Hamda Samud qabilasi, Lut qavmi va daraxtzor egalari ham payg‘ambarlarni yolg‘onchiga chiqarganlar. Ana ular ham oʻzlariga yuborilgan payg‘ambarlarni inkor qilgan firqalardir.
От искомого вами масдар-узак أُولَٰئِكَ образовано 206 аятов.
mana ular, va mana, mana, mana ular ham, Mana, mana ularga, ular, va mana ular, va ular, (Zero) ular
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Hamda Samud qabilasi, Lut qavmi va daraxtzor egalari ham payg‘ambarlarni yolg‘onchiga chiqarganlar. Ana ular ham oʻzlariga yuborilgan payg‘ambarlarni inkor qilgan firqalardir.
Ular gapni tinglab, soʻng uning eng goʻzaliga ergashadilar. Aynan oʻshalar Alloh hidoyat qilgan kimsalardir va aynan oʻshalar aql egalaridir.
Ular gapni tinglab, soʻng uning eng goʻzaliga ergashadilar. Aynan oʻshalar Alloh hidoyat qilgan kimsalardir va aynan oʻshalar aql egalaridir.
Alloh suygan bandasining koʻkragini Islom uchun keng ochib qoʻygan, oʻzi esa, Robbisi tomonidan hidoyat nurida turgan kishi bilan qalbi muhrlanib qolgan kimsa bilan teng boʻladimi?! Bas, Allohni zikr qilishdan qalblari qotib qolganlarga voy boʻlsin! Ana ular aniq zalolatdalar.
Haq va rost Qurʼonni keltirgan zot va uni tasdiq qilgan moʻminlar esa – ana ular taqvodor zotlardir.
Osmonlar va Yerning kalitlari Unikidir. Allohning oyatlariga kufr keltirgan kimsalar – ana oʻshalargina oxiratda ziyon koʻruvchilardir.
Kimki biror yomonlik qilsa, unga oxiratda oʻsha yomonligi barobaricha jazo beriladi. Erkakdir, ayoldir kimki moʻmin boʻlgan holida biror yaxshilik qilsa, aynan oʻshalar jannatga kiradilar. U joyda ularga behisob rizq beriladi.
Bordi-yu Biz uni arab tilida boʻlmagan ajamiy bir Qurʼon qilganimizda, albatta, ular: “Uning oyatlari oʻz tilimizda mufassal bayon qilinganida edi. Arabiy tilda soʻzlovchiga ajamiy kitob tushadimi?” – degan boʻlar edilar. Ey Muhammad, ularga: “Bu Qurʼon iymon keltirgan kimsalar uchun hidoyat va shifo manbaidir. Iymon keltirmaydigan kimsalarning esa, quloqlarida og‘irlik bor va bu Qurʼon ularga maʼnan koʻrlik omili boʻladi. Ular xuddi uzoq makondan chaqirilayotgan odamlardek”, – deb ayting.
Albatta, kimki mazlum boʻlganidan soʻng oʻziga zulm qilgan kimsadan ustun kelib oʻch olsa bas, ularni ayblashga yoʻl yoʻqdir.
Faqat odamlarga zulm qiladigan va yer yuzida nohaqlik bilan tajovuzkorlik qiladigan kimsalarni ayblab jazolashgagina yoʻl bordir. Ana oʻshalar uchun alamli azob bordir.
Qachonki, oyatlarimizdan biror narsani bilib olsa, uni masxara qiladi. Ana oʻshalarga xorlovchi azob bordir.
Aynan oʻshalar jannat ahli boʻlib, u joyda mangu qoladilar. Bu ular qilib oʻtgan amallarining mukofotidir.
Aynan ular shunday zotlardirki, Biz ulardan qilgan chiroyli amallarini qabul qilamiz va jannat egalari qatorida ularning yomonliklarini kechib yuboramiz. Ularga berilgan haq vaʼda mana shudir.
Ana oʻshalarga oʻzlaridan avval oʻtgan jin va ins ummatlari qatorida azob haqidagi soʻz muqarrar boʻlgandir. Albatta, ular ziyon koʻruvchilardan boʻldilar.
Kim Allohning daʼvatchisini qabul qilmasa, bas, u yer yuzida biron joyga qochib qutuluvchi emasdir va uning uchun Allohdan boshqa doʻstlar ham yoʻqdir. Ana oʻshalar aniq zalolatdadirlar.
Ey Muhammad, u munofiqlarning orasida shunday kimsalar ham borki, ular sizga quloq solib turadi-da, huzuringizdan chiqqach, ilm berilgan zotlar ustidan masxara qilib: “Hozirgina Muhammad nima dedi?” – deb aytadilar. Ana oʻshalar Alloh dillarini muhrlab qoʻygan va oʻzlarining havoyi nafslariga ergashgan kimsalardir.
Unday kimsalarni Alloh laʼnatlagan. Bas, ularning quloqlarini haqni eshitishdan kar, koʻzlarini esa soʻqir qilib qoʻygan.
Allohning Payg‘ambari huzurida ovozlarini past qilgan kimsalar – aynan oʻshalar Alloh ularning qalblarini taqvo uchun imtihon qilgan kimsalardir. Ular uchun mag‘firat va ulkan mukofot bordir.
Oralaringizda Allohning Payg‘ambari bor ekanini bilinglar. Agar u koʻp ishlarda sizlarga boʻysunsa, albatta, sizlar mashaqqatlarga duchor boʻlar edingizlar. Lekin Alloh sizlarga iymonni suyukli qildi va uni qalblaringizga ziynat qildi hamda sizlarga kufrni fisqu-fujurni va itoatsizlikni yomon koʻrsatib qoʻydi. Ana oʻshalargina toʻg‘ri yoʻl topuvchilardir.
Ey iymon keltirgan kimsalar, sizlardan boʻlgan bir qavm boshqa bir moʻmin qavmni masxara qilmasin. Ehtimolki, masxara qilingan qavm ulardan yaxshiroq boʻlsalar. Yana sizlardan boʻlgan ayollar ham boshqa ayollarni masxara qilmasinlar. Ehtimolki, masxara qilingan ayollar ulardan yaxshiroq boʻlsalar. Bir-birlaringizni mazax qilmanglar va bir-birlaringizni laqablar bilan atamanglar. Iymondan keyin fosiqlik ismi naqadar yomondir! Kimki tavba qilmasa, bas, aynan oʻshalar zolimlardir.