Iymon keltirgan va yaxshi amal qilgan kimsalarni, albatta, solih bandalar qatoriga kiritamiz.
От искомого вами масдар-узак أ م ن образовано 879 аятов.
ishonadilar, imon keltiradilar, ishonmaydilar, ishondik, ishonyapti, ishongan, imon keltiring, ishonganlari, ishonamizmi?, ishongani
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Iymon keltirgan va yaxshi amal qilgan kimsalarni, albatta, solih bandalar qatoriga kiritamiz.
Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular: “Allohga iymon keltirdik”, – deydilar-da, agar Alloh yoʻlida ozorlansalar, odamlarning bu fitnalarini Allohning azobidek qabul qiladilar. Qasam boʻlsinki, agar Robbingiz tomonidan yordam kelsa, shubhasiz, ular: “Albatta, bizlar sizlar bilan birga edik”, – deydilar. Axir, Alloh barcha olamlarning dillaridagi narsalarni juda yaxshi biluvchi emasmi?!
Albatta, Alloh iymon keltirgan kimsalarni ham, munofiqlarni ham yaxshi biladi.
Kofir boʻlgan kimsalar iymon keltirganlarga: “Bizning yoʻlimizga ergashinglar, xatolaringizni biz koʻtaramiz”, – deydilar. Holbuki, ularning gunohlaridan hech narsani koʻtara oluvchi emaslar. Albatta, ular yolg‘onchilardir.
Bas, Ibrohimga qavmining javobi faqat: “Uni oʻldiringlar yoki olovda kuydiringlar”, – deyish boʻldi. Soʻngra Alloh unga olovdan najot berdi. Albatta, bunda iymon keltiradigan qavm uchun katta ibratlar bordir!
Bas, faqat Lut unga iymon keltirdi. Keyin Ibrohim: “Albatta, men Robbim buyurgan tomonga hijrat qilib ketuvchiman. Shubhasiz, U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Alloh osmonlar va Yerni haq hikmat bilan yaratdi. Albatta, bunda moʻminlar uchun katta ibratlar bordir!
Ey moʻminlar, ahli kitob boʻlgan yahudiy va nasroniylarning zulm qilganlaridan boshqalari bilan faqat eng chiroyli tarzda munozara qilinglar. Shuningdek, ularga: “Biz oʻzimizga nozil qilingan Qurʼonga ham, sizlarga nozil qilingan Tavrot va Injil kitobiga ham iymon keltirganmiz. Bizning ilohimiz ham sizlarning ilohingiz ham bir Ilohdir va bizlar, faqat Unga boʻysunuvchilarmiz.
Ey Muhammad, shunday qilib, sizga kitobni nozil qildik. Bas, Biz ilgari Tavrot va Injil kitobini bergan zotlar unga iymon keltiradilar. Ana u Makka ahli orasidagilarda ham unga iymon keltiradigan kishilar bordir. Bizning oyatlarimizni faqat kofirlar inkor qiladilar.
Ey Muhammad, shunday qilib, sizga kitobni nozil qildik. Bas, Biz ilgari Tavrot va Injil kitobini bergan zotlar unga iymon keltiradilar. Ana u Makka ahli orasidagilarda ham unga iymon keltiradigan kishilar bordir. Bizning oyatlarimizni faqat kofirlar inkor qiladilar.
Axir oʻzlariga tilovat qilinayotgan ushbu kitobni, sizga nozil qilganimiz ular uchun yetarli emasmi?! Albatta, bunda iymon keltiradigan qavm uchun rahmat va eslatma bordir!
Ey Rasulim, ularga: “Men bilan sizning oramizda guvohlikka Allohning Oʻzi yetarlidir. U osmonlar va Yerdagi barcha narsani biladi. Botil narsaga iymon keltirib, Allohni inkor qilgan kimsalar – ana ular oxiratda ziyon koʻruvchilardir”, deb ayting.
Ey iymon keltirgan bandalarim, albatta, Mening yerim kengdir. Bas, Mengagina ibodat qilinglar!
Iymon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarni, albatta, jannatda tagidan anhorlar oqib turadigan qasrlarga joylashtiramiz. Ular u yerda mangu qoladilar. Chiroyli amal qiluvchilarning mukofoti naqadar yaxshidir.
Ular atroflaridagi odamlarning mol-mulki tortib olinayotgan bir paytda, Biz Makkani osoyishta Haram qilib qoʻyganimizni koʻrmadilarmi?! Nega ular botil dinlarga ishonib, Allohning neʼmati boʻlgan Islomni inkor qiladilar.
Ular atroflaridagi odamlarning mol-mulki tortib olinayotgan bir paytda, Biz Makkani osoyishta Haram qilib qoʻyganimizni koʻrmadilarmi?! Nega ular botil dinlarga ishonib, Allohning neʼmati boʻlgan Islomni inkor qiladilar.
Sanoqli yillar ichida g‘alaba qozonadilar. Undan oldin ham, keyin ham barcha ish Allohnikidir. G‘alaba qilingan kunda moʻminlar shod boʻladilar.
Bas, ammo iymon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar jannat bog‘larida shodlanadilar.
Alloh xohlagan kishilarning rizqini keng qilishi va xohlaganining rizqini tor qilishini koʻrmadilarmi?! Albatta, bunda iymon keltiruvchi qavmlar uchun ibratlar bordir!
Bu ajrlar Allohga iymon keltirib, solih amallarni qilganlarni Oʻz fazlidan mukofatlashi uchundir. Shubhasiz, U kofirlarni sevmaydi.