Ular uchun Robbilari huzurida omonlik diyori bordir. U Zot moʻminlarning qilgan yaxshi amallari uchun ularga doʻstdir.
От искомого вами масдар-узак س ل م образовано 140 аятов.
benuqson, topshirsa, taslim bo'lganlardan, taslim bo'lgan, Islomga kir (taslim bo'l), taslim bo'ldim, musulmonlar bo'lishdan, taslim bo'lganmiz, islomga (yoki tinchlikka), bergandan
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ular uchun Robbilari huzurida omonlik diyori bordir. U Zot moʻminlarning qilgan yaxshi amallari uchun ularga doʻstdir.
Uning aslo sherigi yoʻqdir. Men mana shunga buyurilganman va men Allohga taslim boʻlganlarning avvaliman.
Jannat va jahannam ahllari oʻrtasida bir toʻsiq bordir. Undagi Aʼrof tepasida barcha jannat va jahannam ahllarining siymolaridan tanib oladigan kishilar bordir. Ular jannat ahllariga: “Sizlarga salom boʻlsin”, – deb nido qiladilar. Ular jannatga kirishni qattiq orzu qiladilar, biroq unga kirolmay turadilar.
Hamda ular: “Sen faqat Robbimizdan bizga kelgan aniq oyatlarga iymon keltirganimiz uchun bizlardan oʻch olmoqdasan. Ey Robbimiz, bizlarga sabru toqat yog‘dirgan va Senga taslim boʻlganlar qatorida jonimizni olgin”, – dedilar.
Ey Muhammad! Siz jangdan oldin koʻrgan tushingizda Alloh sizga matonat berishi uchun ularning sonini oz qilib koʻrsatdi. Chunki sizlarga ularning adadini koʻp qilib koʻrsatganida edi, sizlar vahimaga tushib sustlashib qolgan va bu boradagi ishda tortishib qolgan boʻlar edingiz. Lekin Alloh Oʻzining yordami bilan sizlarni undan salomat qildi. Shubhasiz, U koʻngillardagi yashiringan narsalarni ham biluvchi Zotdir.
Agar ular tinchlikka moyil boʻlsalar, siz ham unga moyil boʻling. Hamda har bir ishda Allohga suyaning, shubhasiz, Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va boʻlayotgan ishlarni bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Munofiqlar payg‘ambarga nisbatan aytilgan haqorat soʻzlarni aytmaganliklariga doir yolg‘on qasam ichadilar. Vaholanki, munofiqlar bu kufr soʻzini aniq aytgan edilar va islomga kirganlaridan keyin yana kufr yoʻliga qaytgan edilar. Shuningdek, payg‘ambarga suiqasd qilishdek yetolmagan narsalariga qasd qilgan edilar. Munofiqlar Alloh va Uning Rasuli ularni faqat Oʻz fazlu karamidan boy-badavlat qilib qoʻygani uchungina Alloh va Uning Rasulini yomon koʻrdilar. Bas, endi agar tavba qilsalar, oʻzlari uchun yaxshi boʻlar edi. Agar yuz oʻgirsalar, Alloh ularni dunyo va oxiratda alamli azob bilan azoblaydi. Hamda ular uchun Yer yuzida biron doʻst ham yordamchi ham boʻlmaydi.
Ularning u yerdagi duolari: “Ey Alloh, Senga tasbeh aytamiz!” – deyish va u yerdagi soʻrashishlari “Salom”dir. Duolarining oxiri esa: “Olamlar Robbisi boʻlgan Allohga hamd!” – aytmoqlikdir.
Alloh odamlarni salomatlik diyori boʻlgan jannatga chaqiradi va xohlagan kishini toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qiladi.
Bas, agar mening oʻgitlarimdan yuz oʻgirsangiz, sizlardan men xizmatim uchun biror haq soʻraganim yoʻq. Mening ajrim faqat Allohning zimmasida. Men Allohga taslim boʻlgan musulmonlardan boʻlishga amr qilinganman.
Muso: “Ey qavmim, Allohga iymon keltirgan ekansizlar, bas, faqat Unga tavakkul qilinglar, agar chindan ham musulmon boʻlsangizlar”, – dedi.
Biz bani Isroil avlodlarini dengizdan oʻtkazganimizdan keyin ularga zulm va dushmanlik qilish uchun firʼavn va uning lashkari ortlaridan quvib yetdi. Endi unga dengizda g‘arq boʻlish vaqti yetganida firʼavn: “Hech qanday iloh yoʻq, faqatgina bani Isroil avlodlari iymon keltirgan Zot – Allohgina borligiga iymon keltirdim hamda men musulmonlardanman”, – dedi.
Bas, agar chaqirganlaringiz sizlarga javob qilmasalar, unda bilingki, albatta, nozil qilingan Qurʼon Allohning ilmi bilan vahiy qilingandir. Hamda Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Bas, endi sizlar musulmonlardan boʻlasizlarmi?!
Keyin: “Ey Nuh, Bizning huzurimizdan senga va sen bilan birga boʻlgan ummatlarga berilgan salomatlik va barakatlar bilan kemadan Yerga tushgin. Lekin ummatingdan kelajakda shunday kofir ummatlar ham boʻladiki, ularni dunyo neʼmatlari bilan ozgina bahramand qilamiz, soʻngra ularni Biz tomondan boʻladigan alamli azob tutadi”, – deyildi.
Elchi farishtalarimiz Ibrohimga farzandli boʻlishi haqidagi xushxabarni keltirdilar va unga “Salom!” dedilar. U ham “Salom!” dedi-da, hech qancha vaqt oʻtmay, bir pishirilgan buzoq goʻshtini keltirdi.
Elchi farishtalarimiz Ibrohimga farzandli boʻlishi haqidagi xushxabarni keltirdilar va unga “Salom!” dedilar. U ham “Salom!” dedi-da, hech qancha vaqt oʻtmay, bir pishirilgan buzoq goʻshtini keltirdi.
Ey Robbim, darhaqiqat, menga podshohlikni berding va yana tushlarning taʼvil va taʼbirlaridan taʼlim berding. Ey osmonlar va Yerni yaratuvchi Zot, Sen bu dunyoda ham oxiratda ham mening Egamdirsan. Umrim tugaganda musulmon holimda jonimni olgin va meni solih bandalaring qatoriga qoʻshgin.
Alloh yoʻlida har qanday mashaqqatlarga sabr qilib oʻtganlaringiz uchun endi bu yerda sizlarga salomatlik boʻlgay. Oxirat diyorining oqibati naqadar yaxshi!
Iymon keltirgan va solih amallar qilganlar esa taglaridan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritildilar. Robbilarining izni bilan ular u yerda abadiy qoluvchidirlar. Ularning jannatdagi salomlashishlari bir-birlariga salomatlik tilashdir.
Qiyomat kunida hali kufr keltirganlar afsuslanib, koshki, oldin musulmonlardan boʻlsaydik, – deb istab qoladilar.