Faqat iymon keltirib, solih amallarni qilgan kishilargina bundan xoli boʻlib jazoga tortilmaydilar. Bas, ular abadiy jannatga kiradilar va ularga hech narsada zulm qilinmaydi.
От искомого вами масдар-узак أُولَٰئِكَ образовано 206 аятов.
mana ular, va mana, mana, mana ular ham, Mana, mana ularga, ular, va mana ular, va ular, (Zero) ular
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Faqat iymon keltirib, solih amallarni qilgan kishilargina bundan xoli boʻlib jazoga tortilmaydilar. Bas, ular abadiy jannatga kiradilar va ularga hech narsada zulm qilinmaydi.
Kim u Zotga haqiqatdan yaxshi amallarni qilib, moʻmin holida kelsa, bas, ana ular uchun oliy darajalar bordir.
Albatta, Biz tomondan ular uchun goʻzallik tayyorlab qoʻyilgan kimsalarga kelsak, ular doʻzaxdan uzoq qilinganlardir.
Oyatlarimizni oʻzlaricha ojiz qoldirishga harakat qilgan kimsalar esa, doʻzax egalaridir.
Kufr keltirgan va oyatlarimizni yolg‘onga chiqarganlar, ana ular uchun xor qiluvchi azob bordir.
Bas, kimki shu halol qilinganlardan boshqani istasa, ana oʻshalar haddan oshuvchilardir.
Aynan oʻshalar, jannatning haqiqiy merosxoʻrlaridir.
Aynan mana shular yaxshiliklarni qilishga shoshadilar va uni qilishda oʻzib ketuvchilardir.
Bas, kimning yaxshilik tarozilari og‘ir kelsa, ana oʻshalar najot topuvchilardir.
Kimning tarozilari yengil boʻlsa, bas, ana oʻshalar nafslariga zarar qildilar. Ular jahannamda mangu qoluvchilardir.
Iffatli ayollarga zinokor deb tosh otib, keyin bu daʼvolariga toʻrtta guvoh keltira olmagan kimsalarni sakson darradan uringlar va hech qachon ularning guvohliklarini qabul qilmanglar. Ana ular aynan fosiqlardir.
Boʻhton qiluvchilar unga toʻrtta guvoh keltirsalar boʻlmasmidi?! Endi, agar guvoh keltira olmasalar, demak, Alloh nazdida ular yolg‘onchidirlar.
Nopok ayollar nopok erkaklar uchun, nopok erkaklar nopok ayollar uchun loyiqdir. Pokiza ayollar pokiza erkaklar uchun, pokiza erlar esa pokiza ayollar uchundir. Aynan oʻsha pokiza er va ayollar ularning aytayotgan boʻhtonlaridan tozadirlar. Ular uchun mag‘firat va ulug‘ rizq bordir.
Munofiqlar: “Allohga va payg‘ambarga iymon keltirdik va itoat qildik”, – deydilar. Lekin shundan keyin ulardan bir guruh dindan yuz oʻgirib ketadi. Ana oʻshalar moʻminlardan emasdir.
Ularning qalblarida kasallik bormi yoki Muhammadning haq payg‘ambar ekanligidan shubhalandilarmi yoxud Alloh va Rasuli ularga adolatsizlik qilishidan qoʻrqadilarmi?! Aksincha, ularning oʻzlari zolimlardir.
Albatta, moʻminlarning Allohga va Rasuliga oralarida hukm chiqarishi uchun chaqirilganlarida ularning gaplari: “Eshitdik va itoat qildik”, – deyishlari kerak edi. Ana oʻshalar najot topuvchilardir.
Kimki Alloh va payg‘ambariga itoat qilsa va Allohdan qoʻrqib, Unga taqvo qilsa, bas, aynan oʻshalar yutuqqa erishuvchilardir.
Alloh sizlardan iymon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarga xuddi oldin yashab oʻtgan iymonli zotlarni yer yuziga oʻrinbosar qilganidek, ularni ham yer yuziga oʻrinbosar qilishni va ular uchun Oʻzi rozi boʻlgan Islom dinini mustahkam qilishni hamda ularning Makkadagi koʻrgan xavf-xatarlaridan soʻng Madinada xotirjamlikka aylantirib qoʻyishni vaʼda qildi. Ular, faqat Menga ibodat qiladilar va Menga biror narsani sherik qilmaydilar. Kimki ushbu vaʼdadan keyin noshukrlik qilsa, bas, ular fosiqlardir.
Albatta, moʻminlar faqat Allohga va payg‘ambariga iymon keltirgan kimsalardir. Ular payg‘ambar bilan biror umumiy ish ustida boʻlgan vaqtlarida undan izn soʻramaguncha turib ketib qolmaydilar. Lekin sizdan izn soʻraydigan kimsalar – ana ular Alloh va Uning payg‘ambariga iymon keltiradigan zotlardir. Endi, qachonki, ular sizdan baʼzi bir ishlari uchun ruxsat soʻrasalar, bas, ulardan kimni xohlasangiz izn bering va Allohdan ularga mag‘firat soʻrang. Shubhasiz, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Ular jahannam tomon yuztuban hollarida toʻplanadilar. Ana oʻshalar makonlari eng yomon va butunlay yoʻllaridan adashgan kimsalardir.