgan kishilardansan!” – deyildi.
Toki ularga oʻz qilmishlari sababli biror musibat yetganida: “Ey Robbimiz, agarda bizlarga payg‘ambar yuborganingda edi, oyatlaringga ergashar va iymon keltiruvchilardan boʻlar edik”, – deb bahona aytmasinlar.
Biz Qurʼondan ilgari kitob bergan yahudiy va nasroniylarning moʻminlari unga iymon keltiradilar.
Qachonki, ularga Qurʼon tilovat qilinsa: “Biz unga iymon keltirdik. Albatta, bu kitob Robbimiz tomonidan kelgan haqiqatdir. Bizlar Qurʼon nozil boʻlishidan oldin ham musulmon edik”, – deydilar.
Quraysh kofirlari: “Ey Muhammad, agar bizlar sen bilan birga toʻg‘ri yoʻlga ergashsak, yerimizdan tortib olinamiz”, – deydilar. Axir, Biz ularga osoyishta Haramni makon qilib bermadikmi?! Barcha narsaning hosillari Bizning dargohimizdan rizq boʻlib u yerga yig‘iladi-ku! Lekin odamlarning koʻpchiligi bu haqiqatni bilmaydilar.
Bas, kim gunohlaridan tavba qilib, iymon keltirsa va solih amal qilgan boʻlsa, shoyadki u azobdan qutuluvchilardan boʻlsa.
Ilm berilgan kishilar esa: “Sizlarning holingizga voy boʻlsin! Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan kishi uchun Allohning savobi yaxshiroqdir. Unga faqat sabrli kishilar erishadilar”, – dedilar.
Odamlar: “Allohga iymon keltirdik”, – deyishlari bilangina, imtihon qilinmay, shundoq tashlab qoʻyiladilar deb oʻyladilarmi?
Iymon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarning oldin qilgan gunohlarini, albatta, oʻchiramiz va ularni dunyoda qilib oʻtgan amallarining eng yaxshisi bilan mukofotlaymiz.