Ularga Rahim Zot boʻlgan Parvardigor tomonidan salom aytiladi.
От искомого вами масдар-узак س ل م образовано 140 аятов.
benuqson, topshirsa, taslim bo'lganlardan, taslim bo'lgan, Islomga kir (taslim bo'l), taslim bo'ldim, musulmonlar bo'lishdan, taslim bo'lganmiz, islomga (yoki tinchlikka), bergandan
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ularga Rahim Zot boʻlgan Parvardigor tomonidan salom aytiladi.
Yoʻq, ular bu kunda hech narsa qilolmay, Bizning hukmimizga taslim boʻluvchidirlar!
Barcha olamlarda Nuhga salom boʻlsin!
Oʻshanda, Ibrohim Robbisiga sog‘lom qalb bilan keldi.
Bas, qachonki, ikkovlari ham Allohning amriga taslim boʻlib, Ismoilni qurbonlik uchun peshonasi bilan yerga yotqizgan edi.
Ibrohimga salom boʻlsin!
Muso va Horunga salom boʻlsin!
Ilyosinga salom boʻlsin!
Hamda rasullarga salom boʻlsin!
Shuningdek, musulmonlarning avvali boʻlishga buyurilganman, – deb ayting.
Alloh suygan bandasining koʻkragini Islom uchun keng ochib qoʻygan, oʻzi esa, Robbisi tomonidan hidoyat nurida turgan kishi bilan qalbi muhrlanib qolgan kimsa bilan teng boʻladimi?! Bas, Allohni zikr qilishdan qalblari qotib qolganlarga voy boʻlsin! Ana ular aniq zalolatdalar.
Alloh uning ustida talashuvchi sheriklar boʻlgan bir qul kishini va butunlay bir kishiga tegishli boʻlgan boshqa bir qul kishini misol qilib keltirdi. Bu ikkisining misoli teng boʻladimi?! Barcha hamd Alloh uchundir. Lekin ularning koʻplari buni bilmaydilar.
Sizlarga azob kelib, keyin yordam berilmay qolishidan oldin tavba qilib Robbingizga qaytinglar va Unga taslim boʻlinglar.
Robbilaridan qoʻrqqan zotlar ham guruh-guruh holda jannatga olib boriladilar. Unga yetib kelgan paytlarida uning eshiklari ochiladi va jannat qoʻriqchilari ularga: “Sizlarga salom boʻlsin! Xush keldingiz! Endi, unga mangu qoluvchi boʻlgan hollaringizda kiringlar”, – deydilar.
Ey Muhammad, ularga: “Men oʻzimga Robbim tomonidan hujjatlar kelgan paytda, sizlar Allohdan boshqaga duo qilayotgan narsalaringizga ibodat qilishdan man etilganman va olamlarning Robbisiga taslim boʻlishga amr qilindim”, – deb ayting.
Odamlarni Allohning haq yoʻliga daʼvat qilgan va solih amallarni qilib, “Albatta, men musulmonlardanman”, – deydigan kishidan ham chiroyli soʻzli kim?!
Sizlar oyatlarimizga iymon keltirgan va musulmonlardan boʻlgansiz.
Bas, Ey Muhammad, ulardan yuz oʻgiring va “Salomat boʻling” deb qoʻying. Bas, ular yaqinda barcha haqiqatni bilib oladilar.
Biz insonga ota-onasiga yaxshilik qilishni buyurdik. Onasi uni qornida qiynalib koʻtarib yurgan va uni qiynalib tuqqandir. Unga homiladorligi va uni sutdan ajratish muddati oʻttiz oydir. Bas, qachonki, u voyaga yetib, qirq yoshga toʻlganida: “Ey Robbim, menga va ota-onamga inʼom etgan neʼmatingga shukr qilishga va Oʻzing rozi boʻladigan solih amalni qilishga meni muvaffaq qilgin va men uchun zurriyotimni isloh qil! Albatta, men Senga gunohlarimdan tavba qildim va albatta, men musulmonlardanman”, – deydi.
Bas, ey moʻminlar, jang maydonida sustkashlik qilmanglar va oʻzingiz ustun boʻla turib ularni sulhga chorlamanglar. Alloh sizlar bilan birgadir va U qilgan amallaringiz mukofotini aslo kamaytirmaydi.