Faqat kim tavba qilib iymon keltirsa va yaxshi amallarni qilsa, bas, Alloh ana ularning yomonliklarini yaxshiliklarga aylantirib qoʻyadi. Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
От искомого вами масдар-узак أُولَٰئِكَ образовано 206 аятов.
mana ular, va mana, mana, mana ular ham, Mana, mana ularga, ular, va mana ular, va ular, (Zero) ular
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Faqat kim tavba qilib iymon keltirsa va yaxshi amallarni qilsa, bas, Alloh ana ularning yomonliklarini yaxshiliklarga aylantirib qoʻyadi. Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Ana oʻshalar ozorlarga sabr qilganlari uchun jannatdagi baland qasrlar bilan mukofotlanadilar va u yerda farishtalar tomonidan salom va tabrik bilan kutib olinadilar.
Ana oʻshalar uchun dunyoda ham azobning eng yomoni bordir va ular oxiratda eng koʻp ziyon koʻruvchilardir.
Ana ularga iymon yoʻlida sabr qilganlari uchun mukofotlari ikki barobar qilib beriladi. Ular yomonlikni yaxshilik bilan daf qiladilar va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan ehson qiladilar.
Allohning oyatlarini va Unga roʻbaroʻ boʻlishni inkor qilgan kimsalar, aynan oʻshalar Mening rahmatimdan noumid kimsalardir va ular uchun alamli azob bordir.
Allohning oyatlarini va Unga roʻbaroʻ boʻlishni inkor qilgan kimsalar, aynan oʻshalar Mening rahmatimdan noumid kimsalardir va ular uchun alamli azob bordir.
Ey Rasulim, ularga: “Men bilan sizning oramizda guvohlikka Allohning Oʻzi yetarlidir. U osmonlar va Yerdagi barcha narsani biladi. Botil narsaga iymon keltirib, Allohni inkor qilgan kimsalar – ana ular oxiratda ziyon koʻruvchilardir”, deb ayting.
Ammo kufr keltirgan kimsalar, oyatlarimizni hamda oxiratga duch kelishni inkor qilgan kimsalar esa, ular doimiy azobga hozir qilingandirlar.
Bas, qarindosh, miskinlar va musofir haqini xayru-ehson qilish bilan ado qiling. Ana shu Allohning roziligini istaydiganlar uchun yaxshi amaldir. Aynan mana shunday odamlar oxiratda najot topuvchidirlar.
Odamlarning mol-mulki ichida ziyoda boʻlib qaytishi uchun bergan ribolaringiz, Alloh nazdida hech narsani ziyoda qilmaydi. Aksincha, Allohning roziligini istab bergan zakotingizning ajri koʻpaytirilib beriladi. Bas, aynan oʻshalar ajrlarini koʻpaytiruvchilardir!
Robbilari tarafidan hidoyat topganlar ham ana oʻshalardir va najot topuvchilar ham ularning oʻzidir.
Robbilari tarafidan hidoyat topganlar ham ana oʻshalardir va najot topuvchilar ham ularning oʻzidir.
Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular bilimsizlik bilan boshqalarni Alloh yoʻlidan adashtirish uchun va u yoʻlni masxara qilish uchun bekorchi gaplarni sotib oladilar. Ana ular uchun oxiratda xor qiluvchi azob bordir.
Jangga kelsalar ham sizlarga nisbatan baxillik qilib keladilar. Bas, agar dushman tomonidan xavf kelsa, oʻlim talvasasidagi kishiga oʻxshab, koʻzlari aylanib siz tomonga qarayotganlarini koʻrasiz. Bas, qachonki xavf ketganda yaxshilik ustida ochkoʻzlik qilib, oʻtkir tillar bilan sizlarga ozor beradilar. Ular chindan iymon keltirmagan edilar. Bas, shu sababli Alloh ularning amallarini behuda ketkazdi va bu ish Allohga osondir.
Alloh iymon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarni jannat bilan mukofatlashi uchun ham qiyomat qoim boʻladi. Ana oʻshalar uchun Allohdan mag‘firat va farovon rizq bordir.
Bizning oyatlarimizga qarshi ojiz qoldiruvchi boʻlish uchun harakat qilgan kimsalar uchun esa alamli jazodan iborat azob bordir.
Na mol-dunyolaringiz va na farzandlaringiz sizlarni Bizning dargohimizga yaqin qila olmaydi. Lekin kim iymon keltirgan va solih amal qilgan boʻlsa, ana oʻshalargagina qilgan amallari tufayli koʻpaytirilgan mukofot bordir. Ular jannatdagi koʻshklarda omonlikda boʻladilar.
Bizning oyatlarimizni ojiz qoldirish harakatida yuradigan kimsalar esa – ana ular azobga hozir qilinuvchilardir.
Kimki izzat istaydigan boʻlsa, bas, barcha qudrat Allohnikidir. Har bir chiroyli kalima U tomon chiqadi. Solih amalni esa, Alloh Oʻz dargohiga koʻtaradi. Yomonliklar bilan makr qiladiganlar uchun qattiq azob bordir va ularning makrlari behuda ketib, ham halok boʻladi.
Ana ular uchun maʼlum rizq bordir.