Unga salom va omonlikda kiringlar, deyiladi.
От искомого вами масдар-узак س ل م образовано 140 аятов.
benuqson, topshirsa, taslim bo'lganlardan, taslim bo'lgan, Islomga kir (taslim bo'l), taslim bo'ldim, musulmonlar bo'lishdan, taslim bo'lganmiz, islomga (yoki tinchlikka), bergandan
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Unga salom va omonlikda kiringlar, deyiladi.
Oʻshanda inson qiyofasidagi farishtalar uning huzuriga kirib: “Salom”, – dedilar. Ibrohimning ularga pishirib kelgan taom uchun qoʻl choʻzishmagach ularga: “Biz sizlardan hadiksirayapmiz, kimsiz oʻzi?” – dedi.
Bu dunyoda qilgan gunohlari tufayli oʻzlariga zulm qilgan hollarida farishtalar kelib jonlarini oladilar. Shunda ular taslim boʻlib: “Bizlar biror yomonlik qilgan emasmiz”, – deydilar. Yoʻq, shubhasiz, Alloh nima amal qilib yurganingizni juda yaxshi biluvchidir.
Taqvodor kimsalarni gunohlardan pok boʻlgan hollarida, farishtalar jonlarini olayotib: “Sizlarga salom boʻlsin, qilib oʻtgan solih amallaringiz tufayli jannatga kiringlar”, – deydilar.
Alloh sizlar uchun yaratgan narsalaridan salqin soyali joylar bunyod qildi va sizlar uchun tog‘lardan boshpanalar qildi hamda sizlar uchun issiq-sovuqdan asraydigan kiyimlar va sizlarga dushmanning ziyon yetkazishidan saqlaydigan sovutlar yaratdi. Allohga iymon keltirib musulmon boʻlarsizlar, deb sizlarga Oʻz neʼmatini mana shunday komil qilib bermoqda.
Mushriklar u kunda oʻzlarini Allohga taslim qiladilar va toʻqib olgan ilohlari esa ulardan g‘oyib boʻladi.
Biz qiyomat kuni har bir ummat orasidan oʻzlaridan boʻlgan payg‘ambarni guvoh qilib keltiramiz. Sizni esa ey Muhammad, ana ular ustiga guvoh qilib keltiramiz. Sizga hamma narsani bayon qilib beruvchi, hidoyat va rahmat manbai hamda musulmonlar uchun xushxabar boʻlgan kitobni nozil qildik.
Ey Muhammad, ularga: “Ruh ul-Qudus bu Qurʼonni dinda sobitqadam qilish uchun musulmonlarga hidoyat va bashorat boʻlgan holda haq bilan nozil qildi”, – deb ayting.
Unga tug‘ilgan kunida ham, vafot etadigan kunida ham, qayta tiriladigan qiyomat kunida ham salom boʻlsin.
Menga tug‘ilgan kunimda ham, vafot etadigan kunimda ham, qayta tiriladigan kunimda ham salom boʻlgay.
Ibrohim otasiga: “Omon boʻl, endi Robbimdan sen uchun mag‘firat soʻrayman. Albatta, U menga mehribon Zotdir.
U joyda ular behuda soʻz eshitmaydilar. Aksincha, faqat salom degan soʻzni eshitadilar. Hamda ular uchun ertayu kech u yerda rizqlari hozirdir.
Bas, sizlar uning oldiga borib: “Biz Robbingning elchilarimiz. Bani Isroil avlodini biz bilan birga vatanlariga qoʻyib yuborgin, ularni azoblama. Biz senga Robbing tomonidan moʻʼjiza keltirdik. Hidoyatga ergashganlarga salom boʻlsin”, – deb aytinglar.
Biz: “Ey olov, Ibrohim uchun salqin va omonlik boʻlgin!” dedik.
Ey Rasulim: “Menga ilohingiz yagona Iloh ekani haqida vahiy qilinmoqda. Bas, endi musulmon boʻlarsizlar?!” – deb ayting.
Oldingi barcha ummatlarga, ularga rizq qilib bergan chorva hayvonlari ustida Allohning ismini zikr qilishlari uchun, qurbonlik ibodatini joriy qilganmiz. Bas, ilohingiz yagona ilohdir. Bas, Ungagina taslim boʻlinglar va itoat qiluvchilarga xushxabar bering
Alloh yoʻlida haqqoniy jiddu jahd qilinglar. U sizlarni shu muqaddas din uchun tanlab oldi va dinda sizlarga biror tanglik qilmadi. Otalaringiz Ibrohimning dini boʻlgan Islomni mahkam tutinglar. Toki qiyomat kunida payg‘ambar sizlarga guvoh boʻlishi, sizlar esa qolgan odamlarga guvoh boʻlishingiz uchun Allohning Oʻzi sizlarni oldingi samoviy kitoblarda nomlaganidek, mana bu Qurʼonda ham musulmonlar deb nomladi. Bas, namozni toʻliq ado qilinglar va haqdorlarga zakotni beringlar hamda Allohga bog‘laninglar. U sizning Xojangizdir. Bas, U Zot qanday yaxshi Xoja va qanday ham yaxshi yordam beruvchidir!
Ey iymon keltirganlar, oʻz uylaringizdan boshqa uylarga siz to ruxsat soʻramaguncha va ularning ahliga salom bermagungacha kirmanglar. Mana shu sizlar uchun yaxshidir. Shoyadki, bu gapdan eslatma olsangizlar.
Jangga chiqmay qolishda koʻzi ojiz kishiga, oyog‘i choʻloqqa va bemorga gunoh yoʻqdir. Ey moʻminlar, oʻz uylaringizdan, yo otalaringizning uylaridan, yo onalaringizning uylaridan, yo aka-ukalaringizning uylaridan, yo opa-singillaringizning uylaridan, yo amakilaringizning uylaridan, yo ammalaringizning uylaridan, yo tog‘alaringizning uylaridan, yo xolalaringizning uylaridan, yo sizlar kalitlariga ega boʻlgan uylardan, yo doʻstingizning uyidan taom yeyishingizda sizlarga gunoh yoʻqdir. Birgalashib yoki alohida ovqatlanishingizda ham sizlarga gunoh yoʻqdir. Bas, qachonki, uylarga kirsangizlar, bir-birlaringizga Alloh huzuridan boʻlgan muborak, pokiza salomni aytinglar. Aql ishlatishingiz uchun Alloh oyatlarni sizlarga mana shunday bayon qiladi.
Rahmonning suyukli bandalari yerda bosiqlik bilan yuradigan hamda johil kimsalar ularga keraksiz gaplar aytganida: “Salomat boʻling!” – deb javob qaytaradigan kishilardir.